Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari



Download 0,8 Mb.
bet6/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Zaharli o‘simliklar - ko‘pincha achchiq tuproq, zax va botqoqlashgan yaylovlarda, o‘rmon, chakalakzor, tashlandiq bog’larda ko‘p uchraydi. Yaylovlarda hayvonlar zaharli o‘tlarga tegmasdan o‘tib ketadi. Ammo kambag’al yaylovlar yoki zaharli o‘tlar juda ko‘p yaylovlarda hayvonlar och bo‘lsa zararsiz o‘tlar bilan qo‘shib yeydi. Qish paytlarida zaharli o‘tlari bor pichanlarni yeyishdan zaharlanadi. Ularning urug’lari don oziqalarni ifloslantiradi, uni yegan mol zaharlanishi mumkin.

Zaharlanish belgilari har xil ko‘rinishda va juda murakkab bo‘ladi. Zaharning tabiatiga qarab zaharlanish yashindek tez, o‘tkir, o‘tkir va surunkali shaklda o‘tadi. Xavfli oziqa ratsiondan chiqarilsa mollarni eaharlanishi to‘xtaydi. Hayvonlarning zaharlanganligini aniqlashda oziqalarni toksikologik tahlil qilish, oshqozondagi oziqa qoldig’ini zond bilan olib tekshirish va siydikni tekshirish katta rol o‘ynaydi. Zaharli o‘simliklarning asosiy ta’sir qiluvchi moddalarn alkaloidlar, glyukozidlar, saponinlar, laktonlar, toksalbuminlar, efir moylari, terpenlar, organik kislotalar va boshqalardir.

Hozirgi kunda zaharli o‘simliklarning zaharlanishi u yoki bu a’zolar va hayvonlar organizmiga ta’siriga hamda zaharlanishning klinik belgilariga qarab guruhlarga bo‘linadi.

Markaziy asab tizimiga ta’sir qiluvchi o‘simliklar: zaharli vex, shivit, belladona, mingdevona, bangidevona, qirqbo‘g’im, mastak, toron, kuzgi sovrinjon, veratrum, bodyonirumi va boshqalar. Tirishtirib, titratib, qaqshatib ta’sir qiluvchi va yurak, ovqat - hazm kilish yo‘llari va buyrakka ta’sir qiluvchi o‘simliklar: qora jusan, oddiy dastarbosh, ayiqtovon, qarg’a tuyoq, ilon o‘t. Nafas olish va ovqat hazm qilish yo‘llariga ta’sir qiluvchi o‘simliklar: raps, kampir chopon, surepka, qurtena, baqa jo‘xorisi. Ovqat-hazm qilish yo‘llariga ta’sir qiluvchi o‘simliklar: sutlama, ituzum, botqok oqqanoti, pechak, zarpechak. Tuz almapshshga ta’sir qiluvchi o‘simliklar: marvaridgul, suvquro‘t, qarg’a ko‘zi. Jigarga ta’sir hiluvchi o‘simliklar: o‘tlok sariq boshi, tuya qorin, qashqar beda, sebarga, beda, dalachoy, temirtikan. Terining sezuvchanligini oshiradigan o‘simliklarga qashqar beda, sebarga, grechixa, beda, tariq va boshqalar kiradi.

Hayvonlarni zaharli o‘tlar bilan zaharlanmasligi uchun yaylovga haydashdan avval hamma joydagi o‘tlar tekshirib ko‘riladi. Hayvonlar har xil o‘tlarni aralash yeb yubormasligi uchun ular yaylovga chiqarishdan oldin oziqlantiriladi. Mabodo, yaylovga ajratilgan yerlarda zaharli o‘simliklar mavjud bo‘lsa, pichan tayyorlanadi. O‘simliklar qurigandan keyin ba’zi bir zaharli o‘tlar zaharsizlanadi. Zararli va zaharli o‘tlarga qarshi kurash maqsadida yaylovlarga gerbisidlar sepiladi. Gerbisidlar sepilgan yaylovlarda ma’lum vaqtgacha hayvonlarni boqish ta’qiqlanadi.

Mollar molxonalarda saqlangan paytlarida pichan tarkibida zaharli o‘t va uning urug’lari bo‘lmasligi kerak. Davlat andoza talabi (DAT) bo‘yicha pichan tarkibida zaharli o‘imliklarning miqdori 1% dan ko‘p chiqsa, bunday oziqa yaroqsiz hisoblanadi. Don oziqalar zaharli o‘tlar urug’i ifloslangan bo‘lsa tozalanmasdan berilmaydi. Don oziqa xirmonidagi chiqindilarni mollarga berishdan avval yaxshi tozalanadi, maydalanadi va bug’lanib ivitiladi. Shuni ham aytish kerakki, keyingi vaqtlarda yaylovlarda meliorativ ishlar keng qo‘llanishi va kup yillik madaniy yaylovlarni yaratish tufayli zaharli o‘simliklar ancha kamaydi, hamda mollarni zaharlanish hollari ham kamaydi.

Pestisid va kimyoiy o‘g’itlar bilan zaharlanish - keyingi yillarda qishlok xo‘jaligida kimyoviy moddalarni keng ko‘lamda ishlatish har xil zaharli ximikatlar va mineral o‘g’itlar hayvonlar sog’ligiga katta xavf tug’dirmoqda. Juda ko‘p kimyoviy zaharlar, pestisidlardan qishloq xo‘jaligida foydalaniladiganlari: insektisidlar - zararli hasharotlarni yo‘q qiladigan moddalar; akarisidlar - kanalarga qarshi; fungisidlar - o‘simliklarni eamburug’, bakterial va virus kasalliklariga karshi; gerbisidlar - begona va zaharli o‘tlarga qarshi; rodentisidlar - kemiruvchilarga qarshi va boshqalar hisoblanadi.

Zaharli kimyoviy moddalarni e’tiborsiz saqlash va noto‘g’ri foydalanish oziqalar, suv va havo ifloslanishiga sabab bo‘ladi. Pestisidlar juda sekinlik bilan parchalanib o‘simliklar, hayvonlar, baliqlar va asalarilar organizmida yig’ilib qolishi mumkin. Bularning hammasi ham odamlar uchun xavfli bo‘lib, zaharlanishga olib kelishi mumkin. Hayvonlarni zaharlanishi ko‘pincha kimyoviy moddalar aralashgan oziqalar, ekishga tayyorlangan dorilangan donlar, samolyot bilan dorilangandan keyin yig’ilgan pichanlar tufayli bo‘ladi.

Zaharlanishni klinik ko‘rinishlari zaharning tabiatiga qarab har xil bo‘ladi. Zaharlanishning ko‘pchiligi o‘tkir kechib, hayvonlarda ishtaha yo‘qolishi, so‘lak oqishi, qusish yoki qusishga harakat qilish, sanchiq, ich ketish, yurishni o‘zgarishi, qaltirash, falajlanish va umumiy bo‘shashish kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Bunda ko‘pincha hayvonning halok bo‘lish hollari kuzatiladi.

Noxush hollar ro‘y bermasligi uchun zaharli ximikatlar va mineral o‘g’itlarni saqlash sharoitiga rioya qilish, tarqatish va saqlashda javobgar shaxslarni ajratish kerak. Zaharli moddalar nomlari yozilgan, yaxshi yopiladigan idishlarda va chorvachilik fermalaridan kamida 300 m uzoqlikdagi maxsus binolarda qulfda saqlanadi. Bu binolarda zaharli ximikatlarni tayyorlash va ishlatishda zarur bo‘ladigan hamma asbob-uskunalar asraladi. Oziqa va oziq - ovqat mahsulotlarini zaharli ximikatlar bilan birga tashish ma’n etiladi.

Hayvonlarni kimyoviy moddalar saqlanadigan va ishlatiladigan yerlarga keltirmaslik zaxarlanishni oldini olishda katta ahamiyatga ega. Kimyoviy moddalar sepilgan yoki ishlatilgan yerlar yaylovlardan chegaralanishi, ogohlantirish yozuvlari bo‘lishi va bu haqda chorvadorlarga bildirib qo‘yilishi kerak. Zaharlangan urug’lik donlar alohida yerlarda saqlanishi va oziqa uchun ishlatilmasligi zarur. Shaxsiy, yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarining hisob - xo‘jalik faoliyati tekshirilganda zaharli ximikatlarni saqlash, ishlatish va hisob-kitoblarini ham ko‘rish kerak.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish