27 - jadval
Kataklarga quyonlarni joylashtirish me’yori
Ko‘rsatkichlar
|
Saqlash usuli
|
bir bosh uchun joy, m2
|
Katak dagi bosh soni
|
Oziqlanti
rish fronti,
mm
|
Oxurlarni osish
balandligi, mm.
|
90 kunlikkacha bo‘lgan erkagi
|
Guruh holida
|
0,17 - 0,2
|
3
|
-
|
-
|
90 kundan katta yoshdagi erkagi
|
alohida
|
0,5 - 0,6
|
-
|
60
|
120 - 150
|
Ona quyonlar, kattasi
|
alohida
|
0,5 - 0,6
|
-
|
54
|
50 - 60
|
90 kunlikgacha bo‘lgan urg’ochi quyonlar
|
Guruh holida
|
0,12 - 0,15
|
4
|
60
|
|
90 kundan katta yoshda-gi urg’ochi quyonlar
|
Guruh holida
|
0,25 - 0,3
|
2
|
60
|
120 - 150
|
Bo‘rdoqiga boqilayotgan quyonlar
|
Guruh holida
|
0,09 - 0,10
|
6
|
60
|
120 - 150
|
Ona quyonlar tug’ishidan oldin kataklarning ichiga maxsus taxta yoki fanerdan ko‘chma quti - uya qo‘yilib ichiga poxol to‘shama solinadi. Uning uzunligi 55 sm, kengligi 30 va balandligi 30 sm bo‘lib, biron bir devoriga 25 sm diametrdagi teshik qilinadi. Kataklar, ayvon va binolar tez-tez 10% li ishqorli issiq eritma yoki 1% li formalin eritmasi bilan dezinfeksiya qilib turiladi. Metall qismlari kuydiriladi. Yog’och qismlari kuymasligi uchun oldindan issiq suv bilan ho‘llanadi.
Tivit beradigan katta quyonlar bir boshdan, yoshlari 3 - 4 boshdan kataklarda yoki 14 - 15 boshdan atrofi o‘ralgan maxsus joyda saqlanadi. Bu quyonlarning tiviti taraladi, yulinadi yoki qirqiladi. Bo‘g’oz va bolali quyonlariing tiviti yulinmaydi.
Quyonlarni oziqlantirish - quyonlar kechasi yaxshi oziqlanadi va ko‘p ya’ni 210 - 460 ml suv ichadi. Ichadigan suvning harorati o‘rtacha +100 - 15°C, quruq oziqaga nisbatan suvga talab 200 % bo‘ladi (M. A. Xabibulov).
Quyonlarga suv ko‘pincha sopol idishlarga quyiladi. Gigiyena tomondan so‘rg’ichli va tomchili sug’orgichlar maqsadga muvofiqdir.
Quyonlarni oziqlantirishda asosan ko‘k o‘t, ildizmevali oziqalar va ularning poyalari, silos, iyun va iyulda tayyorlangan shox - shabba, yem oziqalar va boshqalardan foydalaniladi. Karamning bargi va o‘zagi, daraxt tagiga tushgan olmalar ham foydalidir. Eng yaxshi don oziqalardan quyon uchun suli, no‘xat, soya, yasmiq doni, xashaki no‘xat doni bo‘lsa, kunjaralardan zig’ir, kungaboqar, kanakunjut va soya kunjaralari hisoblanadi. Quyonlarning oziqa ratsioniga bug’doy kepagi, go‘sht-suyak va baliq uni, buzoq yoki cho‘chqa bolalari uchun tayyorlangan omuxta yemlar qo‘shilsa ham yaxshi bo‘ladi. Quyon uchun pilla qurtining g’umbagi, go‘sht, qon uni va yog’i olingan sut qimmatli oziqa hisoblanadi. Kuzdan bahorgacha quyonlarga ildizmevali oziqalar berib borilsa ularning sutini ko‘paytiradi.
Quyonlar ishtaha bilan ignabargli daraxtlar shoxi va tol novdalarini yeydi. Ammo har xil zaharli daraxtlar shoxi va zaharli o‘tlarni berishdan ehtiyot bo‘lish kerak.
Yosh va katta yoshdagi bo‘g’oz va emizadigan ona quyonlarga beriladigan hamma oziqalar gigiyena tomondan sifatli, mog’orlamagan, chirimagan yoki achimagan bo‘lishi kerak. Ildizmevali oziqalar yaxshilab tuproq loydan tozalanib va maydalab beriladi. Makkajo‘xori doni, arpa, dukkaklilar, kunjara, mineral aralashmalar eziladi. Muzlagan oziqalar pishiriladi. Har qanday yangi beriladigan oziqalarga asta-sekin 5 - 7 kun davomida o‘rgatiladi.
Quyonlarda oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida yangi o‘rilgai yoki ildizmevali oziqalarning poyalari quyoshda quritilib keyin yegiziladi. Shudring yoki yomg’ir tushgan oziqalar ham quritilishi kerak. Kunjara, shrot, hayvonot olamidan olinadigan oziqalar va mineral moddalar pishirilgan kartoshka, namlangan omuxta yem yoki kepaklar bilan birga aralashtirilib beriladi.
Bolali ona quyonlar ratsioniga 25% gacha yaxshi sifatli silos qo‘shiladi. Agar uning miqdori umumiy to‘yimlilikka nisbatan 40% ga yetsa, organizmda modda almashish buziladi, ona quyonlar sutining kislotalik darajasi ortadi va natijada quyon bolalarining hayotchanligi pasayadi. Agar bo‘g’oz ona quyonlar oziqa ratsionida kalsiy moddasi yetishmasa, ular ko‘p yotadi, tug’ishi qiyinlashadi va homila yo‘ldoshining ajralishi qiyinlashadi.
Ona quyonlar bo‘g’ozligining birinchi yarmida yem oziqalar kam beriladi. Bo‘g’ozlikning ikkinchi yarmida esa ko‘paytiriladi. Emizadigan davrida shirali, suvli oziqalar va yem oziqalar ko‘p beriladi.
Qish-bahor vaqtlarida oziqa ratsioniga vitaminlangan baliq moyidan yosh quyonlarga kuniga 0,3 - 0,5 g, kattalariga 1 - 1,5, bo‘g’ozlariga 2 - 2,5 g va emizadigan quyonlarga 3 - 3,5 g beriladi. Katta quyonlarga kuniga 1 - 1,5 g va yoshlariga 0,5 - 1 g osh tuzi beriladi.
Don oziqalar yorma qilib yoki ezib beriladi. Agar quyonlar no‘xat donini butunlay yesa uzoq vaqt ichi qotishi mumkin. Quyon bolalarining ichaklari yallig’lanishiga yoshligidan sut bo‘lmagan oziqalarga o‘tkazish, oziqaga ko‘p miqdorda antibiotiklarni qo‘shish, ona quyonlarga bir xil yem oziqalarni ko‘p berish sabab bo‘ladi.
Quyonlar uchun eng yaxshi oziqa - to‘liq ratsionli donador qilingan omuxta oziqalar hisoblanib, ular har birining oxuriga solinadi. Bu oziqa boshqa oziqalarga nisbatan tarqatish davrini 3 - 4 martaga qisqartiradi va hayvonlarning mahsuldorligini 15 – 20% ga ko‘paytiradi. Xo‘jaliklarda donador qilingan oziqalar tarkibiga 30 % gacha o‘t uni qo‘shiladi. Bu esa oziqani protein, vitamin va mineral moddalarga boyitib, to‘yimliligini oshiradi. Donador oziqalar mayda qilinib, uning diametri 2,5 - 3,5 mm va uzunligi 5 - 7 mm bo‘ladi. Bunday oziqalar bilan boqilganda quyonlar yetarli darajada suv bilan ta’minlanishi zarur.
Yirik fermalarda donador qilingan va sochiladigan oziqalar uchun uzunchoq va yumaloq bunkerli oxurlar qilinadi. Uzunchoq bunkerlar har ikki katak uchun bitta, yumalog’i esa ikki qavatli o‘rnatilgan to‘rtta katakka bitta o‘rnatiladi. Oxurlar oq yoki ranglangan tunukadan hamda plastmassa yoki qalinligi 8 - 10 mm lik shiferdan ham qilinadi. Oxurning uzunligi 60 - 80 mm, oldindan balandligi 40 - 60 mm. Oxurning ustidan kengligi 15 - 30 mm lik tokcha qilinib, uni oxurning ichiga qayiriladi. Har bir oziqlantirishdan oldin oxurlar yaxshilab tozalanadi, oziqa qoldiqlari olib tashlanadi, sug’orish idishlari chayqalib toza suv bilan to‘ldiriladi. Quyonlar va mo‘ynali yirtqich hayvonlarni sug’orishda AUZ-80 universal sug’orgichdan foydalanish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |