Shirguruch
Masalliqlar:
- sut 1 litr
- guruch 2 piyola
- ustiga saryog'
- tuz
S hirguruch — sut va guruchdan tayyorlanadigan quyuq taom. Guruchni tozalab, 3—4 marta yuviladi. Qozonga quyilgan suv qaynab chiqqach, guruch va ozgina tuz solinadi. Guruch chala pishgach, sut quyiladi. Sut guruchga singishiga qarab 3—4 marta boʻlibboʻlib quyilishi, taom esa toʻxtovsiz kavlab turilishi lozim. Guruch ezilib sutni batamom shimib olgach, taom tayyor hisoblanadi. Tayyor Shirguruchni laganga suzilib,betiga sariyogʻ (baʼzan shakar) solib dasturxonga tortiladi.
Suyuq taom turlari va tayyorlash texnologiyasi
O'zbek suyuq oshlari ichida ko'p tarqalganlari sho'rvalardir. Xonaki usulda tayyorlanadigan sho'rvalar dasturxonga har bir hudud va viloyatning urf-odatlariga monand tortilishi mumkin. Umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlanadigan sho'rvalar o'z tarkibidagi masalliq va tayyorlash usullariga ko'ra nomlanadi. Biz shulardan ba'zilarini ko'rib chiqamiz.
Qaynatma sho'rva. Birlashtiruvchi to'qimasi o'rtacha bo'lgan 1,5—2,0 kg qo'y yoki mol go'shti (qo'l va to'sh qismi suyagi bilan) tayyorlanib, qozondagi sovuq suvga solinadi, qaynash darajasiga yetkazilib, vaqti-vaqti bilan yuzidagi ko'pigi suzib turiladi. Go'sht qaynab chiqqandan so'ng chala pishgan no'xat solinib, 40—60 minut past haroratda miltillatib qaynatiladi. So'ngra sabzi (palladia yoki kattalari 2—4 ga bo'lingan, maydalari butun) solib, 5—10 minut qaynatiladi, kartoshka (maydasi butun, kattasi 2—4 bo'lib) 5—10 minut qaynatilib, bosh piyozning uchdan bir qismi solinadi, qaynash darajasigacha ko'tarilib, yangi pomidor (maydasi butun, kattasi palladia qilib kesilgan) solib, 5—10 minut qaynatilib, tilimlab kesilgan dumba yog'i, ta'bga ko'ra tuz, ziravor solib, tayyor holga keltiriladi. Pishgan go'sht bo'laklari sho'rvadan suzib olinadi.Suyaklar ajratilgan holda yoki suyagi bilan kishi boshiga bir yoki ikki bo'lak hisobida kesiladi.Go'shtni idishga solib, ustidan sho'rva quyilgan holda dasturxonga tortishgacha saqlanishi, agar sho'rva ma'lum muddat davomida saqlanib tortiladigan yoki juda ko'p miqdorda tayyorlanadigan bo'lsa, kartoshkasi suzib olinishi yoki alohida sho'rvada pishirilishi mumkin.Sho'rva tayyorlashda chuchuk bulg'or qalampiri qo'shilsa, bosh piyoz kamaytiriladi.
Sho'rvaga ishlatiladigan chala pishirilgan no'xatni tayyorlash uchun no'xat saralanib, yuvilib, sovuq suvda (o'z vazniga nisbatan 2,5 barobar) uy haroratida 5—6 soat ivitiladi va o'z suvida past haroratda tuz qo'shilmagan holda miltillatib qaynatiladi.
Tayyor sho'rvani dasturxonga tortishda kosaga go'sht, ustidan sho'rva o'z masalliqlari bilan solinib, unga mayda to'g'ralgan bosh piyozning uchdan ikki qismi qo'shiladi, bir chetiga mayda to'g'ralgan ko'kat solinadi.Kosa kichik taqsimchaga qo'yilib, dasturxonga tortiladi.
B ulg’ori sho’rva tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |