Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari



Download 0,8 Mb.
bet31/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Quyon bolalarini o‘stirish - shimoliy hududlarda quyonlar isitilmaydigan binolarda tug’diriladi. Birinchi tug’adigan ona quyonlarning tivitlari yulib olinadi va quti - uyaga to‘shaladi, katta ona quyonlar esa buni o‘zlari bajaradilar. Agar harorat -250 – 300S ga yetsa, hatto yaxshi tayyorlangan uyalari bo‘lgan taqdirda ham quyon bolalari sovqotib, bir necha soat davomida nobud bo‘ladi. Shuning uchun kunning sovuq paytlarida isitilgan binolarda tug’dirish kerak.

Quyon bolalari juda tez o‘sishi bilan boshqa hayvonlardan ajralib turadi. Masalan, ular tug’ilganda 40 - 90 g bo‘lsa. 6 kunligida ikki barobarga, bir oyligida esa taxminan 10 barobarga ortadi. Bu ona sutining yuqori to‘yimlilikda bebaho bo‘lishidan dalolat beradi. Quyon sutining tarkibida 15% oqsil, 10 – 20 % yog’, 2 % shakar, 2,5 % mineral tuzlar va boshqalar bo‘ladi. Bunday oziqani quyonlarning hayotini birinchi 20 kunligida hyech qanday oziqa bilan almashtirib bo‘lmaydi.

Quyon bolalari 10 - 11 kunligida ko‘zini ochadi, 16 - 20 kunligida uyadan chiqadi va oziqa yeyishni boshlaydi. Bunda ularga kuniga 20 g o‘stirilgan don, 0,5 mg antibiotiklardan biomisin, terramisin beriladi. Antibiotiklarni parchalanib ketmasligi uchun issiq oziqa yoki silosga qo‘shib berilmaydi. Bo‘g’oz va emizadigan ona quyonlar hamda 3 oylikkacha bo‘lgan bolalari kuniga 3 marta, boshqalari esa 2 marta oziqlantiriladi. Quyonchalar hayotining birinchi kunlaridan boshlab ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

Yaxshi o‘sib rivojlangan quyonlar onasidan bir oyligida, kam quvvatli quyonchalar 1,5 oyligida ajratiladi. Yaxshi sersut ona quyonlarga 8 - 9 ta quyoncha, yosh ona quyonlarga esa 5 - 6 ta bolasi qoldiriladi. Qolganlari o‘gay ona quyonlarga o‘tkaziladi. Begona quyonchalar onasidan ko‘p tug’ilsa yoki ona suti yetishmasa o‘gay ona quyonga o‘tkaziladi. O‘tkazilgan quyonchalarning yoshi o‘gay ona bolalari yoshiga nisbatan 3 - 4 kundan oshmasligi kerak. O‘gay ona quyonga yuqori to‘yimli va yengil hazm bo‘ladigan oziqalardan yosh ko‘k o‘t, vitaminga boy dukkakli o‘simliklar pichani, suli, pishirilgan kartoshkaga bug’doy kepagi qo‘shib, osh tuzi, qizil sabzi, go‘sht-suyak va baliq uni beriladi. Yoz vaqtida ularning ratsioniga 45 % yem oziqalar, 55 % dukkakli-boshoqli o‘tlar; qishda esa 45 % gacha yem oziqa, 10-20 % silos, 15% ildizmevali oziqalar va 20 % dukkakli-boshoqli o‘tlar pichani beriladi. Agar oziqa tarkibida kalsiy va fosfor yetishmasa quyonchalarning 60 kunligigacha oziqa ratsioniga 0,5 - 1 g suyak uni yoki kul qo‘shiladi, keyingi oylariga esa 2 - 3 g qo‘shiladi.

Onasidan ajratilgan quyonchalar yaxshi tozalangan va dezinfeksiya qilingan kataklarga joylashtiriladi: naslli quyonchalar 3 - 4 boshdan joylashtirilib bir boshga 0,17 m2, boshqalariga esa 0,12 m2 joy ajratilib, 10 - 20 boshdan joylashtiriladi. Naslli quyonchalar 3 oyligida erkaklari bir boshdan, urg’ochilari 2 boshdan kataklarga joylashtiriladi. Havoning issiq vaqtlarida quyonchalarni o‘stirishda har biriga 0,4 m2 hisobida cheklangan yayratish maydoni va qo‘riqlash uychalaridan foydalaniladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p boshdan guruh qilib saqlansa terilarining sifati pasayadi.

Quyon go‘shtini ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun broyler usulida boqish quyonchilikda keng qo‘llanilmoqda. Go‘sht uchun «broyler» quyonchalar onasi bilan 60 - 70 kunligigacha birga turadi va og’irligi 1,8 - 2 kg gacha yetadi.

Quyonlar bosh sonini ko‘paytirishda yosh urg’ochi quyonlar 5 - 6 oyligida qochiriladi, erkaklaridan esa 7 oyligidan qochirishda foydalaniladi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish