Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


To‘shamalar va unga bo‘lgan gigiyenik talablar



Download 0,8 Mb.
bet4/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

To‘shamalar va unga bo‘lgan gigiyenik talablar

Ko‘pchilik xo‘jaliklarda hayvonlar quruq, issiq va yumshoq joyda yotishini ta’minlash maqsadida to‘shamalar ishlatiladi. Ishlatiladigan to‘shamalar quruq bo‘lishi, yumshoq va kam issiqlik o‘tkazuvchi, namlikni yaxshi shimuvchi, zaharli o‘tlar aralashmagan, mog’orlamagan bo‘lishi kerak. To‘shamalar bulardan tashqari havodagi zaharli gazlarni shimadigan, bakteriosidlik va bakteriostatik xususiyatga ega bo‘lishi hamda go‘ngning sifatini yaxshilashi kerak.

To‘shamalar og’irligi foiz bilan o‘lchanadi. Masalan: javdar va bug’doy poxoli 450, archa qirindisi 490, qarag’ay qirindisi 370, yog’och qirindisi 280, mox torfi 1000, torf ushoqlari 1210% ga tengdir.

Ifloslangan, siydik bilan ho‘llangan to‘shamalar tezda chiqarilishi kerak. Chunki ularda tezak va siydik chirishi tufayli ammiak va boshqa gazlar ajralib chiqadi. Hayvonlar nam to‘shamalarda saqlansa, tuyoq kasalliklari bilan kasallanadi (tuyoq shox qatlamining yumshatishi, mokres, nekrobakterioz va boshqalar).

To‘shamalarni pshlatish molxonalarni tozalash vaqtiga bog’liq;


  1. har kuni go‘ng chiqarilsa to‘shamaniig hammasi almashtiriladi.

  2. go‘ng bir necha kunda yoki haftada bir chiqarilsa, to‘shamalarni ifloslangani va siydik bilan ho‘llangan qismlari olinib, o‘rniga yangi to‘shama solinadi:

  3. hayvonlar to‘shamasi almashtirilmay saqlansa, molxonalarda saqlangan davrda 1 - 2 marta to‘shama almashtiriladi. Bunday vaqtda har kuni toza, yaxshi to‘shama, ho‘llangan va ifloslangan to‘shamalar ustiga solib boriladi.

Birinchi usuldagi to‘shama sog’in sigirlar, cho‘chqalar, otlar, qo‘zilarning issiqxonalarida foydalaniladi. Ko‘rpa shaklli to‘shamalar ishchi otlar va buzoqlarning kataklarida ishlatiladi. Almashtirilmaydigan to‘shamalr o‘sishdagi qoramollar va bog’lanmay boqiladigan sog’in sigirlar hamda qo‘y va yerda saqlanadigan parrandalar binosida ishlatiladi.

Hamma to‘shamalardan afzali kuzgi bug’doy poxoli va torf hisoblanadi. Kuzgi poxol go‘ngni ko‘paytirib sifatini yaxshilaydi. Torf to‘shama gaz yutish va namlikni shimishda yuqori xususiyatga ega, bundan tashqari bakteriostatik va bakteriosidlik xususiyatiga ham ega. Bakteriosidlik xususiyatida kislotalik muhit bo‘lib qolmay, balki unda antibiotik mikrofloralar va zamburug’lar bo‘ladi. To‘shama uchun ishlatilgan torf siydikni azot va mikroblar bilan boyitadi va torf bilan boyigan azot mineralizasiyalanadi.

Go‘ng sifatini oshirish va bir vaqtda to‘shamaning gaz yutishini ko‘paytirish uchun maydalangan poxol yoki torfga superfosfat aralashtnrish foydali (25 kg to‘shamaga 1 kg superfosfat), erkin holidagi sulfat kislota ammiakni biriktiradi, natijada superfosfat ammonizasiyalanadi.

Torfni to‘shama sifatida ishlatish molxonalar mikroiqlimini, hayvonlarning fiziologik holatini yaxshilaydi va natijada ularning mahsuldorligini oshiradi. Torf to‘shamalar sog’in sigirlar, cho‘chqalar va parrandalar tagiga almashmaydigan to‘shama tariqasida ishlatiladi. Sog’in sigirlarga ishlatiladigan torf to‘shamalarning namligi 40 – 45%, chirish darajasi 15% bo‘lishi kerak. Agar chirish darajasi 15% dan yuqori bo‘lsa, ustidan ozroq poxol solinadi. Torfning yuqori kismidan olingan va chirish darajasi 20% gacha bo‘lsa cho‘chqalarga ishlatish mumkin. Bunday torflarni poxol bilan qo‘shib ishlatsa ham bo‘ladi. Quyidagi jadvalda har xil turdagi hayvonlar uchun kuniga solinadigan to‘shamalar miqdori quyidagi 23-jadvalda berilgan.

To‘shama uchun quruq yog’och qirindisi ham ishlatiladi. Ular namlikni juda ham yaxshi yutadi, lekin o‘g’itlik xususiyati past. Otxonalarda yog’och qirindilarini ishlatish maqsadga muvofiq emas, qo‘yxonalarda esa umuman mumkin emas. Quruq yog’och qirindilari qoramol saqlanadigan binolarda va cho‘chqaxonalarda ishlatiladi. To‘shama uchun kuruq barglar va yog’och paraxalari ham ishlatiladi. Ko‘pgina xo‘jaliklarda, ayniqsa, isitiladigan panjarali pollar bo‘lganligi yoki ortiqcha mehnat sarflanmaslik hamda to‘shamalarning yetishmasligi tufayli hayvonlar to‘shamasiz saqlanadi. Bunday vaqtlarda rezina matlar, plastmassadan to‘shamalar va boshqalar ishlatilishi kerak.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish