Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari



Download 0,8 Mb.
bet5/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

23-j a d v a l

Hayvonlarga kuniga solinadigan kuzgi bugdoy

poxoli va torf miqdori (kg)

Hayvonlar turi

Poxol

Torf

Ishchi ot

1,8 - 2,0

-

Naslli ot

2,5 - 3.0

-

Sog’in sigir

2,0 – 4,0

3,0 - 9,0

Cho‘chqa

1,3 - 2,0

3,0 - 5.0

Qo‘y

0,3 - 0.5

-

Tovuq

-

0,025 - 0,54


Sifatsiz oziqalar tufayli kelib chiqadigan kasalliklar profilaktikasi

Hayvonlarni yuqumsiz kasalliklari orasida sifatsiz oziqalardan kasallanish ham uchraydi. Chorva mollarini sifatsiz oziqalar bilan oziqlantirishdan zaharlanish va boshqa kasalliklar kelib chiqadi. Ko‘pincha dag’al, don, unsimon va boshqa oziqalarda tuproq, qum, mayda toshchalar va balchiq qismlari topiladi. Bular oziqa sifatini juda pasaytiradi va ba’zan butunlay yaroqsiz qiladi. Bunday oziqalar hayvonlarning ovqat hazm qilish yo‘llariga tiqiladi va og’ir kasalliklarni chaqiradi. Qum va tuproq bilan ifloslangan oziqalar ko‘proq qoramollar, qo‘y, ot, cho‘chqa kamroq va parrandalar uchun xavflidir. Masalan, qoramolda ishtaha yo‘koladi, kavsh qaytarishi buziladi, qorni damlaydi, sut berishi kamayadi va ba’zan o‘lishgacha olib keladi. Otlarda tuproq va qum ko‘p miqdorda ichakda ya’ni ayniqsa ko‘r ichakda yig’iladi. Yo‘g’on ichakning qorinsimon kengaygan qismida, kam miqdorda oshqozon, o‘n ikki barmoqli va ingichka aylanma ichakda yig’iladi. Natijada ich qotish, sanchiq, ichak parezi, shilliq pardalar nekrozi kasalliklari kelib chiqadi va oxirida ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.

Oziqalarni tayyorlash, tashish va yomon saqlash natijasida har xil metall bo‘laklari (mix, sim bo‘laklari, temir siniqlari va boshqalar) va oyna siniqlari bilan ham ifloslanadi. Ko‘pincha zichlangan dag’al oziqalardan sim va sun’iy iplar topiladi. Kunjara tarkibida metall parchalar va mix ko‘p uchraydi. O‘tkir metall parchalari, mix va oyna siniqlari oshqozon-ichak yo‘llarini yallig’laydi, yara qiladi, sanchiladi va iifeksiya kirishiga yo‘l ochiladi. Qoramollarda o‘tkir metall va mixlar to‘r qorin devorlari va diafragmani teshib, travmatik yallig’lanishni chaqiradi (travmatik retikulo- perikardit) va oqibatda ko‘pincha hayvonlar halok bo‘ladi.

Oziqalar tarkibida aralashmalar miqdori ko‘p bo‘lsa, albatta tozalanadi yoki mollarga berish cheklanadp. Mana shunday hollarni bo‘lmasligi uchun har xil metall parchalari, oyna siniqlari, sim bo‘laklarini oziqalar saqlanadigan yerlarga, yaylovga, ferma hududiga tashlamaslik hamda mollarni qurilish hududlarida, ustaxona va omborlar yaqinida, chiqindilar tashlash joylari atrofida boqmaslik kerak va hokazo. Ifloslangan pichan hayvonlarga berish oldidan yaxshilab qoqiladi, shrotlar kuchln elektromagnit qurilmalar ichidan o‘tqaziladi, aralash oziqalar, kepak va unsimon oziqalar elak bilan elanib har xil aralashmalardan tozalanadi. Shprali va ildiz mevali oziqalar ham berilishidan oldin diqqat bilan ko‘rib chiqiladi.

Oziqalar tarkibida har xil mexanik aralashmalar bo‘lmasligi uchun ularni yig’ish, tashish, saqlash va berish vaqtlarida doim nazorat talab etiladi.

Hayvonlarni ba’zan yangi sifatli oziqalar ham zaharlash mumkin. Bunda oziqalar tarkibida har xil zaharli moddalar yoki oziqalarni tarkibidagi zaharsiz moddalar noto‘g’ri saqlanishi va ishlatilishi tufayli zaharli moddalarga aylanishi sabab bo‘ladi.



Paxta kunjarasi va shrotida ko‘pincha erkin yoki birikkan holidagi glyukozid gossipol bo‘lib, erkin holidagi gossipol zaharli ta’sirga egadir. Uning miqdori kunjara tarkibida 0,04 - 0,26% bo‘ladi. Moy zavodlarini ekstraksiyalash usuliga o‘tkazilgandan keyin yog’sizladigan shrot tarkibida gossipol juda kam qoladi yoki termik yo‘l bilan ishlov berilsa butunlay yo‘qoladi. Shrot tarkibida erkin holidagi gossipol miqdori 0,01% dan oshmasa hayvonlarni bemalol oziqlantirish mumkin. Paxta shroti bilan deyarli hamma hayvonlar zaharlanadi. Ko‘pincha hayvonlar uzoq vaqt davomida kunjara yoki omuxta yem bilan oziqlantirilsa zaharlanadi. Organizmga kirgan gossipol kumulyasiya xususiyatiga ega bo‘lib, juda sekinlik bilan organizmdan chiqadi. Gossipol to‘qimalarni zaharlaydi. O‘tkir zaharlanishning belgilari: ishtaha yo‘qolishi, sanchiq, damlash, ich qotish yoki ich ketish, puls 80 - 100 marta minutiga va nafas olishni tezlashishi, shilliq pardalarni sarg’ayishi, bo‘yin va ko‘krakda shish, gemoturiya, hamda asab-muskul apparatlarining harakatini buzilishi, fibrillyar muskullarni uchishi, qattiq qo‘zg’aluvchanlik, muskullarni tortilishi, yurish koordinasiyasini buzilishi va boshqa hollar kuzatiladi. Bunday paytlarda hayvon 2 - 3 kunda halok bo‘ladi. Surunkali zaharlanishda esa davomli ich ketish, tez oriqlash va boshqalar yaqqol seziladi.

Paxta kunjarasi va shrotidan hayvonlarni zaharlanishining oldini olishning yagona yo‘li ularni oz miqdorda, boshqa oziqalar bilan birga berilishidir. Qoramollarga kuniga 3 kg gacha, otlarga 1,5 - 2 kg, cho‘chqalarga 0,3 - 0,55 kg, qo‘ylarga to 0,2 kg gacha berish mumkin. Buzoqlarga 4 oyligidan kuniga 100 gr dan berib, bir yoshligida 1 kg ga yetkaziladi. Bundan tashqari kunjara va shrot vaqt-vaqti bilan ratsiondan chiqarilib turiladi. Ular tarkibidagi gossipolni birikishi uchun hayvonlarga kalsiy yoki oqsil (yog’i olingan sut) berib boriladi. Yaxshisi paxta kunjarasi va shrotini shirali yoki dag’al oziqalar bilan birga quyuq xamir holida berish ma’qul.



Kartoshka poyasi, po‘sti va o‘sgan kurtaklari tarkibida solanin glyukozid-alkoloidi bo‘ladi. U kartoshkani gullagangacha bo‘lgan poyasida juda ko‘p, saqlagan joyida o‘sib ketgan kartoshkalarda 4,76 % gacha uchraydi. Solanin bilan zaharlanish ko‘pincha cho‘chqalarda uchraydi. Chunki o‘sib ketgan kartoshkadan ko‘p miqdorda oziqlantirilsa kartoshka chiqindilari berilsa, oshqozon-ichak yo‘llarini yallig’lanishi, so‘lak oqishi, qusish, damlash, sanchiq, ich qotish va keyin ich ketish hollari kuzatiladi. Yurak faoliyati sustlashadi, harorati sal oshishi mumkin. Bunday hollarda hayvon 2 - 3 kunda halok bo‘ladi. Surunkali zaharlanishda ko‘pincha ovqat hazm qilish a’zolarining buzilishi kuzatilib, asab holatini o‘zgarishi sezilmaydi. Qoramol terisining har xil joylarida ekzema yoki toshma va oyoqning pastki qismlarida vezikulyar yallig’lanish hollari bo‘ladi. Teridagi toshmalar ko‘pincha yelin, tuxum xaltasi, choti va dumining tagida yaqqol ko‘rinadi. Mollarni ishtahasi pasayib, yurishi o‘zgaradi.

Kartoshka bardasi bilan hayvonlarni noto‘g’ri oziqlantirilganda toksikozlar bo‘lishi mumkin. Ayniqsa nish chiqarib o‘sib ketgan yoki chirigan kartoshka bardasi juda xavfli. Barda tarkibida solanindan tashqari organik kislota, sivush yog’i va boshqalar ham bo‘ladi. Qoramollarni ko‘p miqdordagi zaharli moddasi bo‘lgan barda bilan oziqlantirish tufayli ularda oshqozon atoniyasi, jigarni zaharlanishi, teri ekzemalari va bola tashlashi kuzatiladi. Bunday barda bilan oziqlantirish davom ettirila borsa vezikulali dermatit (shilta, suvli) orqa oyoqlarda paydo bo‘lib, og’ir hollarda esa tanani boshqa joylariga ham tarqaladi. Bu esa keyinchalik teri yarasi, tananing ayrim joylarida gangrena bo‘lishi, yiringli artritlar, yarali stomatit, hazm bo‘lishni buzilishi, tana haroratini ko‘tarilishi, oriqlash va sepsis kasalliklarni keltirib chiqaradi va oxiri o‘lim bilan tugaydi.

Solanin bilan zaharlanmasligi uchun kartoshka tozalanishi, o‘sgan nishlari olib tashlanishi, suvda pishirilishi lozim (pishirilganda solanin parchalanib yo‘qoladi). Xom holdagi kartoshka va poyasi hayvonlar ratsioniga oz miqdorda qo‘shilib, boshqa oziqalar bilan qo‘shib beriladi. Hayvonlar bo‘g’ozligining oxirgi oylarida xom kartoshka va poyasi mutlaqo berilmaydi.

Lavlagi va poyasini bug’langani yoki pishirilgani ko‘pincha cho‘chqalarni kuchli zaharlaydi. Bug’langan yoki pishirilgan lavlagida denitrifikasilovchi bakteriyalar rivojlanishidan lavlagi tarkibida bo‘lgan azot kislotasining tuzlari o‘ta zaharli bo‘lgan azot kislotasiga aylantiradi (A. I. Bobashinskiy, R. V. Konishev va boshqalar). Bug’langan yoki pishirilgan lavlagilar 5 - 6 soatdan keyin zaharli bo‘ladi. Zaharlash xususiyati tobora ortib borib, 12 soatdan keyin juda ham zaharlash kuchiga yetadi. Azot kislotasi tuzlarining (nitritlar) zaharlash xususiyati qondagi oksigemoglobinni metgemoglobinga aylantirib, to‘qimalarga kislorod borishini to‘xtatadi va hayvon nobud bo‘ladi. Cho‘chqalar lavlagi bilan zaharlansa 30 - 60 minut ichida o‘ladi. Yengil zaharlansa bir kun ichida tuzalib ketadi. Zaharlangan hayvonlarda charchash holati, so‘lak oqish, qusish yoki qusishga harakat, terini va shilliq pardalarni oqarishi, tuyoq va qulog’ini ko‘karishi kuzatiladi. Kasal hayvonlar yotadi, turolmaydi, o‘lishdan oldin hansirash va kuchli bezovtalanish, qaltirab tortishish kuzatiladi.

Xom lavlagini pishirish tufayli ham nitritlar hosil bo‘lishi, bundan tashqari ko‘p miqdorda oksalat kislotali kaliy ham bo‘lishi aniqlangan. Cho‘chqalarni lavlagidan zaharlanmasligi uchun bug’lantirilgan va pishirilgandan keyin shu zahoti yoki xom holida berish zarur. Achigan, chirigan yoki mog’orlagan lavlagi poyasini berish mutlaqo mumkin emas. Bundan tashqari lavlagi poyasi dag’al oziqalar bilan aralashtirilib berilsa maqsadga muvofiqdir.

Qand lavlagi tarkibida yengil hazm bo‘ladigan karbonsuvlar ko‘p ya’ni 20% gacha shakar bo‘ladi. Qand lavlagini siloslangan oziqalar bilan birga berish katta ahamiyatga ega. U organik kislotalardan foydalanishni oshiradi va asidoz kasalligining oldini oladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘rtacha miqdorda lavlagini boshqa hamma turdagi oziqalar bilan birga me’yor asosida berilsa hayvonlarning maxsuldorligi oshadi.

Ammo sigir va qo‘ylarni lavlagi bilan noto‘g’ri oziqlantirilsa ular zaharlanishi mumkin. Bunda suvsash, ishtahani yo‘qolishi, oldingi qorinchalar atoniyasi, bo‘shash, lanjlik, ich ketish, sut miqdorining birdan pasayishi, nafas olish va yurak faoliyatining buzilishi, qaltirash, tirishish yuz beradi va ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Qand lavlagi haddan tashqari ko‘p berilsa, oshqozonda achish jarayoni buziladi, natijada mikrofloralar tarkibi buziladi va rN o‘zgaradi, sut kislotasi ko‘p yig’ilib, propion kislotasigacha fermentasiyalanadi, keyin qonga nshmilib asidoz va og’ir zaharlanishlarni chaqiradi.

Kavshovchi hayvonlarni zaharlanmasligi uchun ozroq miqdorda lavlagi beriladi. Sog’in sigirlarga kuniga uch mahal: 5 kg dan 15 kg gacha, qo‘ylarga 2 kg gacha beriladi.

Karbamid (sintetik mochevina) - sigirlar ratsionidagi proteinning o‘rnini qoplash maqsadida beriladi, u hidsiz, achchiq-sho‘rroq ta’mli, suvda yaxshi eriydi, tarkibida 46% azot bor. 1 g karbamid 2,6 g hazm bo‘ladigan proteinga ekvivalentdir. Kavshovchi hayvonlar oshqozonida mnkroorganizmlar tomonidan chiqariladigan ureaza fermenti ta’sirida karbamid ammiak va karbonat angidrid gaziga parchalanadi. Oziqalardagi boshqa to‘yimli moddalar bilan birga bo‘lgan ammiakni oshqozon mikroorganizmlari o‘zlashtiradi. Oziqalar bilan birga oshqozondan shirdonga va ichaklarga tushib hazm bo‘ladi va ularni oqsili hayvonlar tomonidan o‘zlashtiriladi. Mochevina ma’lum sharoitlardagina zararsiz hisoblanadi. Ratsion tarkibida hazm bo‘ladigan protein kam bo‘lganda, yengil hazm bo‘ladigan karbonsuvlar bilan ta’minlanganda beriladi. Mochevina oziqalar bilan yaxshi aralashtirilib keyin beriladi.

Quruq oziqalar tarkibida mochevina miqdori 4% dan oshmasligi kerak. Siloslar bilan oziqlantirnlganda suvda eritilgan mochevina kuchsiz eritma shaklida silosga sepiladi. Kavshovchi hayvonlar ratsionidagi proteinlarning 25 – 30% ini mochevinaga almashtirish mumkin, ayniqsa, silos tipidagi yengil hazm bo‘ladigan karbonsuvli oziqalar bilan ta’minlanganda, karbamiddan foydalanishning yaxshi va xavfsiz usuli silos va omuxta yemlarga qo‘shishdir. Hayvonlarga ortiqcha karbamid berilsa ular zaharlanadi. Bunda ammiak juda ko‘p hosil bo‘lishi tufayli, uni mikroorganizmlar o‘zlashtirishga ulgurmaydi va ortiqcha ammiak qonga shimiladi va oqibatda hayvon zaharlanadi. Hayvonlar me’yoridan ortiq karbamid bilan oziqlantirilganda qonga shimilgan ammiak jigarda mochevinaga aylanadi va siydik orqali chiqib ketadi. Me’yordan ortiq mochevina berilsa yoki ayniqsa jigarni funksional holati buzilgan bo‘lsa hamma ammiak mochevinaga aylanmaydi va katta qon aylanish tizimi bilan butun organizmga tarqalib hayvon zaharlanadi. Zaharlanish belgilari 30-60 minutdan keyin yaqqol bilinadi. Hayvon oziqa yemaydi, terlaydi, charchash holati ko‘rinadi, og’zidan ko‘piksimon suyuqlik ajraladi, fibrillyar ;muskullar qaltiraydi, yurish koordinasiyasi buziladi, tana harorati +360 - 37°C gacha pasayadi, yuzaki nafas oladi va pulsi minutiga 100 - 150 martagacha tezlashadi. Ba’zibir hayvonlarda oshqozon atoniyasi va timpaniyasi bo‘ladi. Hayvon yotadi. Og’ir hollarda 2 - 3 soatdan keyin halok bo‘ladi.

Karbamiddan zaharlanmaslik uchun bo‘g’oz va sog’in sigirlarga 80 – 100 g; 6 oydan katta buzoqlarga 50 - 70 g, katta qo‘ylarga 12 - 15 g, 6 oydan katta qo‘zilarga 8 - 12 g berish kerakdir. Hayvonlarni 10 kun davomida asta-sekin karbamidga o‘rgatish zarur. Ayniqsa karbamidni silos, jom, donador va don oziqalar bilan aralashtirib berish ma’qul. Karbamidni dukkakli o‘simliklar pichani va konsentratlar bilan birga berilmaydi. Bundan tashqari juda oriq va oshqozon-ichak kasalliklari bor hayvonlarga berish ma’n etiladi. Toza holdagi karbamid suyuq oziqa va suv bilan ham berilmaydi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish