Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


Veterinariya – sanitariya texnikalari



Download 0,8 Mb.
bet35/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Veterinariya – sanitariya texnikalari.

Sanoat tipidagi yirik chorvachilik xo’jaliklarida, go’sht kombinatlarida, hayvonotga mansub xom ashyoni birlamchi qayta ishlash zavodlarida, temiryo’l va suv transportlarida va boshqa obiektlarda har yili millyonlab m2 maydonlarda dezinfeksiya o’tkaziladi. Shuningdek, keng miqyosdagi dezinseksiya va dezinvaziya tadbirlari o’tkaziladi.

Bu tadbirlarni o’tkazish uchun dezinfeksiya jarayonlarini yengillashtiruvchi va tezlashtiruvchi kuchli mexanizm va mashinalar ishlatiladi.

Yuqori mahsuldorlik, tejamlilik va obiektga yuqori sifatli ishlov berilishini ta’minlash dezinfeksion texnikalarga quyiladigan eng asosiy talabdir.

Dezinfeksiyalobchi mashinalarning rentabilligi va ular yordamida bajariladigan ishlarning tannarxi, ularni ishlatish koeffitsenti va universalligiga bog’liq.

Veterinariya – sanitariya texnikalari ular yordamida bajariladigan ishlarni turiga qarab quyidagilarga bo’linadi: Aerozol yo’li bilan dezinfeksiyalash uchun maxsus dezinfeksiya mashinalari va apparatlari, hayvonlar teri qoplamasiga ishlov beruvchi apparatlar, dezinfeksion kameralar.

Maxsus dezinfeksion mashinalarga LSD dezinfeksion qurilmasi, veterinariya dezinfeksion mashinasi – VDM, avtomobil - dezinfeksion agregat –ADA, o’zi yurar dezinfeksion qurilma UDC, ko’chma dezifeksion qurilma UDP lar kiradi. Bu mashinalar barchasi veterinariya – sanitariya, epizootiyaga qarshi davolash va boshqa xo’jalik tadbirlarining keng kompleksini bajarishga mo’ljallangan.

Maxsus avtomashinalar yordamida binolarni issiq va sovuq eritmalar, suspenziyalar, aralashmalar, aerosol dezinfeksiya vositalari dezenfeksiya va dezinseksiya bilan binolarni yangi so’ndirilgan ohak bilan oqlash va ularni suv bilan sanitariya yuvishi, hayvonlarni insektitsidlar bilan cho’miltirish, hayvonlarga insektitsid va repellentlar bilan aerosol usulida ishlov berish hayvonlar zaharlanishida detoksikatsiyasi, bog’larni suv cepish yo’li bilan yuvish, asfalt yo’l va mayda maydonlarni sanitariya yuvishi, xo’jalik hududi atrofidagi gazon va tuproqlarni sug’orish va boshqa tadbirlarni amalga oshirishi mumkin.

LSD (laboratoriya sanitarii i dezinfeksii) dezinfeksion qurilmasi 5 atmosfera bosimi ostida minytiga 100 l eritmani sepish xususiyatiga ega. Dvigatel o’rtacha kuch bilan ishlagandayoq maksimal ishlab chiqarish quvvatiga erishadi. Monometr yordamida nazorat qilinadi.

Dezinfiksion eritma uchun 360 litr hajimga ega idish mavjud bo`lib uning ichida isitishi uchun qozon mavjud, solyarka yordamida ishlaydi. Dezinfeksiya vositalari zahirasi uchun 2 ta har biri 20 l sig`imiga ega bo`lgan idishlar va insturimentlarni saqlash uchun bagaj mavjud. Qurilma bilan bir vaqtning o’zida 2 ta operator ishlashi imkoniyati mavjud.

VDM (Veterinarnaya dezinfiksionaya mashina) - kozon 420 litr sig’imdagi idishni qizdirishi imkoniga ega, asosiy eritma uchun 40 l va aerozol suyuqlik uchun 40 l sig’imli idishlar mavjud ikkita maxsus barabancha uzunligi 100 m gacha bo’lgan slang o’raladi. Qurulma UAZ -469 shassisiga o’rnatilgan.

Haydovchi bilan hisoblagada 5 nafar hodimga salonda o’rindiqlar mavjud.

ADA (Avtomabilno dezinfeksionniy agregat )

GAZ 53A avtomabil shassisiga o’rnatilgan. Ishchi eritma uchun idish sig’imi 2000 litr, 2 qator kabinada 6 ta o’rindiq mavjud, asoiy eritma uchun idish 300 litr, aerozol suyuqligi uchun idish 100 litr hajmga ega. Yoqilg’i baki 100 litr, dezinfeksion kamera 2,5 m3 . Maxsus qurulma mavjud bo’lib uning yordamida hayvonlar teri qoplamasidagi bakterial changni 72-90 % gacha olish va so’ngra dezinfeksia va gazasiya vositalarini qo’llash mumkin.

Shuningdek, avtodez ustanovka DUK, UDS (ustanovka dezinfeksionnaya samoxodnaya) UPP (ustanovka dezinfekchionnaya peredvijnaya) “Kostыl” gidropulti, Aerozol generator AG-L6, PVAN (pnevmoticheskaya vixrevaya aerozolnaya nasadka) va boshqa qurilmalar ham ishlatiladi.

Hayvonlar teri qoplamasini yuvish uchun qo’llaniladigan apparatlar.

ShRR (shtanga razbornaya raspilitelnaya) maxsus shtanga uchta qism truba(quvir)lar yig’masidan iborat bo’lib ularga 90 0 burchak ostida eritmani sepuvchi qurilma (nasadka ) lar mahkamlanishi uchun rezbalar mavjud.

Shtanga qishloq xo’jalik hayvonlarini hashorat va kanalardan himoya qilish maqsadida cho’miltirish (sachratib yuvish) ga moslashgan.

Hayvonlarni yuvish uchun shtanga “П” harfi ko’rinishida binodan ayvonga chiqish joylarida va boshqa joylarda o’rnatiladi.

OSA – 1 (Oprыskivatel sbornoy avtomaticheskiy) yig’ma avtomatik purkagich – metall trubalar konstruksiyasidan iborat bo’lib 14 ta dezinfeksion eritmalarni sachratadigan sepkichlar mavjud, hayvonlar ikkita taxta traplardan (kirish va chiqish traplari) o’tguncha to’liq yuvilishiga erishiladi.

Dezinfeksion kameralar – veterinariya amaliyotida hayvonlarga qarov jihozlarini, hizmatchilarni maxsus kiyim-kechaklarini, shuningdek jun, qil, soch va ecki tivitini, yo’q qilinadigan hom ashyo, yumshoq tara (qop, ip va x.k) va boshqa narsalarni fizikaviy, kimyoviy yoki bir vaqtning o’zida har ikki vositalardan foydalanib dezinfeksiyalashda qo’llaniladi.

Bug’ va bug’ formalinli kameralar farqlanadi. Ular stasionar yoki ko’chma kameralar bo’lishi mumkin.

Stasionar dezinfeksiya kamera alohida xonani o’rtasida devorga o’rnatiladi. Uning bir eshigi yukni tushiriladigan tomonga, ikkinchisi esa ishlov berilgandan so’ng yuklaydigan tomonga ochiladi. Kamerani ilatish uchun barcha nazorat qilish asboblari monometr, shturval, himiyalovchi klapani va h.k yuklash bo’limi tomonidan o’rnatiladi. Qizdirish va bug’ hosil qilish qurilmasi kamera ostidagi panjarasimon pol tagiga o’rnatiladi.

Barcha tipdagi kameralar uchun umumiy talablar bu zararsizlantirilayotgan buyumlarni to’liq saqlanishini ta’minlash bilan birga eng yuqori dezinfeksiyalovchi va dezinseksiyalovchi samaradorlikka erishish, yong’in havfsizligi yuqoriligini ta’minlash, ishlatilishi soddaligi, konstruksiyaning tannarxini baland bo’lmasligi va boshqalar.

Kamera bilan ishlash tartibi qiyidagicha: avvalo kameraning barcha boshqarish va isitish asboblarini sozligi tekshiriladi, chunki zararsizlantirishning samaradorligi ularning aniq ishlashiga bog’liq bo’ladi.

Keyin kamera qizdiriladi va zararlantirilishi lozim jihozlar solinadi, ko’rsatkichda kuzatib gaz (Gazli kameralarda), dezinfeksiya eritmasi yoki bakterisid aerozol yuboriladi va yo’riqnomada ko’rsatilgan ekspozisiyada ushlanadi.

Ish tugagach zararsizlantirilgan yuk turadigan eshik ochiladi, kamera shamollatiladi va ichidagi jihozlar olinadi.

Veterinariya amaliyotida olovli bug’ havo bug’ formalili (OPPK) kameralar qo’llaniladi. Kamera termometr va psixrometrlar bilan ta’minlangan va dezinfeksiya rejimi nazorat qilinadi.

Kamera dezinfeksiyalnishi kerak bo’lgan narsalar erkin holda ilgich yoki to’rlarga ilib qo’yiladi, mo’ynali buyumlar teskari o’girilib mo’ynasi bilan ilinadi. Bug’ gaz bilan dezinfeksiyalashda kameraga 70 kg gacha, bug’ formalinli dezinfeksiyalashda esa 40 kg gacha kiyimlar bir vaqtda zararlantirilishi uchun qo’yilishi mumkin.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish