Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


Mavzu: Quyonchilik va muynachilik xo‘jaliklarining loyihalari



Download 0,8 Mb.
bet11/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Mavzu: Quyonchilik va muynachilik xo‘jaliklarining loyihalari.

Darsning maqsadi - go‘sht, teri va par yunalishidagi qo‘yonlar va turli muyna beruvchi hayvonlar uchun muljallangan chorvachilik fermalarining asosiy loyihalari bilan tanishish.

Darsg kerakli ko‘rgazmali qurollar va asboblar - tayyor loyihalar, harajat hujjatlari, me’yoriy jadvallar, qurilish albomlari.

Darsning mazmuni - quyonchilik va muynachilik xo‘jaliklari asosan kunduz, nutriya, tulki, quyon, sassiq kuzan terilari ishlab chiqarishga hamda quyon va nutriya gushti etishtirishga muljallanadi. Go‘sht-teri yo‘nalishidagi quyonchilik fermalari 600, 1200, 2400, 4800, 6000, 7500 boshga, tivit yo‘nalishidagi quyonchilik fermalari esa 600, 1200, 2400 boshga mo‘ljallab quriladi. Binolarni loyihalashda quyon va muynali hayvonlarni o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Quyon va muynali hayvonlarning bosh soni, yoshiga qarab qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi.

a) Asosiy poda – erkak va urg‘ochi hayvonlar

b) Yosh hayvonlar podasi – 1 yoshgacha bulgan erkak hayvonlar (erkak quyonchalar - 1 oylik)

v) Qunduzlarda – 3 oylikgacha bulgan yosh qunduzlar podasi tashkil etiladi.

Qunduz va tulkilar hamda yosh hayvonlar podasi xususiy kataklarda maxsus jixozlangan saroylarda saqlanadi. Nutriyalarni asosiy podasi - suv havzasidagi yoki suvsiz xususiy kataklarda saqlanadi. Yosh nutriyalar guruhli katakda saqlanadi. Quyonlarni asosiy podasi - kataklarda 1 tadan, yosh quyonchalar guruhli katakda saqlanadi. Yopiq quyonxonalarda yosh quyonchalar ko‘p yarusli batareyalarda saqlanishi mumkin. Qunduzchilik fermalari 200 - 400 bosh, tulkichilik 600 - 9000 bosh, nutriyachilik 2000-10000 bosh, quyonchilik fermalari 2000-15000 boshga muljalanadi.

Quyonchilik va muynachilik fermalari asosiy shamol yunalishi tomondan daraxtzorlar bilan tuzilishi zarurdir. Ishlab chiqarish zonasida- kataklar, qafaslar, zagonlar va quyonxonalar bulishi shart. Bundan tashqari bu erga yaqin joyda veterinariya inshoatlari, suyish punkti, suv, issiqlik, elektr ta’minoti inshoatlari joylashtiriladi. Har bir katakda 6-18 dona qafaslar joylashtirilib, ikkinchi qator bilan oralig‘i 4 m bulishi shart.



Quyonlarni guruhlarda saqlaydigan zamonaviy kataklarni

Oziqalarni saqlash va qayta ishlash zonasida - oziqa sexi, hayvonot olamidan olinadigan oziqalar uchun – sovutgich, oziqalar uchun omborxona, tarozi bulishi shart. Go‘ngxonalar ferma xududidan tashqarida joylashtiriladi. Boshqaruv – xo‘jalik va xizmat binolari fermaga kirish joyida quriladi.

Yirik quyonchilik fermalarida quyonxonalardan tashqari oziqa sexi, muzlatgichi bilan so‘yish sexi qurilishi kerak. Fermada quyonxonadan tashqari jihozlar, qishga etadigan to‘shama saqlaydigan, 2-3 kunga etadigan oziqa saklaydigan xonalar va xizmatchilar uchun xona bo‘ladi.

Katta quyonlar va bo‘g‘oz yosh quyonlar kataklari ikki qavatli, bir-biriga qaratib o‘rnatiladi va 120 - 140 sm kenglikda xizmat yo‘li bo‘ladi. Asosiy bosh sonlar uchun ayvon tagida kataklarda saqlansa, kataklarning uzunligi 120 - 140 sm, kengligi 65 - 70 sm, balandligi oldidan 55 sm va orqasidan 40 sm bo‘ladi. Yosh quyonlarni kataklarda guruh holida saqlanganda, katakning uzunligi 140 sm, kengligi 65 - 70 sm, balandligi oldidan 55 sm va orqasidan 40 sm qilinadi. Kataklar osma oxurchalar va sug‘orgichlar bilan ta’minlanadi.

Asosiy va yosh quyonlar bir qavatli kataklarga joylashtiriladi.



Yosh quyonlarni 2-3 qavatli kataklarda ham saqlash mumkin. Kataklar quyonxonalarda uzunasiga yoki ko‘ndalangiga qator qilib joylashtirilib oralig‘ida 1 - 2 m kenglikda o‘tish yo‘li qilinadi. Kataklar karkasli ham kilinishi mumkin, uning kengligi 500 - 600 mm, balandligi 450 mm va uzunligi 800 - 1200 mm bo‘ladi.

Quyonlar tug‘ishi va bolalarini 25 - 30 kunligigacha boqishi uchun maxsus quti-uya qo‘yiladi. Osib qo‘yiladigan yashikning o‘lchami 500 x 310 mm va balandligi 150 mm bo‘ladi. Ona quyonlarning yashiklariga yiligi o‘rtacha 10 kg hisobida yog‘och qirindisi to‘shama qilib ishlatiladi. Kataklarning poli kengligi 25 - 30 mm va yorig‘ining kengligi 19 mm bo‘lgan taxtadan qilinadi. Ular katakning oldingi devoriga parallel qilib joylashtiriladi. Taxtaning o‘rniga olinadigan teshik kardon pollar ham qilinishi mumkin. Yosh quyonlarni bo‘rdoqiga boqishda yo‘g‘onligi 2 mm li sim to‘rli poldan xam foydalaniladi.

Kataklardagi har bir ona quyon bolalari bilan bo‘lganda zotiga qarab 0,4 - 0,6 m2, o‘sishdagi quyonlar uchun esa 0,08 - 0,1 m2 dan joy ajratiladi. Kichik xo‘jaliklarda bitta yoki juft quyonlar saqlanadigan kataklar ochiq havoda o‘rnatilishi ham mumkin. Qishki sovuq vaqtlarda havoning harorati +30 - 6°C bo‘lganda maxsus binolarga kiritiladi. Go‘sht-teri va jun etishtirish yo‘nalishidagi quyonlarning har biriga 0,72 m2 bo‘lgan bir seksiyali va 0,78 m2 bo‘lgan ikki seksiyali kataklar qilinadi. Bir seksiyali katakning o‘lchami 1,2 x 0,6 m, ikki seksiyalisi 1,3 x 0,6 m bo‘ladi. Ayvonlar tagida katakda guruh holida 10 boshgacha saqlansa, ularning o‘lchamlari 1,7 x 0,7 m yoki har bir bosh uchun 0,12 m2 joy to‘g‘ri kelishi kerak. Qochirishga tayyorlanadigan yosh quyonlar xuddi Shunday kataklarda 7 boshdan, erkagi esa bir boshdan yoki har bir bosh uchun kamida 0,17 m2 dan joy to‘g‘ri kelishi kerak.

Ona quyonlar tug‘ishidan oldin kataklarning ichiga maxsus taxta yoki fanerdan ko‘chma quti - uya qo‘yilib ichiga poxol to‘shama solinadi. Uning uzunligi 55 sm, kengligi 30 va balandligi 30 sm bo‘lib, biron bir devoriga 25 sm diametrdagi teshik qilinadi.

Tivit beradigan katta quyonlar bir boshdan, yoshlari 3 - 4 boshdan kataklarda yoki 14 - 15 boshdan atrofi o‘ralgan maxsus joyda saqlanadi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish