Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


O‘rdaklarni saqlashda gigiyena talablari



Download 0,8 Mb.
bet27/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

O‘rdaklarni saqlashda gigiyena talablari - boshqa turdagi parrandalar qatori o‘rdak boqish ham keng tarqalgan. Keyingi yillarda yil davomida o‘rdaklarni suv havzasisiz intensiv ravishda o‘stirish va o‘rdak go‘shti yetkazish keng qo‘llanilmoqda. O‘rdak go‘shti yetkazish bilan ixtisoslashgan xo‘jaliklar shug’ullanadi. Ixtisoslashgan o‘rdak go‘shti yetkazadigan parrandachilik fabrikasi yirik korxona hisoblanadi. U yerda barcha texnologik jarayonlar mujassamlashgan ya’ni o‘rdak tuxumini inkubasiya qilish, ona o‘rdaklarni o‘stirish va saqlash, jo‘jalarni o‘stirish va saqlash va boshqa ishlab chiqarish jarayonlari mavjud.

Go‘sht yo‘nalishidagi o‘rdaklar fermalarda o‘stiriladi. 50-55 kunligida ularning og’irligi 2,2 - 2,5 kg ga yetadi.

Inkubasiya qilinadigan tuxum olish uchun ona o‘rdaklar o‘stiriladi. Katta o‘rdaklar qalin to‘shamalar solingan polda saqlanadi. Asfalt qilingan yayrash maydoniga chiqadigan yo‘l qilinadi. Parrandaxona bo‘limlarga bo‘linib, ularda 25- 75 boshgacha o‘rdak saqlanadi. Har bir bo‘limdagi uyalarga 4 - 5 o‘rdak to‘g’ri keladi. Bu uyalar ochiq bo‘lib, 50 x 30 sm o‘lchamdagi teshiklari bo‘ladi va 20 sm balandlikda o‘rnatiladi. Quruq oziqa bilan oziqlantirilganda har bir o‘rdak uchun oxur uzunligi 2,5 - 3 sm, ho‘l oziqalar berilsa 15 sm bo‘ladi. O‘rdaklarni xar 1 m2 pol yuzasiga 2 - 3 boshdan joylashtiriladi. O‘rdakxonalarda havoning harorati +14°C, nisbiy namlik 70 - 80 %, yorug’ kunning uzunligi 15 - 16 soat, sun’iy yorug’lik 5 vt/m2 bo‘lishi kerak. O‘rdaklar yopiq binolarda saqlansa havoning sovuq vaqtlarida 1 kg tirik vaznga havoning almashinishi 1,4 - 1,7 m3/soat, boshqa vaqtda 3,3 - 3,4 m3/soatga to‘g’ri keladi.

Ixtisoslashgan xo‘jaliklarda o‘rdaklar jo‘jasi katakli batareyalarda, 10 kunligigacha har bir katakda 30 tagacha saqlanadi. Bu vaqtda batareya zalida havoning haroratini +28 - 30°C va nisbiy namlikni 65 – 75 % da saqlash zarur. Jo‘jalarni 30 kunligidan boshlab bo‘rdoqiga boqiladi. O‘rdak jo‘jalari 55-60 kunligida vazni 2,1 - 2,3 kg ga yetganda go‘shtga topshiriladi.

O‘rdaklarni mahalliy oziqalar bilan oziqlantiradigan va suvda saklanadigan xo‘jaliklarda jo‘jalar 2-3 hafta polda yoki kataklarda saqlanib, keyinchalik suvga yaqin joylarda boqiladi. Suv havzalariga o‘rdaklar havoning iliq vaqtlarida, suvning harorati +14°C ga yetganda o‘tkaziladi. 1 ga suv havzasida 200 boshgacha go‘sht yo‘nalishidagi o‘rdakni boqish mumkin. O‘rdaklarni tabiiy oziqalarga boy suv havzalarida boqish 30 % gacha oziqani tejash imkonini beradi. Ular 60 - 65 kunligida yaxshi semizlikka va vaznga ega bo‘ladi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish