Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari



Download 0,8 Mb.
bet19/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Asalarilarni boqish va saqlash - hozirgi vaqtda asalarilarni boqish va saqlash uchun bir qismli 2-derazali (435x300 mm), 2 - qismli 10-20 derazali (ramkali) uyalar ishlatiladi.

Asalari uyalariga asosan qo‘yidagi talablar qo‘yiladi: ular aniq o‘lchamli bo‘lib issiqlikni yaxshi saqlashi, mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yorida tashkil etishi kerak. Uyaning hajmi yilning fasliga qarab nazorat qilinishi kerak. Bunday usul ozuqani iqtisod qilishga, kuchini to‘plashga, tashishiga qulaylik yaratib, ishlash yengil va oson bo‘ladi.

Asalarilar oilasiga: ishchi asalarilar va ona asalari kiradi. Ona asalari oilada asosiy rolni egallaydi. Ona asalari bo‘lmasa oila yo‘q deganidir. Ona asalarining tuxum qo‘yishi bir yilda 8-9 oy davom etadi. Tuxumdan lichinka chiqib, g’umbak va yosh asalarini tashkil qiladi.

Ona va ishchi asalarilar – bular urg’ochi asalarilar hisoblanadi. Ularning urtasidagi farq jinsiy yetilishiga qarab aniqlanadi. Ular alohida o‘z funksiyasini bajaradi. Asalarilarni mahsuldorligiga va hayotchanligiga ichki va tashqi ta’sirotlar ta’sir qiladi.

Tashqi ta’sirotlarga – iqlim sharoitlari, yilning fasli, obu-havo, asal beruvchi o‘simliklar, suv havzalari, mineral moddalar, hayvonot olami, atmosfera havosining ifloslanishi, kimyoviy moddalar bilan zaharlanishlar va hakozalar kiradi.

Ichki ta’sirotlarga - asalari uyasining shakli, hajmi, mikroiqlim (harorat, namlik, yorug’lik, ventilyasiya) uyaning joylashgan joyi, uchib kiradigan teshiklarning katta-kichikligi, uyani kengaytirish, yangilash, asalari kasalliklari, ozuqa zaxirasi va ularni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish misol bo‘ladi.

Asalari uyalarini joylashtirish uchun ularning biologik talablari, mikroiqlim, ser o‘t yaylovlar, asalari normal hayot kechirishi uchun erta bahorda uzoq muddat gullaydigan asal beruvchi o‘simlikli yaylovlar tanlanadi. Uya tashqi tomondan o‘sib turgan usimliklar bilan himoya qilingan joylarda saqlanib yoki kirish tuynuklari propolis bilan yopilib 2-3 asalari kiradigan bo‘lishi kerak. Asalarichini asosiy vazifasi asal olingandan keyin – har bir asalari uyasini qish fasliga yaxshi tayyorlashi kerak ya’ni uyalarni issik saqlash, ularni hayotini saqlab qolish uchun haroratni +340-35oC holida saqlashi zarur. Yaxshi isitilgan uyalarda asalarilar qishdan to‘lig’icha sog’lom chiqadi. Qishda – asalarilar yozdagidek aktiv bo‘lmaydi, bir-biri bilan ozuqa almashmaydi. Ular alohida o‘zining ishlatgan ozukasiga qarab oziqlanadi. Asalari 3-16 mg asal is’temol qilib harorat +150-20oC bo‘lganda ushbu ozuqa 24-36 soatga yetadi.

Asalari uyalari noyabr oylarida tozalanib doimo ventilyasiyasi nazorat qilinib harorat 00 + 3oC, nisbiy namlik 75-58 % holatida saqlanadi. Yil fasliga qarab asalari uyalarida mikroiqlim qo‘rsatkichlari o‘zgarib turadi. Optimal mikroiqlim ko‘rsatkichlari uyadagi asalari soniga, fiziologik holatiga, yoshiga, yosh asalarini chiqishiga, ozuqa miqdori va sifatiga bog’liq bo‘ladi. Mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yorda saqlash asalarilarni ko‘payishiga, yosh asalari hamda ona asalarini normal rivojlanishiga ta’sir qiladi.

Harorat rejimi – uyaning ichidagi harorat asalari oilasining fiziologik holatiga bog’liq bo‘ladi. Ichki harorat asosan kuz-qish faslida hamda bahor – yoz fasllarida ishchi asalarilar va ona asalarilar ko‘payishi vaqtida o‘zgarib turadi.

Asalarining optimal tana harorati +340 - 36oC, ko‘krak bulimining harorati qorin bo‘shlig’iga nisbatan yuqori bo‘ladi. Asalarilarni tana harorati tashqi muhitda +14oC ga ishchi asalarilarni tana harorati +16oC tashqi haroratga nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin. Asalarilarni tana harorati tinch holatda turganda +10oC bo‘ladi. Bu asosan oziqaga bog’liq bo‘ladi.

Havoning namligi – asalari uyalarida havoning nisbiy namligi 25-100 % bo‘ladi. Bu holat oilaning tarkibiga, kunning vaqti, yilning fasli, obu-havoga bog’liq bo‘ladi. Eng yuqori nisbiy namlik 85-95% asalari tuxumlari, tuxumdan chiqayotgan yosh asalarilar saqlangan uyada bo‘ladi. Nisbiy namlik 50 % bo‘lganda tuxumlar quriydi, 70 %da ko‘pchiligi o‘ladi. Shuning uchun tuxumlan chiqayotgan asalarilar uchun nisbiy namlik 90 % bo‘lishi kerak. Nisbiy namlikni yuqori bo‘lishi asalarilar o‘rtasida nezematoz, akarapidoz, varroatoz, Yevropa chirishi kasalligi va boshqa kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Namlikni ko‘payishini oldini olish maqsadida asalari uyalarini namlik yuqori bo‘lgan dalalar, suv havzalaridan uzoqda yerdan 40-50 sm balandlikda joylashtirish kerak. Namlik kirishini oldini olish maqsadida asalari uyalarini pastki qismi yog’li buyoqlar bilan buyalgan bo‘lishi kerak. Atmosfera havosining isishi bilan uya ichidagi ventilyasiyani kuchaytirish kerak. Pestisidlar ishlayotgan vaqtlari asalarilar uchib chiqadigan teshiklarni 2-3 kungacha yopish kerak.

Asalarilar suv ichadigan joylari uyadan kamida 88 m, maksimal 2387 m gacha bo‘lishi kerak. Olib kelingan suv tomchilarini yosh asalarilar uyachalariga tomchilab qo‘yadi. Ularning harakati yosh asalarilarni suvga bo‘lgan talabiga bog’liq. Yosh asalarilar bir kunda 10-20 ml suv is’temol qiladi. Suv ta’minotini yaxshilash uchun uyaga yaqin joyda suvdonlar o‘rnatiladi.

Karbonat angidrid gazi – asalarilar uchun tashqi atmosfera havosida kislorod gazi, asalari uyasi ichida esa CO2 gazi ko‘p uchraydi. Yil davomida karbonat angidrid va kislorod gazining miqdori doimo o‘zgarib turadi. CO2 gazining miqdori kamayadi va 0,05-0,15 % bo‘ladi. Agar asalarilar uchmay uyada qolganda uning miqdori 1,6-2,2 % gacha ko‘paysa, kislorod miqdori 19,9-20,3 % atrofida saqlanadi.

Yoz va kuz oylarida CO2 gazining miqdori oshib boradi uyaning o‘rtasida CO2 gazi 0,9-2,5 %, uchib kirish tomonida 0,4-1,2 %, O2 - 10-16 % va 15-19 % atrofida saqlanadi. Bu gazlarning miqdori qish faslining oxiriga kelib karbonat angidrid miqdori 3,5-4,5 % ga, kislorod esa 14-16 % gacha ko‘payadi.

Acalari oilasida lichinkalar paydo bo‘lmaganda harorat +130 - 28˚C atrofida bo‘ladi. Salqin paytlarda kechasi harorat pasayib, kunduzi +350S gacha ko‘tarilishi mumkin. Oilada lichinkalar paydo bo‘lishi bilan ishchi arilar uya haroratini mo‘‘tadil, ya’ni +340 – 350C da saqlab turadilar.

Uyada haroratning +350C dan ko‘tarilib ketishi, lichinkalarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ba’zan halok bo‘ladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, oilada arilar ko‘payishi bilan harorat ham mo‘‘tadillashib boradi. Uya tashqarisida harorat pasayishi bilan arilar oila ichida bir joyga to‘planib, g‘o‘j bo‘la boshlaydilar va haroratni ko‘tarishga sharoit yaratadilar. Haroratni faqat lichinkalar mavjud bo‘lgan mumkataklarda +340 – 350C gacha ko‘taradilar.

Oila ichida haroratni pasaytirish uchun esa arilar tarqalishadi va qatorlashib qanot qoqib issiq nam havoni uya ichidan teshikcha orqali haydab chiqaradi. Agar bunday harorat ham yordam bermasa, ko‘pchilik ishchi arilar uya tashqarisiga chiqib uya teshigi ostida to‘planib – osilib turadilar. Asalarilar lichinkalari mavjud bo‘lgan katakchada havoning nisbiy namligini 65 - 68 % atrofida ushlab turadilar. Bu maqsadda lichinkalari mavjud bo‘lgan mumkataklar atrofiga yangi keltirilgan nektar qo‘yiladi va undagi suvni parlantirish yo‘li bilan namlik oshiriladi. YOz oylarida jazirama issiq paytlarda arilar tashqaridan suv keltirib, usti berkitilgan lichinka mumkataklari ustiga osilib havo namligini oshiradilar. Suv parlanib havo haroratini pasaytiradi.

Asalari oilasining hayot kechirishi, o‘sish va rivojlanishi uchun o‘zida oqsil, yog‘ va uglevodlarni saqlovchi oziqa zarurdir. Bulardan tashqari arilarga suv, mineral tuzlar va vitaminlar ham kerak. Bu moddalarni arilar oilasi nektar va gul changidan oladilar. Qishloq xo‘jalik hayvonlaridan arilarning farqi shuki, oilasi uchun kerakli bo‘lgan oziqalarni yig‘ib qolmasdan, balki uni o‘zi qayta ishlaydi, konservatsiyalaydi va zahira asal va perga bo‘lguncha saqlaydi.

Asalarilar qish oylarining birinchi yarmida kam oziqlanadi – o‘rta hisobda bir oila kuniga 20 – 25 gr yoki bir oyda 600 – 700 gr oziqa iste’mol qiladi. Lichinkalar paydo bo‘lishi bilan ari oilasining oziqa iste’mol qilishi oyiga 1,0 – 1,2 kg gacha ko‘payadi, qish oxiriga borib ikki marotaba ortadi.

Arilarning qishda oziqlanishi tashqi muhit harorati, uyaning qaerda joylashganligiga bog‘liq. Chunonchi, harorati 00 ga yaqin bo‘lgan ochiq havo yoki erto‘ladi qishlagan arilar 2 – 3 kg ortiqcha oziqa iste’mol qilar ekan.

Yorug’lik asalarilar uchishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tong vaqti yorug’lik 0,05 lk bo‘lganda asalarilar uchishga harakat qiladi. Asalarilar asosan uyalaridan 25-50 m uzoqlikda qo‘yilgan saxarozaga yorug’lik 0,1-0,2 lk bo‘lganda uchib borishadi. Yorug’lik 3 lk bo‘lganda uyadan 1000 m uzoqlikdagi ozuqa oxurlariga uchib borishadi. 875 metrgacha yorug’lik 15 lk kam bo‘lmaganda harakatlanadi. Kechqurun yorug’lik 4 lk bo‘lganda 50 metrgacha, 16 lk bo‘lganda 1000m gacha va 216 lk bo‘lganda 3375 m gacha uchib boradi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish