Kemiruvchilarga qarshi zaharli xo’raklarni tayyorlash. Deratizatsiya vositalarini qo’llashda ishlash qoidalari.
Sichqonsimon kemiruvchilardan keladigan eng katta havf epizootik va epidemiologik xavf bo’lib, ular ko’pchilik yuqumli va invazion kasalliklarning ajratuvchilari va tashuvchilari hisoblanishadi. Shu sababli kemiruvchilar infeksiya qo’zg’atuvchilarining o’chog’i va manbayi (rezervuari) bo’lishi mumkin.
Sichqon va kalamushlar tulyaremiya, brutsellyoz, leptospiroz, listerioz, oqsil, Aueski kasalligi, kuydirgi, inflyuensa kasalligi, saramas, salmonellyoz, quturish virusi, meloidoz, trixofitiya, trixonellyoz va boshqa kasalliklarning tarqatuvchilari bo’lishi mumkin.
Kurash choralari profilaktika va yo’q qilish (deratizatsiya) tadbirlaridan iborat. Profilaktika tadbirlari sichqonsimon kemiruvchilarni ozuqa va suv manbaiga etib borish, ularning in qurish imkonyatlarini yo’q qilish va demakki ko’payish uchun shaoitlarini yo’q qilishga qaratilgan.
Kemiruvchilarni yo’q qilish uchun kurashda kimyoviy vositalar, bacterial preparatlar, mexanik ovlash qurollari, shuningdek, kemiruvchilarning tabiiy dushmanlari qo’llaniladi. Ko’pincha bu vositalar kompleks ravishda galma-galdan qo’llaniladi.
Sichqonsimon kemiruvchilarni yo’qotish uchun kimyoviy vositalardan zookumarin, zookumariyning natriyli tuzi, fentolatsin, difanatsin (ratindin) krisid, rux fosfid, monoftorin va boshqalar ishlatiladi.
Bu preparatlarning ayrimlari: zookumarin, ratindin, fentolatsinlar chorvachilik binolarida qo’llash uchun kamroq havfli hisoblanadi. Sababi ular xo’raklarga shunday dozalarda qo’shiladiki hayvonlar bexosdan ushbu xo’raklarni yeb qo’yishsa ham amalda havfsiz bo’ladi hamda K vitamini (vikasol) bu vositalarga qarshi ishonishli zaharga qarshi vosita hisoblanadi.
Kemiruvchilarni tezda qirish zarurati paydo bo’lganda fermada hayvonlar orasida yuqumli kasalliklar chiqqanda) texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda krisid, rux fosfid kabi kuchli ta’sir qiluvchi zaharli vositalardan foydalanish mumkin.
Monoftorin och kulrang qizg’ich rangli zaharli poroshok, suvda kam eriydi. Spirt va efirda biroz yaxshiroq eriydi. Issiq qonli hayvonlar organizmga tushgach preparat asosan MNS va yurak-qon tomir tizimiga zaharli ta’sir ko’rsatadi. Natijada qon tomirlari qon bilan to’ladi va devorlari yupqalashadi. Kalamush va sichqonlar 1 kg tirik vaznga 15-16 mg preparatni xo’rak bilan yeganda 3-5 soat ichida o’ladi. UzVITIning maxsus laboratoriyasida ishlab chiqariladi.
Deratizatsiya vositalarini va ularni qo’llash usullarini tashkiliy xo’jalik tadbirlari kompleksini tanlash obiektning turiga, qo’llaniladigan vositaning havfsizligi va zaharliligiga, kemiruvchilarning ko’p yoki kamligiga bog’liq bo’ladi.
Zaharli ozuqa xo’raklari eng samarali va keng tarqalgan usuldir. Xo’raklarni qo’llanilish samaradorligi eng avvalo ozuqaning sifati va jalb qilish xususiyatiga ega bo’lishiga bog’liq bo’ladi. Buning uchun 3-5 kun davomida zaharlanmagan xo’raklar qo’yib, kemiruvchilar unga o’rgatiladi. Kemiruvchilar avval boshida ehtiyotkorlik bilan xo’rakni yeyishadi. Ular xo’rakka to’liq o’rgangandan so’ng unga zahar qo’shib beriladi.
Zaharlangan suyuqliklar (suv ayron, sut) ichirish usulida asosan suvda erimaydigan zaharli vositalar suyuqliklarga qo’shiladi.
Changlantirish usulida poroshok kamida 3-5 kun davomida kuniga 1 marta kemiruvchilar iniga preparat turiga qarab changlantirib sepiladi. Bu usul yuqorida sanab o’tilgan usullar bilan birgalikda qo’llanilganda yashi samara beradi.
Gaz yuborish usuli. Bu usul ko’pincha germetik yopiladigan binolarda (sovutish kameralari, go’sht kombinatlari, chorvachilik mahsulotlari va xom ashyolari saqlash binolarida) yaxshi samara beradi. Odatda karbonat gazi (uglekisliy gaz) ishlatiladi.
Bakterial preparatlar kimyoviy zaharlardan farqli ravishda kemiruvchilarda himoyalanish refleksini chaqirmaydi va hamma kemiruchl hayvonlar kasallangan taqdirda ham, boshqalari tomonidan yaxshi iste’mol qilinaveradi.
Baktokumarin – donli ozuqaviy asosda tayyorlangan preparat. Tarkibida salmonellyoz guruhi (Isagenko, Ploxorov shtammlari) tirik bakteriyalari va zookumarinning natriyli tuzini saqlaydi. Baktokumarin bir marta qo’llanilganda kulrang kalamushlarni hattoki emlangan bo’lsa ham o’ldiradi.
Zaharli xo’raklar qo’llanilganda ularni tarqatish, saqlash, sarflash, hisobdan chiqarish va hisobot yuritishning tartibiga qat’iy amal qilinishi lozim. (Saqlash uchun seyf, temir daftar, tilxat, dalolatnoma, hisobot va hokazo)
Do'stlaringiz bilan baham: |