4-amaliy mashg’ulot MAVZU: TEMPERAMENT DIAGNOSTIKASI METODIKALARI Maqsad: Mazkur metodikalarni amaliyotda qo’llash. Amaliy mashg’ulot mavzulari va topshiriqlari ma’ruza mashg’ulotlari mavzulari bilan o’zaro muvofiqligi taqqoslash. Amaliy mashg’ulot mavzulari bilan amaliy topshiriqlar bo’yicha ko’nikmalarini dars vaqtida himoya qilish.
Jihoz: N.N.Obozovning temperament tiplarini o’rganish metodikasi Yo’riqnoma. Temperament tipini aniqlash uchun qator bo’ylab o’n beshta xarakterologik alomatlardan har birini namoyon bo’lish darajasiga ko’ra tanlanadi. Masalan, “Xulq-atvorning vazminligi” qatori bo’yicha tekshiriluvchining xulq-atvoriga “Yaxshi darajada vazmin” juda mos, “A’lo darajada vazmin” mos darajani ifodalagan bo’lsin. Bu holatda tekshiriluvchining “Yaxshi darajada vazmin”-2 ball, “A’lo darajada muvozanatlashgan”-1 ball bilan baholanadi. Qatordagi qolgan ikki xarakterologik alomatlarga 0 balldan beriladi. Qolgan qatorlardagi xarakterologik alomatlar ham xuddi shu tarzda baholanadi. So’ngra ustunlar bo’yicha ball ko’rsatkichi hisoblab topiladi. Eng ko’p ball to’plagan tip tekshiriluvchi shaxsiga xos hisoblanadi
Temperament tiplarining psixologik xarakteristikasi