Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


Oziqalar sifatini sanitarnya tomondan nazorit qilish



Download 0,8 Mb.
bet8/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Oziqalar sifatini sanitarnya tomondan nazorit qilish - hayvonlar sog’lomligi va mahsuldorligi nafaqat oziqalarni to‘yimliligiga bog’liq, balki oziqalarning sanitariya tomondan sifatiga ham bog’liq bo‘ladi. Oziqalarni sifatsiz bo‘lishiga yig’ish, tashish, taxlash vaqtidagi atrof muhitning ta’siri, tayyorlash va qayta tayyorlashda texnologiya qoidalariga rioya qilmaslik, mexanik aralashmalar, zaharli moddalar va boshqalar bilan ifloslanishlari sabab bo‘ladi. Bunday oziqalar xayvonlar organizmiga mexanik, kimyoviy yoki biologik ta’sir etib oziqa kasalliklarini chaqiradi (toksikozlar yoki zaharlanish). Shuning uchun oziqalar sifatini sanitariya tomondan nazorat qilish hayvonlarning kasalliklarini oldini olishda katta ahamiyatga ega.

Oziqalar sifatini sanitariya tomonidan baholash uchun ularning namligi, tarkibi, rangi, hidi, shuniigdek mexanik aralashmalari, mog’or va boshqa zamburug’lar bilan qanchalik zararlanganligi tekshiriladi. Veterinariya laboratoriyasida mexanik aralashmalar miqdori, silosdagi har xil kislotalar, zaxarli o‘simliklar va ularning urug’i, zaharli ximikatlar va pestisidlarning qoldiq miqdori, zaharli zamburug’lar bilan zararlanganlik darajasi aniklanadi.

Oziqalardan namunalar mutaxassislar ishtirokida olinib, veterinariya laboratoriyasiga yetkaziladi va u yerda Bosh veterinariya boshqarmasi tasdiqlagan qoida asosida tskshiriladi. Olingan namunaga 2 nusxada dalolatnoma tuziladi, unda xo‘jalikning manzili, nomi, oziqa turi, og’irligi va olingan kuni yoziladi. Namuna oziqaning har xil joyidan va chuqurlikdan ozroq-ozroq olinib, keyin hammasi bir joyda yaxshilab aralashtiriladi. Silos bo‘lsa 0,5 kg, don oziqalardan 2,0 kg va boshqa turdagi oziqalardan 1 kg namuna olinadi. Hayvonlar zaharlangan vaqtlarda tekshirish uchun oziqa oxurlardan ham olinishi kerak.

Yaxshi pichan va poxollardan yoqimli hid keladi. Buzilgan dag’al oziqalar zax, dimiqqan, mog’orlagan va chirik hidini beradi hamda iflos, buzilgan ranglarda bo‘ladi. Pichan va poxollarning namligi 15% gacha bo‘lsa quruq, 17% gacha nam va 20% dan yuqori bo‘lsa ho‘l hisoblanadi. Dag’al oziqalarning tarkibida mexanik aralashmalar 10% dan ortiq bo‘lsa foydalanilmaydi, agar metal parchalari va shisha siniqlari topilsa umuman yaroqsiz hisoblanadi. Pichanning ichida zaharli o‘simliklar miqdori 1% dan ortiq bo‘lsa, bunday oziqalar mollarga berilmaydi.

Sariq - ko‘kish yoki sariq rangdagi siloslar sifatliligidan darak beradi. Issiq usulda tayyorlangan sifatli siloslarning rangi kulrang-ko‘kish, to‘q jigarrang va qo‘ng’ir bo‘ladi. Yaxshi, nordon silosning rN 3,9 – 4,2 gacha, 3,9 dan past bo‘lsa achchiq va 4,3 bo‘lsa buzilgan hisoblanadi. Yaxshi sifatli silosning rangi sarg’ish-ko‘kish yoki sariq ta’mi nordonroq, hidi meva-sabzavot hidiga o‘xshab, shilimshiq bo‘lmaydi. Yaxshi silosning tarkibida umumiy kislotalar 19 – 25% bo‘ladi. O‘rtacha sifatli silosning rangi qo‘ng’irroq bo‘lib, sirkaning hidini beradi. Yomon sifatsiz silosning rangi ochiq-yashil yoki xira-yashil bo‘lib, ammiakning hidini beradi hamda yopishqoq va shilimshiq bo‘ladi. Silosning sifatini baholashda tuproq bilan ifloslanganligi va mog’orlanganligiga ahamiyat beriladi. Sifatli siloslar Davlat andoza talabiga javob berishi zarur.

Sifatli senajdan meva-sabzavot hidi kelib, yashil yoki ochroq qo‘ng’ir rangda va namligi 50 - 55 % bo‘ladi. Buzilgan yaroqsiz senajdan misning hidi va javdar unidan pishirilgan yangi nonning hidini berib, rangi xira jigarrang yoki qora rangda bo‘ladi.

Jom (uzum, olma va pomidorning siqib olingandan keyingi qoldig’i) ni sifatliligi: yaxshisi ochiq-kulrang, hidsiz va tarkibida 0.1 - 0,2 %gacha organik kislotalar bo‘ladi va yog’ kislotasi bo‘lmaydi. Sifatsiz achchiq, yog’ kislotaning hidini berib, iflos kulrang bo‘ladi. Quritilgan jomda zaharli zamburug’lar bor-yo‘qligi tekshirib ko‘riladi. Shu ko‘rsatkichlarga asosan barda (pivo, aroq eavodlari quyqasi) va mezgi (qand zavoli chiqindisi) ham baholanadi.

Don, omuxta yem va unsimon oziqalarning sifati rangi, hidi, kislotalik darajasi, zaharli zamburug’larning bor-yo‘qligi, zararli va zaharli o‘tlar, urug’i., zang va qorakuya zamburug’lari, pestisidlar, ombor zararkunaldalari bilan ifloslanganligiga qarab baholanadi.

Sifatli omuxta yemlarning rangi, hidi, ta’mi xuddi don oziqalardek bo‘lib, rangi o‘zgarmagan, hidi dimiqmagan va achchik ta’mda bo‘lmasligi kerak. Omuxta yem va don oziqalarning namligi 12 – 15 %, unniki 14 %, kepakniki 12 %gacha bo‘lishi kerak. Don oziqalar tarkibidagi zararli aralashmalar 1 %dan va begona o‘tlar urug’i 8 %dan oshmasligi kerak. Metall parchalari va shisha siniqlari mutlaqo bo‘lmasligi, mineral aralashmalar esa 0,2 %dan (qum, tuproq) oshmasligi, omuxta yem, un va kepakda esa 0,8 % dan oshmasligi zarur.

Don, omuxta yem va unsimon oziqalarni mog’orlashga va kuchli zaharli zamburug’lar bilan zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ombor zararkunandalari (kanalar, mita, don kuyasi, qo‘ng’izlar, uzuntumshuq) bilan kuchli ifloslangan oziqalarni sifatli deb bo‘lmaydi. Zaharli moddalar bilan dorilangan donlarni hayvonlarga berish mumkin emas.

Kunjara va shrotlar yangiligiga, mineral va metall parchalari bilan ifloslanganligiga hamda tarkibida linomarin (zig’ir kunjarasida), risin (kanakunjut kupjarasida) va gossipol (paxta kunjarasi va shrotida) kabi zaharli moddalarni bor-yo‘qligiga qarab gigiyeia tomonidan baholanadi. Har xil turdagi kunjara na shrotning namligi 8,5 – 11 %dan oshmasligi kerak.

Omuxta yemlarda yog’larni oksidlanishidan ko‘pincha vodorod peroksid hosil bo‘ladi. U hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi.

Omuxta yem, baliq va go‘sht-suyak unlari hamda o‘simlik oziqalari sanitariya-mikrobiologik va mikologik tahlil yo‘llari bilan salmonella, patogen ichak tayoqchalari, zahar hosil qiluvchi anaerob mikroblar va zaharli zamburug’larga tekshiriladi.

Kartoshka - bakteriyalar, zamburug’lar va parazitlik qiluvchi qurtlar bilan ifloslanganligiga tekshiriladi. Ildizmevali oziqalarni baholashda mexanik zarb yeyilish darajasi, tuproq bilan ifloslanganligi va zamburug’lar bilan zararlanganligiga e’tibor beriladi. Laboratoriyada kartoshka tarkibidagi solanin alkaloidi, qand lavlagi tarkibida nitrit va nitratlarni mavjudligi tekshiriladi.

O‘simliklarini zararkunandalar, begona o‘tlar, kemiruvchilar va hasharotlardan asrash maqsadida hozirgi kunda har xil zaharli ximikatlar yoki pestisidlar (kimyoviy birikmalar og’ir metal tuzlari va mineral o‘g’itlar) keng ishlatilmoqda. Bularning ko‘pchiligi kuchli zaharli bo‘lib, ularni noto‘g’ri ishlatish va saqlash natijasida ko‘pincha hayvonlar zaharlanadi. Jumladan, dorilangan donlarni yeyishi, suv yoki bardalarni ichishi, pestisidlar sepilgan ko‘k o‘tlar yoki poyalarni berish tufayli sodir bo‘ladi.

Oziqalarni zaharli ximikatlar bilan ifloslanganligiga ozgina shubha bo‘lsa, tezda veterinariya laboratoriyasiga tekshirish uchun jo‘natish kerak. Ko‘pincha hayvonlarni zaharlanishi kimyoviy birikmalar bilan ifloslangan oziqalarni yeyishi tufayli bo‘ladi. Oziqalar tarkibidagi qoldiq kimyoviy aralashmalarni mumkin bo‘lgan miqdori quyidagi 20-jadvalda berilgan.

Veterinariya laboratoriyalarida oziqalar tekshirilib yaroqli-yaroqsizligi bo‘yicha xulosa qilingandan so‘ng, uni mollarga qanday berish bo‘yicha tavsiya etiladi.

Agar oziqalar mog’or zamburug’lari bilan sal ifloslangan bo‘lsa mexanik tozalash (yelpish, sovurish), termik qayta ishlash (quritish, bug’lash, pishirish), ishqor yordamida qayta ishlash va boshqa yo‘llar bilan zararsizlantiriladi. Ifloslangan pichan va poxollarni zararsizlantirishda 2 – 3 %li ishqor eritmasi bilan (ohak yoki ichimlik soda) qayta ishlash va 3 - 5 soat davomida suv bilan yuvish yaxshi samara beradi.

20 - jadval


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish