Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


Chorvachilik binolarida tabiiy va sun’iy yoruglik me’yorlari



Download 0,8 Mb.
bet3/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Chorvachilik binolarida tabiiy va sun’iy yoruglik me’yorlari

Binolar


Tabiiy yorug’lik me’yori

Sun’iy yorug’lik)

TYoK

YoK







Sigir, gunajin va buzoqlar

0,5-0,8

1:10 - 1:15

50 - 75




Bo‘rdoqiga boqiladigan molxonalarda

0,4-0,5

1:20 - 1:30

20 - 50




Tug’ruqxonalarda

0,8 - 1,0

1:10 - 1:30

20 - 50




Bo‘g’oz va qisir hamda erkak cho‘chqalarga

21,2

1:10 – 1:12

50 - 100




Cho‘chqa bolalari o‘stiriladigan binolarda

1 - 2

1:10 - 1:13

50 - 100




Sovliq, qo‘chqor va ajratilgan qo‘zilarga

0,5

1:20

30 - 50




Issiqxona, tug’ruhxonasi bilan

0,8

1:15

50 - 100




Sun’iy qochirish va jun qirqish xonalari

1,0

1:10

150 - 200




Naslli otlar otxonasida

0,5

1:10 - 1:15

50 - 100




Ishchi otlar otxonasida

0,35

1:20

30 - 50




Polda saqlanadigan tovuhxonalarda

0.8

1:10-1:12

75 - 30




Katakli tovuqxonalarning hamma qavatida

0,8

1:10-1:12

75 - 30




Polda saklanadigan broyler jo‘jalar uchun

0,35

1:15

75 – 30




Kataklarda saqlanadigan broyler binosida

0,35

1:15

75 – 30




Kurka va o‘rdaklar binosida

0,8

1:10-1:12

75 – 30





Eslatma: Sun’iy yorug’lik lampalarni quvvatiga qarab ya’ni har bir metr kvadrat pol yuzasiga to‘g’ri keladigan - Vt/m2 bilan ham o‘lchanadi. Zoogigiyenik me’yorlari quyidagicha qabul qilingan: Molxonalarda 4-4,5 vt/m2, tug’riqxonada- 12, buzoqxonada – 3,75, cho‘chqaxonalarda 3,3-4,5, quyxonalarda 3,5, issiqxonalarda 8 vt/m2.
Quyosh nuridan issiq paytlarda saqlash uchun mollarni soya-salqin joylarda saqlash, ertalab va salqin tushganda yaylovlarda boqish ma’qul.

Qishloq xo‘jalik hayvonlarini ultrabinafsha va infraqizil nurlar bilan nurlantirish - har xil geografik kengliklarda quyosh nurlarini ta’siri fasllarga qarab har xil bo‘ladi. Bahor va yoz paytlarida ultrabinafsha nurlar ko‘p hududlarda yetarli bo‘ladi. Kuz va qish paytlarida shimoliy hududlarda kamlik qiladi. Bu hududlarda mollar hatto yayrash maydonlarida yurganlarida ham quyosh nuri yetishmaydi. Ultrabinafsha nurlarini (UB) kunlik dozasi 50 - 100 barobarga kamayadi. Ayniqsa 7-8 oy molxonalarda saqlangan sharoitlarda UB nurlar hatto bo‘lmaydi. Yaylovlarda mollar UB nurlarining 80-90% ini, molxona sharoitida esa 10-20% ini olishi aniqlangan.

Shunday qilib, mollarni sun’iy ravishda UB nurlar bilan nurlantirish kuz-qish paytlarida yorug’likka bo‘lgan talabini qondiradi. Ko‘pchilik olimlar tajribalarida profilaktika maqsadida berilgan nurlantirishlar natijasida chorva hayvonlardan olinadigan mahsulotlar ko‘payishi, naslni yaxshilanganligi, har xil kasalliklarning kamayishini tasdiqlab berdilar. Hozirda UB nurlar bilan nurlantirish katta ahamiyatga ega. Uning hayvon organizmiga ta’siridan tashqari molxonalar havosining ba’zi ko‘rsatkichlarini ham yaxshilaydi. Mikroorganizmlar bilan ifloslanishi 22-30% ga pasayadi, nisbiy namlik, ammiak gazi kamayadi va havo yaxshilanadi. UB nurlar ta’sirida hayvonlar mahsuldorligining oshishi, modda almashish va oziqalarning hazm bo‘lishi yaxshilanadi, mahsulot tannarxi pasayadi.



Nurlantirilgan hayvonlarni umumiy fiziologik holati yaxshilanadi. Qon zardobida kalsiy va fosfor ko‘payadi, natijada suyaklarda bu moddalarning yig’ilishi ko‘payadi. Qonda ishqor rezervi, umumiy oqsil, eritrosit va gemoglobin ko‘payadi. Y. Suvonqulov va Ya. Musinovlarning buzoqlarda o‘tkazgan tajribalarida aniqlanishicha, UB-nur ta’sirida neytrofillarni fagositar faolligi ortishi va fagositar ko‘rsatkichning ko‘payishi hamda qon zardobida antitelalarning erta paydo bo‘lishi bilan buzoqlarning immunologik yetilishini tezlashtiradi. Mualliflar tomonidan aniqlanishicha, buzoqlarni emlashgacha va emlangandan keyin nurlantirish qonda gammaglobulinlar miqdorini oshirib, maxsus antitelalarning hosil bo‘lishini kuchaytiradi.

Hayvonlarni UB-nurlar bilan nurlantirishda yoysimon simobkvars lampalaridan DRT-375 va eritem lyuminisentli nurlantiruvchn EO-1-3 lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buzoq, cho‘chqa bolalari, qo‘zi va parrandalarni nurlantirishda IKUF-1 aralash (infraqizil va UB nurlar) lampalari yoki infraqizil nurlagichlar bilan yonma-yon eritem lampalar EO-1-3 lar ishlatiladi.

Har xil turdagi va yoshdagi hayvonlarni UB nurlar bilan nurlantirilganda, nurlantirish dozasi va ekspozisiyasining davomiga qattiq amal qilish kerak. Hayvonlar har ikki kundan keyin uchinchi kuni yoki oz-oz dozada har kuni nurlantiriladi va qabul kilingan qo‘llanma ko‘rsatkichlariga rioya qilinadi. Kuz, qish va erta bahorda yosh mollar va jo‘jalarni kupaytirish hamda molxonalarda harorat va namlik rejimini yaxshilash borasida infraqizil nurlar qo‘llaniladi. Bunda, havo harorati ko‘tariladi, teri va teri osti to‘qimalari qizib, qon aylanishini kuchaytiradi, natijada organizmda issiqlik baryerini hosil kilib, sovib ketishdan saqlaydi. Issiqlik boshqarilishini yaxshilab, organizmni tashqi muhit ta’sirlariga nisbatan chiniqtiradi.

Infrakizil nurlantirishda IKZ-220-500 (Zs-3), IKZK-220-250, ORI-1, ORI-2, OVN-1, IKUF, VNIIETO va boshqa lampalar qo‘llaniladi.

Ko‘pchilik olimlarning aniqlashicha, yosh mollarni infraqizil nurlar bilan vaqtida nurlantirish natijasida ularning organizmida himoya-moslashish funksiyalarining jonlanishi, har xil tashqi muhit ta’sirlari, stresslarga javob reaksiyasining oshishi, tirik vaznining o‘sishi, qon tarkibida esa eritrosit, gemoglobin, ishqor rezervi, umumiy oqsil, gamma-globulin, lizosim, neytrofillarni fagositar faolligini oshishi ro‘y beradi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish