Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari



Download 0,8 Mb.
bet21/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

HAVZA BALIQCHILIGI GIGIYENASI

Bugungi kunda sun’iy ko‘llarda baliq o‘rchitish va o‘stirish keng rivojlanmoqda. Chuchuk suv havzalari baliqchilikni rivojlantirishning asosiy manbaidir. Baliqchilikni rivojlantirishda torfi olingan chuqurlar, sholi ekilgan maydonlar ham juda qo‘l keladi.

Suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash va havza baliqchiligini ixtisoslashtirish baliq mahsulotini ko‘paytirishning asosiy yo‘lidir. Bunda suv havzalarida zoogigiyenik sharoitlarini barpo qilish muhim rol o‘ynaydi.

Havza baliqchiligi shartli ravishda iliq va sovuq suvli havzalarga bo‘linadi. Ular bir-biridan o‘rchitish va o‘stirish texnologiyasi bilan farq qiladi. Bu farqlar urchitiladigan baliqlarning biologik xususiyati, suvning harorati, gaz, mineral va kimyoviy tarkibiga ta’sirchanligiga bog’liqdir.

Iliq suvli havza baliqchilik xo‘jaligida, suvning harorati +200C dan yuqori bo‘lgan joylarda karp, amur oq balig’i, oq va talg’ir do‘ng peshona, tillasimon va kumushsimon karas va boshqalar o‘rchitiladi. Bu baliqlar bahor va yozda o‘rchiydi, o‘sadi va rivojlanadi. Qishda suvning tubidagi chuqurlarga kirib yotadi, oziqlanmaydi va kam harakatlanadi. Bahorda esa suv isigandan keyin uvildiriq sochish joyiga borib, o‘sha yerda ko‘payadi.

Sovuq suvli havza baliqchilik xo‘jaliklarida quyidagi turdagi baliqlar o‘rchitiladi: forel, ryapushka, sig, ripus va boshqalar. Bu baliqlar uchun oqar suv toza va kislorodga boy bo‘lishi yaxshi bo‘ladi. Sovuq suvni yaxshi ko‘radigan baliqlar issiq suvni yaxshi ko‘radigan baliqlarga nisbatan kam pusht bo‘ladi. Ba’zi bir baliqlar, masalan, forel havzalarda ko‘paymaydi, shuning uchun ularning uvildirig’i baliqchilik zavodlarida sun’iy yo‘l bilan urug’lantiriladi va inkubasiyalantiriladi.



Baliqchilik xo‘jaliklari to‘liq va to‘liq bo‘lmagan tizimli bo‘ladi. To‘liq tizimli baliqchilikda baliq uvildiriqdan 450 - 500 grammga yetguncha o‘stiriladi. To‘liq bo‘lmagan tizimli baliqchilik xo‘jaliklari tovar yo‘nalishidagi balikni o‘stirish uchun to‘liq tizimli xo‘jalikdan mayda baliqlarni oladi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish