Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari



Download 0,8 Mb.
bet34/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Mo‘ynali yosh yirtqichlarni o‘stirish gigiyenasi - bo‘g’oz tulkilar, qorako‘zanlar va suv kalamushlari yolg’iz holda uychali kataklarda saqlanadi. Ularning uychasi va ini tug’ishga 10 – 15 kun qolganda tayyorlanadi. Qorako‘zan va qunduzlar uchun 20 martdan kechiktirmay qilinadi. Uychalari va inlari iflosliklardan tozalanadi, kuydiriladi keyin o‘yuvchi natriyning 1 – 2 % li issiq eritmasida yuvilib quritiladi. Keyin uychaga in qo‘yilib, isitiladi. Bo‘g’oz yirtqichlarning ini haftasiga kamida 3 marta qarab turiladi, to‘shamasi doimo aralashtiriladi. Qorako‘zan va suv kalamushi uychasida in bo‘lmaganligi uchun quruq poxol to‘shama to‘shaladi va ifloslanganda almashtirib turiladi.

Fermada urg’ochi hayvonlar uchun maxsus bino - issiqxonalar quriladi. Nochor bolalari onasini ema olmasa 25 x 25 sm o‘lchamdagi inkubator qutilarga joylashtiriladi. Ularning oralig’iga elektrolampalar o‘rnatilib, harorati +25°C gacha ko‘tariladi. Bolalari sim to‘r polning ustiga yozilgan paxta ustiga joylashtiriladi.

Yirtqich hayvonlarning bolalarini 3 - 4 haftaligigacha to‘liq saqlab qolish onasining sutiga bog’liq bo‘ladi. Tulki bolalarini suv bermasdan yarim suyuq ovqatlar bilan boqish mumkin. Tulki bolalari 6 - 7 kunligigacha qo‘shimcha echki suti bilan, qorako‘zan bolalarini esa sigir suti bilan boqish mumkin. Ularga berilayotgan outning harorati +360 - 38°C bo‘lishi kerak. Onalarining suti kam bo‘lsa yoki bolalari soni ko‘p bo‘lganda, ularning bir qismini o‘gay onaga o‘tkazish mumkin. Onasi bilan 7 - 8 bosh qorako‘zan bolasi, 12 - 14 tagacha tulki bolalari qoldirilishi mumkin.

Yirtqich hayvonlarning bolalari onasidan har xil vaqtda ya’ni korako‘zan bolalari 35 - 45 kunligida, tulki bolalari 45-50, qunduz 45-50, suv kalamushi 40-60 kunligida ajratiladi. Suv kalamushlarining bolalari uch oylik bo‘lgandan keyin hovuzchaga suvga qo‘yiladi.

Qorako‘zanlar emizish davrida oriqlasa, bolalari 30 - 35 kunligida ajratilib, onalariga turli tuman oqsil - vitaminli - mineralli oziqalar qo‘shimcha ravishda beriladi. Kumushrang qora tulki va yashil tulki bolalari 45 kunligida onasidan ajratilgandan keyin teri uchun so‘yilguncha maydoni 1 m2 bo‘lgan kataklarda alohida saqlanadi.

Suv kalamushlari yil davomida kataklarda saqlanadi, so‘yish uchun ajratilgan yoshlari havoning issiq vaqtlarida suvga qo‘yiladi.

Shu narsa aniqlanganki, havoning haroratn pasaysa, terining sifati yaxshilanadi. To‘g’ridan-to‘g’ri quyosh nurining tushishi va yuqori namlik yirtqichlar terisida qo‘ng’irsimon ranglarni paydo qiladi. B. D. Babaka ma’lumotlariga ko‘ra qorako‘zanlarni quvvati 100 - 200 vatt bo‘lgan lampalar bilan 1,5 soat qo‘shimcha yoritilsa, urg’ochi yirtqichlarning serpushtligi oshgan, suti ko‘paygan va terisining sifati yaxshilanib, hajmi yiriklashgan. Yoz paytida yirtqich hayvonlarni qizib ketishdan himoya qilish zarur.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish