Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


Toylarni boqishda gigiyena talablari



Download 0,8 Mb.
bet15/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Toylarni boqishda gigiyena talablari

Biyalarning qulunlashi ko‘pincha erta bahorga (mart-aprel), ya’ni namgarchilik va sovuq paytga to‘g’ri keladi. Shuning uchun otxonalar oldindan isitilishi, yelviaak yo‘qotilishi va bino harorati +60 - 10°C da saqlanishi zarur. Biyalarning qulunlashi gigiyena-sanitariya talablari sharoitida o‘tishi, yangi tug’ilgan qulunni kasalliklardan saqlashga sabab bo‘ladi.

Yangi tug’ilgan qulun zudlik bilan homila yo‘ldoshidan xalos qilinib, og’zi, burun teshiklari va qulog’i shilimshiqdan tozalanadi. Agar tug’ish paytida kindigi uzilmagan bo‘lsa, qorindan 5 sm uzoqlikda bog’lanadi, keyin esa qaychi bilan kesib yod surtib qo‘yiladi. Shundan so‘ng qulunni toza latta bilan quriguncha artiladi.

Yaxshi rivojlangan qulunlar tug’ilganidanoq turish va onasini emishga harakat qiladi. Bunday paytda yordam berish kerak. Ayniqsa tug’ilgandan 0,5 - 1 soat keyin og’iz sutini emishi juda ham zarur. Agar biron bir sabablarga ko‘ra qulun onasini ema olmasa, u holda o‘z onasi sutidan sog’ilib har 1,5 soatda berib turiladi. Qulun bardamlashgandan keyin o‘zi bemalol emib ketadi. Biyalarning og’iz suti xuddi boshqa hayvonlarnikidek yangi tug’ilgan bolasi uchun almashtirib bo‘lmaydigan oziqadir. Shuning uchun mabodo ba’zi bir sabablarga ko‘ra biya o‘zi qulunini emiza olmasa, qulun boshqa biyaga o‘tkaziladi. Emiziladigan qulun u biyaning quluni bilan teng yoshda bo‘lishi kerak. Yangi tug’ilgan qulunlarda ko‘pincha birinchi tezagi ushlanib qoladi va natijada sanchiq yoki ichaklarni buralib o‘ralib qolishi ro‘y beradi va hatto qulun nobud bo‘lishi mumkin. Bunday paytlarda qulunni orqa chiqaruv teshigi orqali sovunli issiq suv bilan klizma qilinadi.

Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qulunlarni sigir suti bilan boqish mumkin ekan. Ot sutiga nisbatan sigir sutining farqi shundaki, uning tarkibida oqsil va yog’ ko‘p, shakar esa kam bo‘ladi. Shuning uchun qulunlarga sigir suti berishda sutga uchdan bir qism hisobida qaynatilgan iliq suv va har bir litriga bir osh qoshiq shakar qo‘shiladi. Beriladigan sut yangi, iliq ya’ni harorati +360 - 38°C bo‘lishi kerak. Qulunlarga ikki oyligigacha har ikki soatda doimo sut berib turiladi. Keyinchalik sut bilan oziqlantirish sonini kuniga 4 - 5 martaga o‘tkazish mumkin.

Agar qulun ona sutining yetishmasligidan yaxshi o‘smasa, unda onasidan ajratilmagan holda sigir suti bilan qo‘shimcha oziqlantirish mumkin. Qulunlar hayotining birinchi yilida ona suti hisobiga juda tez o‘sadi. Shuning uchun emizadigan biyalar sutini ko‘paytirish maqsadida oziqlantirish, saqlash va ularni parvarish qilish sharoitlarini yaxshilash kerak. Qulunlar yaxshi o‘sishini ta’minlash uchun 1-1,5 oylik yoshidan boshlab ularni yorma donlar (suli, arpa) va kepakka (100 - 200 g) o‘rgatib borish zarur. Qulunlarni biyalardan ajratish davriga kelib, uning miqdorini 2 - 3 kg ga yetkazish kerak. Bahor boshlanishi bilan qulunli biyalar ko‘proq quruq va yaxshi sero‘t yaylovlarda boqiladi. Bu esa qulunlarni har xil kasalliklarga nisbatan chidamliligini oshiradi.

Agar qulunlar yaxshi o‘sib rivojlanmasa, ularni sovuqdan, namlik va yelvizakdan saqlash zarur, chunki ular past haroratga chidamsiz bo‘ladi. Bunday qulunlarning oyoqlari va tanasi ishqalanib turilishi, toza, quruq va yumshoq to‘shamalarda saqlanishi zarur. Biyalar tuqqanidan 3-5 kun o‘tgach, quluni bilan birinchi kunlari 20-30 daqaqaga yayratishga chiqariladi. Keyinchalik bu vaqt asta-sekin uzaytirila boradi. Namgarchilik va sovuq paytlarda qulunlarning yerga yotib qolmasligini nazorat qilib borish zarur. Bunday kunlarda qulunlar yaxshisi onasi bilan otxonada qoldirilgani ma’qul.

Qulunlar hamma vaqt onasi bilan birga bo‘lishi kerak, chunki ular kuniga 20 marta va undan ortiq emadi. Shuning uchun emizadigan biyalarni uzoq joylarga ishga yuborilmaydi va tez yurgizilmaydi. Qulunlar onasidan erta ajratilmaydi. Agar erta ajratilsa ular yaxshi o‘smaydi va ko‘p kasal bo‘ladi.

Ishlatilib yuriladigan biyalardan qulunlarni 5 - 6 oyligida birdaniga ajratiladi. Qulunlar onasidan ajratilgandan keyin ikki boshdan denniklarda yoki guruh holida tagi yer bo‘lgan seksiyalarda saqlanadi. Kulunlar tanasi doimo qashlagich bilan tozalanib turiladi, tuyoqlari tozalanib to‘g’ri shaklda o‘sishini nazorat qilib borilib, asta-sekin no‘xtaga solib yetaklab o‘rgatiladi. Ularni tajribali otboqarlar yordamida dalalarga haydab kelish tashkillashtiriladi.

Onasidan ajratilgan qulunlarga beriladigan oziqalar xilma-xil va to‘yimli bo‘lishi kerak. Otxonalarda saqlangan vaqtlari ularning oziqa ratsionida donli va dukkakli o‘simliklar pichani, sabzi, suli, arpa, kepak, kunjara, makkajuxori, no‘xat va oziqabop dukkaklilar bo‘lishi kerak. Osh tuzi kuniga 15 - 30 g beriladi. Kunlik beriladigan oziqa ratsionining 30% ini dukkakli va donli o‘simliklar pichani, senaj va sabzi tashkil etishi zarur. Ayniqsa qulunlarga kuniga 1,5-3 kg dan sabzi berilsa foydasi kattadir. Chunki sabzi ratsiondagi karotin miqdorini boyitib, qulunlar organizmini har xil yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga chidamliligini oshiradi, ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatini yaxshilaydi.

Bahorning iliq kunlari va o‘tlar o‘sgandan boshlab bir yoshli qulunlar erkak va urg’ochisi ajratilib yaylovga haydaladi. Havo yomon paytlarida ularni saqlash uchun uch tomoni berkitilgan yengil bostirmalar quriladi. Yaylovdagi qulunlarga qo‘shimcha yem beriladi va yalaydigan tuzlar qo‘yiladi.

Ayniqsa emadigan kulunlarni yaylovda boqqanda alohida e’tibor beriladi. Emizadigan biyalarni yaylovlarda saqlash otxonada saklashga nisbatan aicha farq qiladi. Ular uchun mayin va ser o‘t yaylovlar ajratilishi kerak. Qulunlarni yaylovda qo‘shimcha oziqlantirish uchun kichikroq joyning atrofi o‘raladi. To‘siqlar balandligi qulunlar balandligiga to‘g’ri kelishi kerak, ya’ni katta otlar kirmasligi. Ichiga qo‘zg’aluvchi oxurlar o‘rnatilib, unga yem va yalaydigan tuz solinadi. Beriladigan yem avvalo 400 g va keyinchalik asta-sekin ko‘paytirilib 1-2 kg gacha, naslli toylar uchun esa 3-4 kg gacha yetkaziladi.

Yaylov usulida boqiladigan yilqichilikda qulunlar kuz va bahorda ajratiladi. Kuzda toylar otxonalarda saqlanib, ularning oziqa ratsioniga pichan, yem va boshqalar qo‘shiladi. Kelgusi yil bahorda bu toylar yaylovga qo‘yiladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qishi bilan biya oldida yurgan qulunlar bahorda ajratilsa, ser o‘t yaylovlarda tez kunda o‘zini o‘nglab oladi va tez semiradi.

Onasidan ajratilgan toylarga tamg’a bosiladi va belini bog’lash, no‘xta urish, yuganlashga o‘rgatiladi. Bir yoshga yetgan erkak va urg’ochi toylar alohida boqiladi. Toylarni yaylovda yoyilishi uchun ularning uyuriga bir necha bosh bichilgan otlar qo‘shib qo‘yiladi. Qishki yaylovlarga haydalishdan oldin toylar nazoratdan o‘tkaziladi, oriqlari va kasallari uyurdan ajratilib alohida boqiladi va davolanadi. Har xil zot va yo‘nalishdagi toylarning ko‘pchiligi 2,5 yoshgacha bir xil sharoitda boqiladi. Ammo keyingi hayotida har xil yo‘nalishga qarab ma’lum farqlar bo‘ladi. Otlarning fiziologik rivojlanishi va ishchanlik sifatining paydo bo‘lishi yoshligida o‘rgatilgan mashg’ulotlar hamda paydo bo‘lgan shartli reflekslarga bog’liq bo‘ladi. Yuguradigan zotli toylar bir yoshligidan boshlab suvliq, yugan, no‘xta, egar bilan yurishga o‘rgatiladya. 1,5 yoshligidan boshlab doimiy mashg’ulotlar bajarishga kirishiladi. Har bir toy uchun kun tartibi, bajariladigan mashg’ulotlar rejasi tuziladi.




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish