Mavzu: qishloq xo’jaligi



Download 26,81 Kb.
Sana11.11.2022
Hajmi26,81 Kb.
#864380
Bog'liq
QISHLOQ XO’JALIGI


Mavzu: QISHLOQ XO’JALIGI.

REJA:


1.QISHLOQ XO’JALIGI.
2.DEXQONCHILIK.
3.TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISH.

Qishloq xoʻjaligi — moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Qishloq,xoʻjaligi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarini xom-ashyo bilan taʼminlaydi. Masalan, qishloq xoʻjaligi ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 %ini, qandolat sanoatida deyarli 70 %ni, yog’ va sut sanoatida esa qariyb 80 %ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarning 27 %i shu sohada mehnat qiladi.


Qishloq xoʻjaligi mamlakat milliy daromadning tahminan 1/3 qismini tashkil qiladi. Shu sababli mamlakat butun iqtisodiyotining oʻsish sur’atlari koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligining rivojlanish darajalariga bogʻliqdir.
Shu bilan birga sotsial-siyosiy jihatni ham xisobga olish muhimdir. Qishloq xoʻjaligini yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir. V.I.Lenin qishloq xoʻjaligining ahamiyatini belgilar ekan, „Mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi boʻlmasa, hech qanday qishloq xoʻjaligi qurilishi boʻlishi mumkin emas“, — deb taʼkidlagan.
Moddiy ishlab chiqarishning boshqa jami sohalaridan farq qilgan holda qishloq xoʻjaligi juda katta maydonlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarish davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda — dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi va boshqa; chorvachilikda — qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va boshqalar); Oʻz navbatida, dehqonchilikda ekiladigan ekinlar (gʻallachilik, sholikorlik, paxtachilik[1]) va chorvachilik tarmogʻidagi chorva mollari turlari (qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi.
Qishloq xoʻjaligi — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirida dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlarga ega boʻlganlar parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan.
Jahon Qishloq xoʻjaligida dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2 %i (1316,7 mln. kishi) band. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. gektar, (jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 mln. gektar, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.gektar (1998).)
1999-yilda jahon Qishloq xoʻjaligida 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi.
Chorvachilikda 225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol, 912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqiladi.
Dehqonchilik-oʻsimlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy oʻsimliklar (qishloq xoʻjaligi ekinlari)ni yetishtirish bilan xarakterlanuvchi qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Qishloq xoʻjaligini hududiy tashkil etish mavjud mehnat resurslariga ham bogʻliqdir.
Dalachilk-(asosiy tarmoq), savzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, gulchilik, yaylov-oʻtloqchilik kabi tarmoqlarga boʻlinadi. (OʻzME.Birinchi jild. -Toshkent..2000-y.)
G'allachilik-dehqonchilikning asosiy tarmoqlaridan biri. Gʻallachilikni rivojlanishi tabiiy, biologik, iqtisodiy omillar bilan bogʻliqdir. Gʻalla yetishtirish hozirgi dehqonchilikda mehanizatsiyaning yuksak darajada ekanligi bilan farq qiladi. Gʻalla ekinlaridan almashlab ekishda keng foydalaniladi: shudgor uchun yerlarga dam berilganda, ayniqsa, hosildor boʻladi. Bu jarayon bugʻdoy-gʻalla ekinlarida yuqori ahamiyatga ega. Kuzgi bugʻdoy, kuzgi va bahorgi davrlardagi yogʻin suvlaridan toʻlaroq foydalanadi, shu sababli bu bugʻdoy navi serhosil boʻladi.
Dukkakli don ekinlariga noʻxot, yasmiq, loviya, soya, mosh va boshqalar kiradi. Jahonda eng koʻp yetishtiriladigan dukkakli ekin Soya (AQSH) boʻlib, u namgarchilikni yaxshi koʻradi. Mosh bilan noʻxat issiqlikka chidamli boʻlganidan asosan Markaziy Osiyoda ekiladi.
Sholi — tropik ekin boʻlib, 12-15° boʻlganda una boshlaydi. Vegetatsiya davri uzoq, lekin sovuqqa chidamsiz.
Chorvachilik boqiladigan chorva mollarining turlariga, ulardan olinadigan mahsulotlar va yem-xashak zaxirasining xususiyatlariga qarab tarmoqlarga boʻlinadi
Yurtimizda 2019-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oʻsish sur’ati 2018-yilga nisbatan 102,5 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, 2017-2019-yillarda qishloq xoʻjaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 1,5 baravarga va aholi jon boshiga 1,4 baravarga (2019-yil narxlarida) oshdi.[2] Shu bilan birga, oʻsimliklarni yetishtirish 1,3 baravar, chorvachilik mahsulotlari 1,7 baravar oʻsdi[3].
Shavkat Mirziyoyevning „Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda paxta yetishtirishni moliyalashtirish tartibi oʻzgaradi[1]. Unga koʻra, 2022-yil hosilidan paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish 2021-yilning 1-noyabridan boshlanadi (amaldagi tartib boʻyicha yanvar-fevral oylarida). Bu paxtani ekish uchun agrotexnik tadbirlar (shoʻr yuvish, qishki sugʻorish, yer haydash va boshqalar) noyabr oyidan boshlanishi bilan bogʻliq. Shu sababli kreditning umumiy foydalanish muddati fermer xoʻjaliklari uchun — 12 oydan 14 oyga, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari uchun — 19 oydan 22 oyga uzaytiriladi. Bundan tashqari, 2022-yil hosilini 2021-yilning noyabridan boshlab moliyalashtirish uchun 900 milliard soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan[1].
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 26-fevralda „Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich 2022-2024-yillarni oʻz ichiga oladi.
2-bosqich 2024-yilda amalga oshirilib, bevosita qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish tadbiri bajariladi, yaʼni qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlar yigʻiladi.
3-bosqich — 2024-2026-yillarda amalga oshiriladi[2]
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida yil bo‘yi agrotexnik tadbirlar o‘tkaziladi. Hatto qish-erta bahor mavsumlarida ham mutaxassislar tomonidan muhim ishlar olib boriladi. Zero, soha xodimlari orasida qish oylari ham ish oylari, deya bejiz aytilmaydi. So‘nggi yillarda qish oylarida yog‘ingarchilik miqdorining nisbatan oz bo‘lishi tuproqda to‘planayotgan namlikning kamayishiga olib kelishi mumkin. Bu esa fermer va dehqonlarimizdan agrotexnik tadbirlarni ob-havo sharoitlariga mos ravishda puxta rejalashtirishni talab qiladi. Dala ishlaridan bo‘shagan traktor va qishloq xo‘jaligi mashinalari taʼmirga tortiladi, ustaxonalarda yuvib-tozalanadi, qismlarga ajratiladi, diagnostikalab soz va nosozlarga ajratiladi. Nosozlari taʼmirlanadi, mashinalar qayta yig‘ilib chiniqtiriladi, tegishli dalolatnomalar tuziladi va egalariga qaytariladi.
Mashinani diagnostikalashda qismlarning sozligi va ishga yaroqlilik darajasi tekshiriladi, qism va uzellarning texnik holatlari baholanadi, mukammal yoki joriy taʼmirlash zarur bo‘lgan obyektlar aniqlanadi.
Nosoz mashinalarni taʼmirlashda quyidagi texnologik operatsiyalarning barchasi sifatli bajarilishi zarur:
– detal, qism va agregatlardagi nosozliklarni bartaraf etish;
– mashinani yig‘ish;
– mashinani chiniqtirish;
– mashinani sinash;
– mashinani bo‘yash.
Bugungi kunda Respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022-yil bahorgi dala ishlarida qatnashadigan 20 mingdan ziyod chopiq traktorlari, 20 mingga yaqin kultivatorlar, 9 mingga yaqin chigit ekish seyalkalari, 3 mingdan ziyod g‘alla o‘rish kombaynlari, 4 mingdan ziyod purkagichlar, 3 yarim mingga yaqin mineral o‘g‘it sepgichlar, 3 mingga yaqin yer tekislagichlar, 5 mingga yaqin chizellar, 80 mingga yaqin tishli boronalar kabi agrotexnikalarning taʼmirlash ishlari olib borilyapti.
G‘alla maydonlarini azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sharbat bilan sug‘orish
Tuproq unumdorligini oshirishning eng muhim vositalaridan biri, bu almashlab ekish tizimida go‘ng va boshqa organik o‘g‘itlardan samarali foydalanish hisoblanadi.
Muntazam tarzda organik o‘g‘itlardan foydalanish tuproq haydalma qatlamini ozuqa moddalarga boyitish bilan bir qatorda, uning barcha xususiyatlarini yaxshilaydi.
G‘allachiliqda go‘ng asosan kuzda shudgor oldidan, ekish oldidan va o‘suv davri davomida sharbat usuli bilan oqizish tarzida qo‘llaniladi.
Organik o‘g‘itlar meʼyori tuproq unumdorligi, organik o‘g‘it zahirasi hamda o‘simlikning ehtiyojiga qarab belgilanadi.
Azotli o‘g‘itlar yetarli qo‘llanilganda, bug‘doyning boshoqlari yirik bo‘lib, boshoqchalar va donlar soni ortadi, donlari to‘liq bo‘ladi.
Erta bahordagi azotli oziqlantirishda eng birinchi navbatda qishlovdan qiyinchilik bilan chiqqan maydonlarda, undan keyingi urug‘lik yetishtirish uchun ekilgan maydonlarda o‘tkazilishi tavsiya qilinadi.
Download 26,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish