Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari



Download 0,8 Mb.
bet1/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM


ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM MAVZULARI


Aeroionizatsiya va uning gigiyena tomondan ahamiyati.

Aeroionizatsiya deb ionizatorlar ta’sirida yer atmosferasidagi gazlarni atom va molekulalarga parchalanishi natijasida havoda gaz ionlarini hosil bo‘lishiga aytiladi. Aeroionizasiya hosil bo‘lish manbalari havoning tabiiy ionizasiyasi, ya’ni tabiatda elektr razryadlari, quyosh nurlari, radioaktiv moddalar ta’sirida, daryo, dengiz okean suvlarining kuchli chayqalishi va boshqalar sababli hosil bo‘lishiga aytiladi. Sun’iy ionizasiya esa maxsus aeroionizatorlar ishtirokida paydo qilinadi.

Aeroionlar 1099 y L. Elster va X. Geytel tomonidap ixtiro etilgan musbat va manfiy zaryadli juda mayda bo‘lakchalardir. Ular havodagi gazlarni atom va molekulalaridan paydo bo‘lib, elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga egadir. Neytral atomlarda musbat zaryadli yadrolar soni manfiy zaryadli elektronlar soniga teng bo‘ladi. Ionizasiyalovchi muhit ta’sirida atomlar qobig’idan bitta yoki bir nechta tashqi elektronlar ajralib chiqadi va atomlar musbat ionlarga aylanadi. Manfiy ionlar ajralib chikqan elektronlari qo‘shilishidan paydo bo‘ladi. Shunday juft-juft hosil bo‘lgan molekula kattaligidagi ionlar neytral molekulalar guruhi bilan birikib, yengil aeroionlarni hosil qiladi. Yengil aeroionlar elektr maydonlarida juda harakatchan bo‘lib, bir-birini neytrallab oson birikadi va neytral atom va molekulalarga aylanadi. Yengil aeroionlar sekundning o‘ndan biri ichida paydo bo‘lib, havodagi uchraydigan qattiq va suyuq aerozollar bilan birikib cho‘kmaga tushadi. Natijada og’ir aeroionlar yuzaga keladi. Bular esa kam harakatchan va uzoq vaqtgacha bo‘ladi.

Molxonalar havosida namlik, chang va mikroorganizmlar atmosfera havosiga nisbatan ko‘p bo‘lganligi uchun manfiy yengil ionlar kam bo‘ladi. Masalan, atmosfera havosining 1 sm3 ida yengil gazlar ionini manfiy 250-450 ming va musbati 450 - 500 ming hamda og’ir ionlarning manfiysi 1500 - 2000 va musbati 3000 - 5000 bo‘lsa, molxonalar havosida esa yengil manfiy ionlar soni 50 - 100 gacha kamaysa, og’ir ionlar esa 15 - 100 minggacha ko‘payadi (G. K. Volkov). Molxonalarni toza, mikroiqlim me’yorlariga rioya qilinib, havosi yaxshi almashtirilib turilsa ionizasiya miqdori atmosfera havosidagiga yaqinlashadi.

Yengil musbat ionlangan havoga nisbatan manfiy ionlangan havo hayvonlar organizmiga yoqimli ta’sir qilib, gigiyenik va davolash aqamiyatiga ega.



Aeroionlarni hayvonlar organizmida biologik ta’siri asosan A. L. Chijevskiyning ishlarida keng yoritilgan. XX asrning 30-yillarida birinchilar qatorida u havoning sun’iy aeroionizasiyasini molxonalarda gigiyena tomondan ahamiyati va organizmga foydali ta’sirini isbotladi. N. M. Komarov. G. K. Volkov va boshqalar ilmiy tekshirishlarida molxonalar havosinn ionizasiyasi hayvonlar va parrandalar organizmida fiziologik o‘zgarishlarga yaxshi yordam qilishini isbotladilar.

Chorvachilikda aeroionizasiyani gigiyena tomondan ahamiyati shundan iboratki, yengil manfiy kislorod ionlari nafas yo‘llarini shilliq pardalari va teri orqali neyrogumoral yo‘l bilan fiziologik funksiyalarni boshqaradi. Nafas yo‘llarida aeroionlar ta’sirida o‘pka interoreseptorlarini qo‘zg’atuvchanligini oshirishi yoki pasaytirishi mumkin. Shu bilan birga bosh miyaning markazi orqali ichki a’zolarga zaruriy xabarni yetkazadi. Aeroionlar o‘pka alveola devorlari orqali qonga o‘tadi va o‘zining zaryad kuchini kolloidlar va hujayra elementlariga beradi. Natijada nafas olishda manfiy zaryadli ionlar bilan qon kolloidlarini zaryadlanishi ortadi, musbat ionlar kamayadi. (A. L. Chijevskiy, L, L. Vasilyev, A. B. Verigo). V. I. Mozjerinning yozishicha, ionizasiyalangan havo hayvonlar organizmiga teri reseptorlari orqali ta’sir qiladi, orqavarotdan esa yuqori nafas yo‘llarining oxirlariga ta’sir qilib, organizmda qator fiziologik reaksiyalarni chiqaradi (kapillyarlarning kengayishi, eritrositlarning depodan chiqishi, hujayra va to‘qimalarda modda almashish jarayonlarini neyro-endokrin boshqarishni kuchaytirish va boshqalar). Binobarin, bundan quyidagi xulosaga kelamiz, ya’ni asab-reflektor ta’sirlar mexanizmi gumoral va gormonal ta’sirlarni to‘ldiradi.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalarda aniqlanishicha, havoning sun’iy aeroioiizasiyasi organizmning modda almashishi jarayonlarini tenglashtiradi, gemopoezni, neytrofillarni fagositar faolligini kuchaytiradi, oqsilni globulin fraksiyasini oshiradi, yosh mollarni o‘sish va rivojlanishini yaxshilaydi, cho‘chqalarning vaznini oshiradi, sigirlar sutini ko‘paytiradi, buqalarda urug’ ishlab chiqishini ko‘paytirib, jinsiy kobiliyatini oshiradi.

G. K. Volkovni aniqlashicha, buzoqxona va profilaktoriya havosini ionizasiyasi yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini kamaytiradi, ich ketish (dispepsiya), bronxopnevmoniya kabi kasalliklarning yengil o‘tishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, aeroionizasiya ta’sirida qattiq va suyuq aerozollar ko‘p miqdorda mikroorganizmlarni o‘ziga qabul qilish bilan birga elektr maydoni yo‘llarining yo‘nalishida harakat qilib devor, pol va shiftga o‘tiradi. Natijada havo mikroorganizmlardan tozalanadi. Chorvachilik binolarida sun’iy ionizasiyasi mikroiqlim ko‘rsatgichlarini yaxshilaydi, chang miqdori 3 - 4 marta, mikroorganizmlar 3 - 5 marta kamayadi va nisbiy namlik pasayadi.

Shunday qilib, havoning sun’iy ionizasiyasi havo muhitini sanitariya-gigiyena tomondan yaxshilaydigan asosiy sabablardan biridir. Buni ayniqsa chorvachilik binolari, sun’iy qochirish punktlari, veterinariya davolash joylari, biofabrika, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash sexlarida keng joriy qilish maqsadga muvofiqdir.

Kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlar maqsadida yengil manfiy ionlarni me’yorlari quyidagicha tavsiya qilinadi: 30 kunlikkacha yoshdagi buzoqlar uchun 6 - 8 soat davomida 1 sm3 havoda 200 - 250 ming aeroionlar; sigirlar uchun 15 - 20 kun davomida 5 - 6 soatdan kuniga 300 ming; naslli buqalar uchun 2 oy davomida 8 - 10 soatdan kuniga 350 ming (dam berilgach yana 20 - 30 kundan keyin qaytarilishi mumkin). Cho‘chqa bolalari uchun eng foydalisi: emadigan cho‘chqa bolalari uchun 300 - 400 ming, onasidan ajratilganlari uchun 350 - 400 ming, katta cho‘chqalar uchun 400 - 500 ming aeraion hisoblanadi. Sutkasiga 2 marta 30 minutdan 3-4 hafta berilib, bir oydan keyin yana qaytariladi. Jo‘jalarga ionizasiya berilganda 3 - 60 kunligida 1 - 3 soat 25 miig iondan berilib (1 sm3 havoda), har 5 kunda bir dam beriladi. Go‘shtbop jo‘jalarga 60 - 70 ming iondan 0,5 - 3 soat davomida bir marta 2 - 3 va 7 - 5 kun dam beriladi.

Aeroionizasiyani turli toifadagi chorvachilik xo‘jaliklari va parrandachilik fabrikalarida keng joriy qilish uchun molxonalarni loyihalash vaqtida ionizasiya asboblarini joylashtirishni nazarda tutish kerak.

Chorvachilik binolarida aeroionizatorlar tariqasida yuqori kuchlanishdagi tokdan foydalanish mumkin. Bunda manfiy qutb uchun ishchi qurilma, musbat qutb yer hisoblanadi. Bu qutblar orasida elektr maydoni paydo bo‘lib, havodagi mayda bo‘lakchalar zaryadlanadi va harakatga keladi.

Juda ko‘p hajmdagi havoni ionizatsiya qilishda antennali ionizator NIL qo‘llaniladi. AF-2, LF-3 va boshqa ionizatorlarni ham ishlatish mumkin. Ventilyasiya havosini ionizatsiyalashda VIE-73 agregati, VIESX aeroionizatsiyalovchi moslama tavsiya qilingan. Havoning ionizatsiyalanish darajasini aniqlashda maxsus asbob ionlarni sanagich SI-1 va SLI-TGU-69 va boshqalar ishlatiladi.




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish