Qishloq xójaligi xalqga iste’mol mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom ashyo yetkazib beradi



Download 41 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi41 Kb.
#616927
Bog'liq
Kirish (2)


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Qishloq xójaligi - xalqga iste’mol mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom ashyo yetkazib beradi. Mamlakatning qishloq xójaligi ishlab chiqarishi kóngildagiday rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning dasturini amalga oshirib bólmaydi.
Qishloq xójaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xójaligida band bólganlarning 27 foizi shu sohada mehnat qiladi. Qishloq xójaligida mamlakat milliy daromadining uchdan bir qismi yaratiladi. Shunday ekan, yer munosabatlari, qishloq va suv xo‘jaligi resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida raqamli hamda geoaxborot texnologiyalari tizimini joriy etish soha rivojiga ulkan hissa qóshadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi ““Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmoni hamda 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarori asosida 2021-yil 17-oktyabrda qishloq va suv xójaligida raqamli va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 794-sonli qarori qabul qilindi.
Respublikamizda geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida sohada yetuk tajribaga ega bo‘lgan xorijiy kompaniyalarning tajribasi o‘rganildi. Hozirgi kunda xorijiy kompaniyalarning yerni masofadan zondlash orqali olingan kosmik suratlarni respublikamiz hududida qabul qilish va ularga ishlov berish uchun “virtual” qabul qilish stansiyasi (geoaxborot markazini) ni tashkil etish loyihasi bo‘yicha takliflar o‘rganilmoqda. Mazkur loyiha - geoaxborot texnologiyalarini transfer qilish va mahalliy mutaxassislarni xalqaro darajada tayyorlashni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Buning natijasida kosmik suratlarni qabul qilish hamda ularga ishlov berish orqali geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishlari, qishloq xójaligida ekinlarni monitoring qilish va noqonuniy qurilishlarning oldini olish ishlari samaradorligi ta’minlanadi. Shuningdek, qishloq hamda suv xo‘jaligi, tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ekologiya, arxeologiya, shaharsozlik hamda yo‘l qurilishi, chegara nazorati, xavfsizlik va mudofaa sohalaridagi ayrim masalalarni hal etish tizimi ham yaratiladi.
Muammoning órganilganlik darajasi։ S.Auezboyev, Sh.Norboyev, B.Mambetnazarov, N.Reymov, T.Mirzaliyev, A.Egamberdiyev, E.Safarov, P.Reymov, Sh.Prenov, K.Kosnazarov va boshqa tadqiqotchilar QR yer resurslarini órganish va kartalashtirish bóyicha ózlarining tadqiqotlarini olib borganlar.
Tadqiqot obyekti։ Qoraqalpoǵiston Respublikasi qishloq xójaligi yerlari bólob hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti։ Qoraqalpoǵiston Respublikasi qishloq xójaligi yerlarining kartalarini tuzishda masofadan zondlash va GAT texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish bólib hisoblanadi.
Ishning maqsadi։ Qoraqalpoǵiston Respublikasi qishloq xójaligi kartalarini loyihalash va tuzishda, yer resurslarini holatini baholash va tahlil qilishda masofadan zondlash va GAT texnologiyalari yordamida órganish asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ishning vazifalari։

  • Qoraqalpoǵiston Respublikasi mavjud qishloq xójaligi ekin yerlari hisobini va ekin turlarini aniqlash;

  • qishloq xójaligi yerlarining LandSat sun'iy yóldoshi kosmik suratlarini yuklab olish;

  • kosmik suratlardan foydalanib, ekin turlarini aniqlash va vegetatsiya davrini kuzatish;

  • qishloq xójaligi ekin turlari va tuproq kartalarini ishlab chiqish.

Tadqiqot usullari։ dala tadqiqoti, kameral sharoitda ma'lumotlar tóplash va qayta ishlash, tizimli va qiyosiy tahlil qilish, kartalashtirish, masofadan zondlash, GAT texnologiyasi kabi usullardan keng foydalanildi.


Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangiligi։

  • Qoraqalpoǵiston Respublikasi mavjud qishloq xójaligi ekin yerlarining hisobi va ekin turlari aniqlandi;

  • Qoraqalpoǵiston Respublikasi qishloq xójaligi ekin yerlarining LandSat sun'iy yóldoshi yordamida karta tuzish ishlari takomillashtirildi;

  • Qishloq xójalik yerlarini kartasini tuzishda masofadan zondlash asosida hozirgi foydalanish darajasi órganildi va tahlil qilindi;

  • Qishloq xójaligi yerlarining kartasini tuzishda masofadan zondlash va GAT texnologiyalaridan foydalanish bóyicha ilmiy asoslangan tavsiyakar ishlab chiqildi.

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati։ Олиб


борилган тадқиқотлар натижаларини амалиётда қўллаш қишлоқ хўжалик экин


турлари картасини тузишда масофадан зондлаш тизимларидан фойдаланишни


такомиллаштириш орқали ер ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини


ошириш имкониятини беради. Ишлаб чиқилган тавсиялар истиқболда қишлоқ


хўжалиги маҳсулотларини етиштириш ва алмашлаб экишни самарали йўлга


қўйиш бўйича ечиладиган масалаларни ҳал қилишда, шунингдек ер


ресурсларини бошқариш тизимини такомиллаштиришда асос бўлиши мумкин.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish