Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


Tuproqni sanitariya tomondan qo‘riqlash choralari



Download 0,8 Mb.
bet13/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Tuproqni sanitariya tomondan qo‘riqlash choralari.

Tuproqni sog’lomlashtirish va har xil kasallik quzg’atuvchilari bilan ifloslanishining oldini olish agrotexnik va sanitariya tadbir choralariga bog’liq. Almashlab ekish usullarini joriy qilish, tuproqni to‘g’ri ishlash, organik va mineral o‘g’itlardan to‘g’ri foydalanish va boshqa har xil agrotexnik tadbirlar madaniy o‘simliklarni rivojlanishiga yaxshi sharoit tug’dirishi bilan birga tuproqni sog’lomlashtiradi va uning unumdorligini oshiradi.

Tuproq organik chiqindilar bilan ko‘p miqdorda ifloslangan bo‘lsa, uni sog’lomlashtirish tadbirlarini ko‘rish zarur. Bunda aerob mikroblarni tuproqda faol faoliyati uchun erkin holidagi kislorod bilan ta’minlash, ya’ni yerni quritish, haydash, kanallar o‘tkazish yaxshi samara beradi.

Tuproq infeksiyasi va geogelmintozlar bo‘lgan yerlarda quyidagi tadbirlarni o‘tkazish zarur: ifloslangan yerni alohida o‘rash, o‘simliklaridan foydalanmaslik, kasal mollarni ajratish, shu kasallikga moyil hayvonlarni emlash, epizootik tadbirlarni reja asosida bajarish, ilgari mollarni o‘ligi ko‘milgan yerlarni tartibga keltirish, yaylovlarni biologik degelmintizasiya qilish va boshqa ishlarni bajarish kerak.

Tuproqni organik chiqindilar va tuproq infeksiyasini qo‘zg’atuvchi mikroblar bilan ifloslanishdan qo‘riqlashning asosiy tadbirlari - aholi yashash punktlari va chorvachilik fermalarini har xil chiqindilardan tozalashni uyushtirish, go‘ngxonalarni jihozlash, yerlarni sug’orish va shimdirishdan to‘g’ri foydalanish, hojatxona, yuvindi chuqurlari, axlatxonani to‘g’ri qurish, go‘sht kombinatlari, biotermik quduqlar, mahsulotlarni saqlash omborlarida veterinariya - sanitariya qoidalariga va talablariga qattiq rioya qilishdir.

Tuproqni patogen mikroblar va gelmintlarni bo‘g’imlari bilan ifloslanishida shu kasallik bilan kasallangan hayvonlarning go‘ngi juda ham xavflidir. Shuning uchun bu hayvonlarni go‘ngi ma’lum darajada biotermik usulda zararsizlantirilgandan keyin dalaga chiqariladi. Mabodo, go‘ngda spora hosil qiladigan mikroorganizmlar bo‘lsa, u holda go‘ng kuydiriladi. Ba’zan, havfli yuqumli kasallik bilan o‘lgan mollarni o‘ligi yotgan yerlarni ham zararsizlantirishga to‘g’ri keladi.

Bunda tuproqning tuzilishi, ko‘rinishi va mikroorganizmlarni turiga qarab har xil dezinfeksiya qiladigan dorilar har xil konsentrasiyalarda ishlatiladi.

Qum, qumoq va boshqa yumshoq tuproqlar patogen mikroblar bilan ifloslangan bo‘lsa 4% li formaldegid, 10% li o‘yuvchi natriy (1 m2 yerga 10 l hisobida) yoki 25% li xlorli ohak bilan zararsizlantiriladi. Qora tuproqli yerda spora hosil qilmaydigan mikroblar bo‘lsa quruq xlorli ohak 1 m2 yerga 5 kg hisobida ishlatiladi. Tuproq 25 sm chuqurlikda chopilib, aralashtiriladi va u 10 - 12 kundan keyin zararsizlantiriladi.

Har qanday tuproq kuydirgi, qorason va boshqa kasalliklar sporalari bilan ifloslangan bo‘lsa etilen oksid va bromli etil (OKEBM) yoki bromli metil aralashmasi bilan zararsizlantiriladi. Bu dorilar tuproqni 2 m gacha chuqurligiga o‘tadi.

Ifloslangan tuproqlarni zararsizlantirishda termik usul, ya’ni kuydirish ishlari yaxshi samara beradi. Bunday yer avval suv sepib namlanadi, axlatlar va har xil iflosliklar yig’iladi, o‘simliklar bo‘lsa o‘rib, keyin hammasi birga yoqiladi.



Hayvonlarning o‘liklarini zararsizlantirish - yuqumli kasalliklarni, ayniqsa hayvonlar va odamlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklarning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Mollar o‘lgan zohotiyoq veterinariya mutaxassisi o‘likni ko‘rib, uni yo‘qotish hamda hayvon va odamlarni kasallikdan saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi.

Katta mollarni o‘ligini zararsizlantirishda maxsus avtomashinalardan foydalaniladi. Avtomashina suyuqlik oqmaydigan, mahkam yopiladigan, tushirish va ortishga oson qilib jihozlanadi. Yashiklarni ichki devorlari va taglari dezinfeksiya kilishga oson bo‘lishi uchun ruxlanadi yoki metall tunuka bilan qoplanadi. Yashiklarni uzunligi 2,5 m, kengligi 1,75 m va chuqurligi 0,85 m bo‘lib, orqa va ost tomonlari tashlanadigan bo‘ladi.

O‘lik yotgan yerning ustki qatlami (25x25 sm) olinib, o‘lik bilan olib ketiladi, qolgai yer esa 10% li xlorli ohak yoki 10% li gugurt-karbol aralashmasi bilan dezinfekspya qilinadi. Har safar o‘lik tashilgandan keyin avtomashina, asbob-anjomlar, maxsus kiyimlar tozalanib dezinfeksiya qilinadi.

O‘liklarni yorish va terisini shilish chiqindi zavodlarining xonalarida yoki biotermik quduqni oldida betonlangan joyda bajariladi. Kasallikni turi va epizootik sharoitiga qarab o‘liklar va so‘yim chikindilari biotermik quduq, chiqindi zavodlarida maxsus usullarda zararsizlantirilib oziqalar tayyorlanadi yoki butunlay kuydirilib zararsizlantiriladi.



Biotermik (chex) quduq - hayvonlar o‘liklarini yo‘qotish uchun quriladi. Buning uchun aholi yashash joyi, fermalar, yaylov, daryo, ko‘l va ariqlardan 1 - 2 km uzoqlikdan joy tanlanadi. 200 - 500 m2 yerning atrofi devor bilan o‘ralib, yagona kirish darvozasi quriladi. Devorning ichki tomonidan eni 1 m va chuqurligi 1,4 m ariq qaziladi. Quduqning eni 3 m, chuqurligi 9 - 12 m bo‘lib va ichki devorlari hamda tagi suv utkazmaydigan qatlam bilan ishlab chiqiladi (beton, pishgan g’isht, smolaga botirilgan taxta-yog’och). Quduqlar silindrsimon yoki to‘rt burchak shaklida ham qurilishi mumkin. Quduqning labi yerdan 20 sm balandlikda ko‘tariladi. Og’ziga ikki qavat - oralig’i 30 sm qilib qopqoq qilinadi. Bu oraliq qish paytlarida poxol yoki paxta bilan to‘ldirib qo‘yiladi.

Quduqning havosini almashib turishi uchun 25x25 sm o‘lchamda taxtadan so‘ruvchi quvur qilinadi. Yomg’ir-qor suvlari tushmasligi uchun quduqning ustiga soyabon o‘rnatiladi. Quduqni atrofi betonlanib, yonida o‘likni yoradigan maydoncha quriladi. Biotermik quduq hududida arava, asbob-uskuna, dezinfeksiya qiladigan dorilar saqlaydigan ayvon kilinadi. Quduqning og’zidagi qopqoqqa va kirish darvozasiga qulf o‘rnatiladi. Biotermik quduq loyiha asosida quriladi. Quduqqa juda xavfli kasalliklardan o‘lgan xayvonlarning o‘ligidan boshqa hammasi tashlanishi mumkin. Aerob sharoitda o‘liklar 4-5 oy mobaynida chiriydi. Bunda termofil bakteriyalar rivojlanishi natijasida harorat +600–700S ga ko‘tariladi va oqibatda patogen mikroblar halok bo‘ladi.



O‘liklarni kuydirish – o‘ta xavfli yuqumli kasalliklardan (kuydirgi, qorason, qutirish va boshqalar) o‘lgan hayvonlarning o‘ligi butunlay, terisi shilinmay, ajratgan suyuqliklari bilan birga kuydirilishi shart.

Hayvonlarning o‘liklari maxsus yasalgan temir o‘choqlarda yoki yoqilgan olovda kuydiriladn. Yoqiladigan o‘choqlar bir joyda turadigan va ko‘chma bo‘ladi. Bir joyda turadigan o‘choqlar loyihalar asosida quriladi. Ular 600 kg og’irlikda bo‘lgan o‘liklarga moslashtirilgan.



Veterinariya-sanitariya chiqindi zavodi - bu yerda hayvonlar uchun hayvonat olamidan olinadigan oziqalar (go‘sht, suyak, qon uni) va texnik xom ashyolar (texnik yog’, teri, shox, tuyoq, o‘g’it va boshqalar) olinadi.

Chiqindi zavodini qurishga ajratilgan yer tekis, quruq, yer osti suvi chuqur joylashgan, aholi yashash punkti va chorvachilik fermalaridan kamida 1 km uzoqlikda qurilgan bo‘lishi kerak. Zavod atrofi devor bilan o‘raladi, ichki maydonlar asfaltlanadi, devor atrofiga daraxt ekilib ko‘kalamlashtiriladi. Xizmatchilar uchun veterinariya-sanitariya kuzatuv punkti, avtotransport vositalari kirish darvozasiga uzunligi 9 m va chuqurligi 25 sm qilib dezobaryer quriladi. Veterinariya-sanitariya tomondan ishonchli bo‘lishi uchun zavod o‘liklar va chiqindilarni qabul qilish hamda zararsizlantirish bo‘limi va xom ashyoni qayta ishlash, ishlab chiqarish va mahsulotni saqlash omborlari joylashgan bo‘limlarga bo‘linadi. Chiqindi zavodlari bo‘lmasa o‘liklar veterinariya mutaxassislari ruxsati bilan maxsus qozonlarda zararsizlantiriladi.




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish