QUYON VA MO‘YNALI HAYVONLAR GIGIYENASI
Quyonlarni saqlash - ishlab chiqarish yo‘nalishiga qarab quyonchilik broyler va go‘sht - teri yetkazishga bo‘linadi. Broyler yo‘nalishda quyon bolalari 60 - 70 kunligida go‘shtga so‘yiladi, go‘sht-teri yo‘nalishida esa 3 - 5 oyligida so‘yiladi. Quyonlar asosan uch xil usulda boqiladi: tashqarida - katakda, ayvon tagida va yopiq bino ya’ni quyonxonalarda saklanadi. Bulardan eng keng ko‘llaniladigani ayvon tagida katakda saqlash usulidir (18-rasm).
Bu usulda quyonchilikda mehnat unumdorligini oshirish, naslchilik ishlari darajasini ko‘tarish va ishlab chiqarish jarayonida mexanizasiyani keng joriy qilishga imkon tug’iladi. Katta yoshdagi quyonlar saqlanadigan ayvonlar yosh quyonlar saqlanadigan ayvondan alohida qilib quriladi.
Go‘sht-teri yo‘nalishidagi quyonchilik fermalari 600, 1200, 2400, 4800, 6000, 7500 boshga, tivit yo‘nalishidagi quyonchilik fermalari esa 600, 1200, 2400 boshga mo‘ljallab quriladi.
Quyonchilik fermalarida quyon kataklari 1 - 2 qavatli qilib joylashtiriladi. Rivojlangan quyonchilik fermalari OKF markali jihozlar bilan jihozlangan. Jihozlarning tarkibiga bir qavatli katakli batareya, quruq oziqalarni saqlaydigan bunker (BSK-10), universal bir xil transporter (TUU-2), oziqa tarqatgich, oziqalarni tashiydigan va tarqatadigan aravacha (BSM-90-YuA), quyonlarni tashiydigan aravacha (OKF-1-0,3), kataklar tagidagi go‘ng va iflosliklarni yig’ishtiradigan mexanizm (MPS-UM yoki MPS-2M) va tirnaydigan transporter (NKS-7) va boshqalar kiradi.
Quyonxonalardan go‘nglar kuniga bir marta po‘lat arqonli tirnaydigan moslama MPS-2M va tirnaydigan transporter TSN-ZB bilan yig’ishtirilib, transport vositalariga ortiladi. Quyonxonalarning ventilyasiyasi yuqoridan pastga beradigan kiruvchi-so‘riluvchi bo‘ladi. Yozda esa bir tomondagi oynalar ochib qo‘yilib qo‘shimcha havo kiritiladi. Qish paytlarida kiradigan havoni isitib berish bilan quyonxonalar isitiladi.
18-rasm. Mo‘ynali hayvonlarni saqlaydigan kataklarni ayvon tagida joylashtirish
Quyonxonalar havosining harorati qish paytlari +150 - 20°C, yozda esa +23°C, nisbiy namligi 70 - 75 %, umumiy mikroblar bilan ifloslanishi 1 m3 havoda 7000 mikrobdan oshmasligi kerak. 1 s tirik vaznga bir soatda havoni almashinishi yozda 4 m3 va qishda 0,5, bahor va kuzda esa 1,5 m3 ni tashkil etadi.
Quyon bolalari yetarli haroratda ya’ni +20°C boqilganda, past haroratda quyon ya’ni +10°C da boqilganga nisbatan tirik vaznining o‘sishi, organnzmning tabiiy chidamliligi oshadi. Quyonxonalarda yorug’lik kun uzunligi 16 – 18 soat atrofida, asosiy bosh son uchun yorug’lik 50 - 70 lyuks, yoshlari uchun esa 20 lyuks bo‘lishi kerak. Quyonxonalarda havo almashinishi avtomatik ravishda boshqariladi.
Quyon go‘shti ishlab chiqadigan uzluksiz - sex texnologiyasining umumiy davomi 180 kun bo‘ladi. Bunga takror ishlab chiqarish (qochirish, tug’dirish), o‘stirish va bo‘rdoqiga boqish fazalari kiradi. Birinchi faza qochirish - 10 kun, bo‘g’ozlik davri - 30 kun va quyon bolalarining rivojlanish davri ya’ni onasini emish davri 50 kun bo‘ladi. Ikkinchi fazaga o‘stirish va bo‘rdoqiga boqish - 85 kun hamda 5 kui ishlab chiqarish binolariga sanitariya tomondan ishlov berish kiradi. Yirik quyonchilik fermalarida quyonxonalardan tashqari oziqa sexi, muzlatgichi bilan so‘yish sexi qurilishi kerak.
Fermada quyonxonadan tashqari jihozlar, qishga yetadigan to‘shama saqlaydigan, 2 - 3 kunga yetadigan oziqa saklaydigan xonalar va xizmatchilar uchun xona bo‘ladi.
Katta quyonlar va bo‘g’oz yosh quyonlar kataklari ikki qavatli, bir-biriga qaratib o‘rnatiladi va 120 - 140 sm kenglikda xizmat yo‘li bo‘ladi. Asosiy bosh sonlar uchun ayvon tagida kataklarda saqlansa, kataklarning uzunligi 120 - 140 sm, kengligi 65 - 70 sm, balandligi oldidan 55 sm va orqasidan 40 sm bo‘ladi. Yosh quyonlarni kataklarda guruh holida saqlanganda, katakning uzunligi 140 sm, kengligi va balandligi yuqoridagidek qilinadi. Kataklar osma oxurchalar va sug’orgichlar bilan ta’minlanadi.
Asosiy va yosh quyonlar bir qavatli kataklarga joylashtiriladi. Yosh quyonlarni 2-3 qavatli kataklarda ham saqlash mumkin. Kataklar quyonxonalarda uzunasiga yoki ko‘ndalangiga qator qilib joylashtirilib oralig’ida 1 - 2 m kenglikda o‘tish yo‘li qilinadi. Kataklar karkasli ham kilinishi mumkin, uning kengligi 500 - 600 mm, balandligi 450 mm va uzunligi 800 - 1200 mm bo‘ladi.
Quyonlar tug’ishi va bolalarini 25 - 30 kunligigacha boqishi uchun maxsus quti - uya qo‘yiladi. Osib qo‘yiladigan yashikning o‘lchami 500 x 310 mm va balandligi 150 mm bo‘ladi. Ona quyonlarning yashiklariga yiliga o‘rtacha 10 kg hisobida yog’och qirindisi to‘shama qilib ishlatiladi. Kataklarning poli kengligi 25 - 30 mm va yorig’ining kengligi 19 mm bo‘lgan taxtadan qilinadi. Ular katakning oldingi devoriga parallel qilib joylashtiriladi. Taxtaning o‘rniga olinadigan teshik kardon pollar ham qilinishi mumkin. Yosh quyonlarni bo‘rdoqiga boqishda yo‘g’onligi 2 mm li sim to‘rli poldan xam foydalaniladi.
Kataklardagi xar bir ona quyon bolalari bilan bo‘lganda zotiga qarab 0,4 - 0,6 m2, o‘sishdagi quyonlar uchun esa 0,08 - 0,1 m2 dan joy ajratiladi. Kichik xo‘jaliklarda bitta yoki juft quyonlar saqlanadigan kataklar ochiq havoda o‘rnatilishi ham mumkin. Qishki sovuq vaqtlarda havoning harorati +30 - 6°C bo‘lganda maxsus binolarga kiritiladi. Go‘sht-teri va jun yetishtirish yo‘nalishidagi quyonlarning har biriga 0,72 m2 bo‘lgan bir seksiyali va 0,78 m2 bo‘lgan ikki seksiyali kataklar qilinadi. Bir seksiyali katakning o‘lchami 1,2 x 0,6 m, ikki seksiyalisi 1,3 x 0,6 m bo‘ladi. Ayvonlar tagida katakda guruh holida 10 boshgacha saqlansa, ularning o‘lchamlari 1,7 x 0,7 m yoki har bir bosh uchun 0,12 m2 joy to‘g’ri kelishi kerak. Qochirishga tayyorlanadigan yosh quyonlar xuddi shunday kataklarda 7 boshdan, erkagi esa bir boshdan yoki har bir bosh uchun kamida 0,17 m2 dan joy to‘g’ri kelishi kerak (27-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |