Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


Mo‘ynali hayvonlarni saqlash usullari



Download 0,8 Mb.
bet32/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Mo‘ynali hayvonlarni saqlash usullari - mo‘ynali hayvonlardan olinadigan asosiy mahsulot terisi hisoblanadi. Asosiy qimmat baholisi qoraqo‘zan (norka) va yashil tulki hiooblapadi. Muynachilik xo‘jaliklarida kumushsimon qora tulki, yashil tulki, qorako‘zan, suv kalamushi (nutriya), kamchatka suvsari (sobol) va boshqalar ko‘paytiriladi.

Mo‘ynali yirtqich hayvonlar fermasi quriladigan joy xuddi quyonchilik fermasidek balandroq, quruq, yomg’ir-qor suvlari bosmaydigan, zaxlamaydigan, shamoldan to‘siladigan bo‘lishi kerak. Fermaning butun atrofi ishlab chikarish binolari bilan birga 2 m balandlikdagi devor bilan o‘raladi. Devorning ustidan 40 - 50 sm kenglikdagi taxtadan qiya soyabon qilinadi. Devorning tagidan 60 - 100 sm chuqurlikda metall to‘r ko‘miladi yoki ferma ichkarisiga qarab gilamdek to‘shaladi. Bu yirtqichlarni yerni yoki devor tagini teshib chiqib ketishiga qo‘ymaydi. Fermaga kirish va chikish uchun yagona darvoza qurilib, unda veterinariya sanitariya kuzatuv punkti va dezobaryer qilinadi. Yirtqichlarni saqlash binolaridan tashqari fermada yirtqichlar uchun oshxona, muzlatgich, mo‘ynalarni birinchi ishlov berish xonasi, asbob-anjomlar, to‘shama, kimyoviy moddalarni saqlaydigan saroy, veterinariya punkti izolyatori bilan birga, xizmatchilar dam olish xonasi va boshqalar bo‘ladi.

Mo‘ynachilik xo‘jaliklarida asosiy qurilish bo‘lib ayvon hisoblanadi. Yirtqichlar katagi bir qavatli va bir qancha qator qilib joylashtiriladi. Bu ayvonlar yirtqichlarni yomg’ir-qordan, quyosh nuridan saklaydi. Bundan tashqari og’ir ishlarni bajarishda mexanizasiyani keng joriy etishga imkon tug’diradi. Kataklarni tozalash, yirtqichlarni tutish, kataklarni nazorat qilish osonlashadi, oziqa isrofgarchiliga kamayadi, hovuzlar kamdan - kam ifloslanadi. Natijada mehnat unumdorlpgi ikki barobarga oshadi.

Kataklarning tashqi tomoniga avtosug’orgichlar o‘rnatiladi. Oziqalar yerda yuradigan aravacha yoki osma aravachalarda, shuningdek elektro dozatorlar yordamida tarqatiladi.

Qish paytlarida ularga yarim suyuq, muzlamagan oziqalar beriladi. Yirtqichlar fermasi temir beton, pishgan g’isht va metallardan qilinadi. Mo‘ynabop yirtqichlar uchun 90 x 40 x 40 sm o‘lchamdagi kataklar qiliiadi.

Suv kalamushining katagi uycha va yayrash maydonidan iborat bo‘ladi. Urg’ochilari bolalari bilan turishi uchun uychalari pishiq g’isht yoki betondan qilinadi. Yog’och qismlari ichidan sim to‘r bilan qoplanadi. Uychaning uzunligi 1 m, kengligi 0,7 m va oldidan balandligi 0,7 va orqadan esa 0,8 m bo‘ladi. Uychadan yayrash maydoniga chiqish uchun 22 x 22 sm teshik qo‘yiladi. Yayrash maydoni 2 x 1,4 m bo‘lib, balandligi 80 sm bo‘lgan pishiq g’isht yoki betondan qilingan devor bilan o‘raladi. Uning poli hovuzga qaratib qiya qilinadi. Hovuzning uzunligi 1,4 m, kengligi 0,6 m va chuqurligi 0,3 m bo‘ladi,

Urg’ochi tulki va o‘sishdagi tulkilar uchun kataklarning uzunligi 3 m, kengligi 1 m va balandligi 0,7 m bo‘ladi. Erkaklari alohida kataklarda saqlanib, u yerda urg’ochilari qochiriladi. Bu kataklarning uzunligi Z m, kengligi 1 m va balandligi 1,2 m qilinadi. Katakning tepasi olinadigan qilinadi va ichidan metall to‘r tortilgan bo‘ladi. Yon tomonida ikkita eshikchasi bo‘lib oziqlanish oxuri va sug’orgich o‘rnatiladi. Qo‘zg’aluvchan to‘siq bilan katakni ikkiga bo‘lib, yoshlarini joylashtirish ham mumkin.

Urg’ochi yirtqichlar uchun kataklar yonidan yoki ichidan uycha ham qilinadi. Sovuq paytlarda yashash uchun katak va uycha maxsus teshik orqali ulanadi yoki qiyshaytirilgan taxta quvur bilan birlashtiriladi. To‘g’ridan-to‘g’ri shamol kirmasligi uchun quvur qiyshaytiriladi.

Suv kalamushlari (nutriya) yopiq binolarda ko‘p qatorli kataklarda va yayrash maydonchasi bor kataklarda saqlanishi mumkin. Suv kalamushlarining aoosiy qismlari alohida-alohida hovuzi bor yoki hovuzsiz kataklarda saqlanadi. Ularning kataklari havoning harorati -20°C gacha bo‘lsa, ochiq ayvonlar tagiga, undan sovuq bo‘lsa yopiq binolarga joylashtnriladi. Tashqarida harorat juda past bo‘lsa, suv kalamushlarini uychasiz va hovuzsiz yopiq binolarda saqlanadi. Binoga majburiy ventilyasiya orqali isitilgan havo yuboriladi (+100 - 15°C). Qishda ish vaqtida binolarni isitish uchun isitgich lampalardan foydalaniladi va yorug’lik koeffisiyenti 1:10 bo‘ladi. Binoga sug’orish idishlari va bunkerli oxurlar o‘rnatiladi. Suv kalamushlarining yoshlari guruh holida kataklarda saqlanib, guruh holida yayrash maydoniga chiqariladi.

Har xil turdagi mo‘ynabop hayvonlarni binolarda joylashtirish me’yorlari quyidagi jadvalda keltirilgan. (28-jadval).




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish