Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari



Download 0,8 Mb.
bet2/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Quyosh radiasiyasi va uning gigiyena tomondan ahamiyati.

Yer qobig’iga keladigan quyoshning bir tutam nurlari quyosh radiasiyasi deyiladi. Yer usti va suvlar quyosh nurlarini yutishi tufayli issiqlik energiyasi, ko‘k o‘simliklarni nurni yutishi tufayli esa kimyoviy energiyaga aylanadi. Quyosh radiasiyasi iqlimni asosiy omili bo‘lib, asosan obi-havoning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Quyosh nurlarini 59 % infra qizil, 40 % yorug’lik, 1 % ul’trabinafsha nurdir. Quyosh nurini kuchi havo bulutli vaqtida, havo chang, mikroorganzmlar bilan ifloslansa, tutun bo‘lsa va boshqa vaqtlarda kamayadi. Birinchi o‘rinda qisqa tulqinli nurlar, keyin esa issiqlik va yoritish nurlari yutiladi. Nur energiyasi o‘simlik va hayvonlar hayotining manbaidir. Ammo organizmga har xil ta’sir qiladi ya’ni oz bo‘lsa yaxshi, ko‘p bo‘lsa salbiy ta’sir qiladi.

Quyoshda bo‘lib turadigan yadro jarayonlari natijasida uning harorati +6000°C ga yetadi. Quyosh yer atmosferasiga kuchli nur energiyasi oqimini berib turadi. Nur energiyasi fazoda to‘lqin uzunligi har xil bo‘ladigan elektromagnit tebranishlari ko‘rinishida tarqaladi.

Ko‘zga bir jinsli bo‘lib ko‘rinadigan ingichka kuyosh nuri dastasi shisha prizmaga tushiriladigan bo‘lsa quyosh yorug’ligi tarkibiga kiradigan nurlar o‘sha prizmadan o‘tayotganida to‘lqin uzunligiga yarasha xar xil burchaklar ostida sinadi va avval oq bo‘lib ko‘ringan quyosh nuri har xil rangdagi nurlarga ajraladi (quyosh spektri).

Quyoshdan keladigan nur energiyasi oqimi yer yuzasiga kelish yo‘lida sifat va miqdor jihatidan muhim o‘zgarishga uchraydi. Atmosfera havosi tarkibiga kiradigan gazlarning molekulalari, suv bug’lari hamda atmosferaning yerga yaqin qatlamlaridagi chang hamda ko‘mir zarrachalari quyosh nurlarini tarqatadi va yutadi.

Quyosh nurinnng yer yuzasiga yetib keladigan qismining to‘lqin uzunligi 290-35000 mmk atrofida bo‘ladi. Yer yuzasiga yetib keladigan quyosh nurlari tarkibidagi ultrabinafsha nurlarning to‘lqin uzunligi hammadan kichik bo‘ladi (270-380 mmk) So‘ngra spektrning ko‘rinadigan qismini tashkil etadigan nurlar (380-760 mmk) va nihoyat, infraqizil nurlar (760-3400 mmk) keladi.

To‘lqin uzunligi kichik nurlar, ya’ni ultrabinafsha nurlar xammadan ko‘proq tarqaladi va yutiladi. Ultrabinafsha nurlarning to‘lqin uzunligi juda keng doiralarda o‘zgarib turadi ya’ni 10 mmk dan 380 mmk gacha bo‘ladi.

Ultrabinafsha nurlar to‘qima elementlarini ta’sirlash va oqsillarni yemirish xossasiga egadir. Shu bilan birga bu nurlarning faolligi to‘lqin uzunligiga bog’liq bo‘ladi. To‘lqin uzunligi kichik ultrabinafsha nurlarni biologik ta’siriga qarab 3 guruhga ajratish kerak; sust biologik ta’sirga ega bo‘lib, tashqi uzunlngi 380 mmk dan 315 mmk gacha boradigan nurlar; raxitga qarshi kuchli ta’sir ko‘rsatib, teriga xam ta’sir qiladigan to‘lqinning uzunligi 315 mmk dan 290 mmk gacha boradigan nurlar; shuningdek, to‘qima oqsillari hamda lipoidlarga faol ta’sir ko‘rsatadigan va gemolizga sabab bo‘ladigai, tulqin uzunligi 290 mmk dan kamroq nurlar. To‘lqin uzunlign 290 mmk dan kam bo‘lib, oqsillarni yemiradigan nurlar yer yuzasigacha yetib kelmaydi, aks holda yerda organik hayot bo‘lishi mumkii emas edi.

Hayvon organizmiga ta’sir qiladigan tashqi muhit omillari orasida yorug’lik dastlabki o‘rinlarning birini ishg’ol qiladi va faqat ko‘rish a’zolariga ta’sir qilib qolmay, balki butun organizmga ham ta’sir ko‘rsatadi. Yorug’lik ko‘rish a’zolari orqali ta’sir qilar ekan, bosh miya katta yarim sharlarigacha tarqalib boradigan qo‘zg’alishga sabab bo‘ladiki, bu organizmning fiziologik va ruhiy reaksiyalariga ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning umumiy tonusini o‘zgartiradi hamda faol holatini quvvatlab turadi.

Samarqand qishloq xo‘jalik instituti zoogigiyena kafedrasining olimlarining tajribalari shuni ko‘rsatdiki, Jomboy cho‘chqachilik kompleksida yorug’lik koeffisiyenti 1:10, tabiiy yorug’lik koeffisiyenti 1 - 2 % bo‘lgan binolardagiga qaraganda past bo‘lgan binolarda (YoK 1:18 - 1:20 va TYoK 0,5%) saqlangan bo‘g’oz cho‘chqalarning kliniko-fiznologik holati va bolalarining o‘sishiga salbiy ta’sir qilishi aniqlangan.

Qish paytlarida yorug’lik yetishmasligidan organizmda modda almashish buziladi, qisir qolish ko‘payadi, mahsuldorlik va organizmni tabiiy chidamliligi pasayadi.

Yuqoridagilarni hisobga olib, mollarni yorug’ molxonalarga joylashtirish, doimo yayratish va yoz paytida yozgi lagerlar hamda yaylovlarda saqlash maqsadga muvofikdir.

Molxonalardagi tabiiy yorug’likni geometrik na svetotexnik usullar bilan aniqlanib me’yorga keltiriladi. Ishlab chiqarishda chorvachilik va parrandachilik binolarini qurishda geometrik usuldan foydalaniladi, ya’ni molxonalardagi umumiy oynalar yuzasini pol yuzasiga bo‘lgan nisbati bilan o‘lchanadi. Ammo bu usul doimo aniq natija bermaydi. Shuning uchun svetotexnik usuldan foydalaniladi yoki tabiiy yorug’lik koeffisiyenti aniqlanadi. Molxona ichidagi yorug’likni, tashqaridagi yorug’likka bo‘lgan nisbatini foizdagi ifodasiga tabiiy yorug’lik koeffisiyenti (TYoK) deyiladi va quyidagi formulada ifodalanadi:

TYoK = Yoichki / Yotashqi x 100

Svetotexnik usulda yorug’lik lyuksmetr asbobi bilan o‘lchanadi. Shuni esda saqlash kerakki, yorug’likdan to‘g’ri foydalanilmasa, ayniqsa yozning issiq kunlarida foyda o‘rniga zarar ko‘rish mumkin. Masalan, quyosh, ko‘z kasalligi, quyosh urish va boshqalar kelib chiqadi. Hayvonlarda kun urishi ko‘pincha jun qoplami kam joylarida qizarish, teri yallig’lanishi shaklida uchraydi, shuningdek bosh terisi, lab, burun kataklari, bo‘yin, orqa oyoq oraliqlari, sigirlarda yelini va so‘rg’ichlari kabi joylari kuyadi. Janubiy hududlar sharoitida ko‘pincha oq rangli cho‘chqalarda kuyish xollari ko‘p uchraydi. Chorvachilik binolarida tabiiy va sun’iy yoruglik me’yorlari quyidagi 8 – jadvlda keltirilgan.

Quyosh urishi infraqizil nurlarni kuchli va davomli ta’sirlari natijasida bo‘ladi. Bosh tsrisi va bosh suyagi orqali miya po‘stlog’iga o‘tib, unda giperemiyani chaqiradi. Organizmning harorati ko‘tarilmaydi. Hayvonlarda avvalo charchash, keyin bezovtalanish, nafas va qon tomirlar harakat markazlari ishi buziladi. Kamquvvatlik, yurish muvozanatining buzilishi, hansirash, pulsning tezlashishi, shilliq pardalarning qizarishi, ko‘karish, yerga yiqilishi hamda og’ir hollarda esa yurak va nafas markazlarining falajlanishidan halok bo‘ladi.




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish