OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI TURIZM YO’NALISHI 201-GURUH TALABASI QALANDAROV BOYMIRZANING RESTARAN BIZNESI FANIDAN MUSTAQIL ISHI Restoran xo‘jaligida sanitariya-gigiyena talablarini tashkil etish Reja: - Restoran xodimlariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablar.
- Restoran idish-tovoqlari va anjomlariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari.
- Restoran oshxonalari va zallariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablar.
Ofitsiantning kasbi artist faoliyatiga o‘xshab ketadi. Artistlar tomoshabinlar bilan bog‘langanidek, ofitsiant ham zaldagi mijozlar bilan uzluksiz aloqada bo‘ladi. Ofitsiant zalda psixologik muhit yaratadi - Ofitsiantning kasbi artist faoliyatiga o‘xshab ketadi. Artistlar tomoshabinlar bilan bog‘langanidek, ofitsiant ham zaldagi mijozlar bilan uzluksiz aloqada bo‘ladi. Ofitsiant zalda psixologik muhit yaratadi
Ofitsiant xizmatining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u mijozlarga taom tashiydi, kerak bo‘lsa stol atrofida aylanib ularga parvona bo‘ladi. Bunda ular albatta sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishi lozim. Unga qo‘yiladigan talablar qo‘yidagicha: - 1. Ofitsiant ning sochi ajib, gayriodatiy bo‘lmasligi, sochlar ko‘z ustiga tushmasligi, ish jarayonida sochlarni tartibga solish, tarash tavsiya etilmaydi. Chunki soch taomga tushishi mumkin.
- 2. Og‘izdan noxush xid tarqalmasligi uchun maxsus pasta bilan og‘izni yuvish, chayish lozim. Har kuni kechki taomdan so‘ng va ertalab ish boshlashdan avval tishni yuvib tozalash kerak.
- 3. Ishga tushishdan avval dush qabul qilishi, erkaklar har kuni soqollarini olishlari zarur.
- 4. Ayol ofitsiantlarga ishga chiqish oldidan kosmetik vositalardan haddan ortiq foydalanish, kuchli xidli atir sepish, yirik taqinchoqlar taqish tavsiya etilmaydi.
5. Ishga toza kiyimda kelish kerak, xizmatga kirishish oldidan qo‘llarni sovun bilan tozalab yuvish zarur. Ish jarayonida ham ora-orada qulini yuvib turish, elektr sochiq bilan quritish, agar u bo‘lmasa bir marta foydalaniladigan sochiqqa artish lozim. - 5. Ishga toza kiyimda kelish kerak, xizmatga kirishish oldidan qo‘llarni sovun bilan tozalab yuvish zarur. Ish jarayonida ham ora-orada qulini yuvib turish, elektr sochiq bilan quritish, agar u bo‘lmasa bir marta foydalaniladigan sochiqqa artish lozim.
- 6. Restoran kiyimida ofitsiant tashqariga chiqishi, boshqa biror ish bilan band bo‘lishi mumkin emas.
- 7. Ofitsiant ko‘p harakatlarni mijozlar oldida, ular ko‘z-o‘ngida bajaradi, shuning uchun qo‘llarida ham hech qanday nuqson bo‘lmasligi lozim. Masalan tirnoqlar olingan bo‘lishi, qulda yara alomatlari bo‘lmasligi, biror barmoq bint bilan bog‘lanmagan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |