Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


Har xil turdagi mo‘ynabop hayvonlarni binolarda



Download 0,8 Mb.
bet33/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Har xil turdagi mo‘ynabop hayvonlarni binolarda

joylashtirish me’yorlari

Inshootlar turi



Joy-lash-

tirish soni



Bir

boshga ajratil gan yer, m2



Uzunligi


m

Kengligi,

m


Qorako‘zan (norka) uchun uycha

1

0,105

0,35 - 0,45

0,30 - 0,35

Yosh qorako‘zan uchun uycha

2

0,05

0,35 - 0,45

0,30 - 0,35

Qorako‘zan uchun yayrash maydoni

1

0,32

0,8

0.4

Yosh qorako‘zan uchun yayrash maydoni

2

0.105

0,7

0,3

Tulki uchun katak

1

2,6 - 2,9

2,9

0,9 - 1,0

Yosh tulki uchun yayrash maydoni

1

0,8 - 1.0

0,9 - 1,0

0,9 - 1,0

Yosh suv kalamushi uchun uycha

30

0,13

4,0

1,0

Yayrash maydoni

30

0,61

48

3,85

Hovuzcha

30

0,17

48

1,12

E s l a t m a: Qunduz va tulkilar uchun yayrash maydoni kamida 0,6m2 bo‘ladi.
Yirtqich hayvonlarning yayrash maydonlari yetarli balandlikda to‘silishi kerak, ya’ni qorako‘zan uchun 0,4 m, qunduz, yosh tulkilar uchun 0,6 m, suv kalamushi uchun 0,8 m, katta tulkilar uchun 1,0, qorako‘zan va qunduzlarning uychasining balandligi 0,4 m, suv kalamushi uychasini balandligi 0,5 m bo‘ladi.

Bir yil davomida zarur bo‘lgan to‘shamalar (poxol va yog’och qirindisi) tulkilar uchun - 10 kg, qorako‘zan va qunduzlarga - 30 kg, yoshlariga - 10 kg, suv kalamushi kattalariga - 25 kg, yoshlariga - 10 kg bo‘lishi kerak. To‘shamalar ifloslanish darajasiga qarab almashtirilib turiladi.



Mo‘ynali hayvonlarni oziqlantirishda gigiyena talablari - tulki, qunduz va qorako‘zanlar asosan hayvonot olamidan tayyorlangan oziqalar bilan oziqlanadi. Bo‘g’ozlari uchun oziqa ratsionining 80% ini go‘sht (muskul va butun baliq) tashkil etishi kerak. Ularni oziqlantirishda baliqchilik korxonalarining chiqindilari, yog’i olingan sut, inkubatoriya sexlari, go‘sht va baliq kombinatlarining chiqindilaridan keng miqyosda foydalaniladi. Hatto pilla qurtining kapalaklari ham yaxshi oziqa hisoblanadi.

Don oziqalardan arpa, suli, makkajo‘xori, bug’doy va ularning aralashmasidan omuxta oziqa tayyorlanadi. Ratsioniga lavlagi, sabzi, poyalar, yosh o‘tlar, aralash silos va boshqalar ham qo‘shiladi. Zig’ir va kungaboqar kunjaralari maydalanib va pishirilib beriladi. Qorako‘zanlarga soya shroti va donlar ham beriladi. Tovuq tuxumi oz muddatlarga beriladi, chunki uning tarkibida avidin bo‘lib, biotinning vitaminlik xususiyatini yo‘qotadi.

Yirtqich hayvonlarga sabzavotlar juda maydalab beriladi yoki boshqa oziqalar bilan aralashtirilib ataladek qilib berilsa ham bo‘ladi. Pivo va non kombinatlari achitqilarini berishdan avval qaynatiladi. Kalla-pocha, ichakdan boshqalari xomligicha, cho‘chqa qoni pishirib beriladi. Sifatsiz oziqalarda zaharli moddalar bo‘lib, buni hayvonlarga berish xavfli. Majburiy so‘yilgan hayvonlar go‘shti veterinariya-sanitariya ekspertizasidan yaxshilab tekshirilgandan keyin beriladi. Hamma oziqalar yangi va achimagan bo‘lishi kerak. Go‘sht va baliq farshlari 1 - 1,5 soatdan ko‘p saqlanmasligi kerak. Bazi paytlarida muzlagan oziqalarning avval muzi eritiladi va keyin beriladi.

Mo‘ynachilik fermalarida go‘sht oziqalari yuqori bosimda, ul’trabinafsha nurlar bilan nurlantiriladi, elektrogidravlitik (EGOM) qurilmalarda zararsizlantiriladi va qayta ishlanadi. Bu usul ishonchli sterilizasiyalaydi va trixinellez, Auyeski, suyak yumshashi kasalliklaridan va qizilo‘ngachni lat yeyishdan saqlaydi. Bundan tashqari hayvonlarning o‘sish va rivojlanishi, mo‘ynalarini yetilishi, teri sifatini yaxshilashi va urg’ochilarini serpushtligiga ta’sir etadi.

Oxurlarga solingan oziqalar harorati yoz paytlarida +100 - 20°C dan oshmasligi va qishda esa ancha issiqroq, ya’ni 00 atrofida bo‘lishi kerak. Oziqalar qish paytlari tez sovib va muzlab qolmasligi uchun ularni iloji boricha quyuq qilib tayyorlanadi.

Suv kalamushlarini oziqlantirish ko‘p tomondan quyonlarnikiga o‘xshab ketadi. Ular boshoqli - dukkakli oziqa, don, ildizmevali oziqalar, kepak, yorma, lavlagi tuppasi, go‘sht - sut mahsulotlarini yaxshi iste’mol qiladi.

Qora ko‘zanning oziqa ratsioniga har 1 kg tirik vazniga 25 grammgacha xlorella qo‘shiladi. Bu esa ular terisini kattalashishiga va sifatining yaxshilanishiga ta’sir qiladi. Xlorella bakterosidlik xususiyatiga ega bo‘lib mikrofloralarni o‘sishdan to‘xtatadi, oziqalarni buzilishdan saqlaydi va hayvonlarni kasallanishining oldini oladi.

Katta yoshdagi va naslli bo‘lmagan yosh yirtqichlar kuniga bir marta, nasllilari 2 marta oziqlantiriladi va suv istaganicha beriladi. Bo‘g’oz va emizadigan yirtqichlarning oziqa ratsioniga kuniga 20 - 40 grammgacha sifatli xom jigar, yangi qon qo‘shiladi. Kuz va qish paytlari ichadigan suvi +150 - 180C gacha isitilib beriladi. Onasidan ajratilgan bolalarini oziqlantirishda xom go‘sht, baliq, sut, pishirilgan un, xamirturush, baliq moyi, baliq va go‘sht uni, pilla qurtining kapalagi, qushxona va baliq chiqindilari, ko‘k o‘tlardan foydalaniladi.

Yirtqich hayvonlarni oziqlantirish o‘z ixtiyoriga qo‘yiladi. Oriqlaganlari orasida ko‘pincha oshqozon-ichak kasalliklari, sil va jigar kasalliklari uchraydi. Ularni uzoq vaqt davomida karbon suvli oziqalar bilan oziqlantirilmasa, yoshlari o‘sishdan to‘xtaydi va mo‘ynalarining sifati juda yomonlashadi. Tulkilarning oziqasi tarkibida vitamin S yetishmasa tuyoq kafti qizarish kasalligi bo‘ladi. Bundan tashqari mo‘ynali yirtqichlar organizmi ko‘p miqdorda yog’da eriydigan vitaminlar A, D, Ye va suvda eriydigan vptaminlar B6 , B12, RR, bistin, askarbin kislotasiga muhtoj bo‘ladi. Yirtqich hayvonlar ratsionida treska oilasiga mansub baliqlar ko‘p berilsa anemiya kasaliga yo‘liqadi. Bunga sabab baliq organizmida bo‘ladigan trimitilaminoksid bilan temirni birikishidan hosil bo‘lgan birikma hayvon organizmida yaxshi hazm bo‘lmasligidir. Anemiya kasalligining oldini olish uchun qorako‘zanlarping ratsioniga kuniga 10 mg temir glutamati qo‘shib beriladi. Anemiya kasalligining oldini olish uchun ferroanemin tavsiya etilgan. Bu dori kunora 20 mg hisobidan oziqaga qo‘shib beriladi.

Qorako‘zan va tulkilar orasida osh tuzidan yalpi zaharlanish hollari ko‘p uchraydi. Shuniig uchun xom oziqaga 0,5% dan ortiq bo‘lmagan holda qo‘shiladi. Bundan tashqari ularni osh tuzidan zaharlanmasligi uchun hamma tuzlangan oziqalar suvda ivitilib keyin beriladi. Kuniga tulkilarga 5 g, qorako‘zanlarga 2 g tuz beriladi.

Hayvonlar birdaniga yog’li oziqalarga o‘tkazilsa, ketoz kasalligiga uchraydi. Shuning uchun ularning ratsionida 3,8 g / 100 kg miqdorida yog’, Ye va B guruhidagi vitaminlar bo‘lishi kerak. Mo‘ynali yirtqichlar oziqa ratsioniga ko‘p miqdorda yog’ qo‘shilsa vitamin Ye ni parchalab yuboradi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish