Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


Baliqchilik havzalari suviga bo‘lgan gigiyena talablari



Download 0,8 Mb.
bet24/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Baliqchilik havzalari suviga bo‘lgan gigiyena talablari - baliqchilik havzalariga baliklarning ko‘payishi va o‘sishi uchun yaroqli bo‘lgan suv manbalaridan foydalaniladi. Suv sifatini ozroq o‘zgarishi baliqlarning hayot sharoitiga unchalik ta’sir qilmaydi. Ammo, suv manbalariga oqava ouvlar, pestisidlar va boshqalar tushsa albatta baliqlarni nobud qiladi.

Suv baliqlar uchun tashqi muhit bo‘lib, uning hamma hayot jarayonlariga ta’sir etadi. Shuning uchui baliq organizmida fiziologak jarayonlarni to‘g’ri kechishi uchun suv xavzalarida zaruriy gigiyena-sanitariya sharoitni barpo etish bilan ularni o‘sish va rivojlanishiga, kasalliklarga nisbatan chidamliligini oshishiga erishiladi.

Baliqlarning biologik xususiyati tabiiy suvlarning fizik va gidrokimyoviy holatiga bog’liq bo‘ladi. Baliqlarning hayotida ouvning harorati, gaz va tuz tarkibi alohida o‘ringa ega.

Suvning harorati - havzalardagi suvning harorati baliqlarning o‘sish va rivojlanishi, shuningdek kasalliklarni kelib chiqishiga sezilarli ta’sir qiladi. Chuchuk suvli suv havzalarida yil davomida harorat 0 dan +30°C atrofida bo‘ladi. Kuchli mineralizasiyalangan suvlar hatto -5°C gacha sovisa ham muzlamaydi. Shunday vaqtda hatto 0 - 20C past harorat ham va +30°C yuqori harorat ham baliqlarga noxush ta’snr etadi. Past haroratlar karp baliqlarini fiziologik jarayonlarini sekinlashtiradi, uzoq davom etsa asab faoliyati, nafas olish va qon aylanish tizimini buzadi.

Suvning +30°C dan yuqori haroratida baliqlar oyqulog’ining barglari kuyadi, terilarida shilimshiqsimon oq dog’lar paydo bo‘ladi. Oyquloq barglari oqaradi, mayda qon tomirlari yorilib qon ketadi va oqibatda nekroz hollari yuz beradi. Natijada bu baliqlar o‘lib kstadi. Suvning yukori harorati va organik moddalar bilan ifloslanishi bronxiometkoz epizootiyasini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bahor - yoz mavsumlarida suvning harorati +200 - 25°C atrofida bo‘lsa o‘tkir kechadigan krasnuxa va suzish pufakchalarini yallig’lanish kasalliklari paydo bo‘lishi mu:mkin. Suv haroratini yuqori va past darajada tez-tez o‘zgarib turishi baliqlar uchun mavjud tabiiy oziqalarni ko‘payishi va uni baliqlar tomondan iste’mol qilishiga ta’sir etadi.

Issiq suvda o‘sadigan baliqlar +220 - 28°C haroratda intensiv oziqlanadi va o‘sadi. Ular suvning harorati +130 - 22°C da urug’ qo‘yadi. Karp balig’ini +12°C da ko‘payish xususiyati yo‘qoladi, oziqani yomon yeydi. +10°C da esa kam harakatchan bo‘lib, o‘sishi sekinlashadi. Harorat +20 - 40C ga tushsa umuman oziqlanmaydi. Yosh karp baliqchalarining qishlaydigan havzalarida suvning harorati +10 - 2°C dan past bo‘lmasligi kerak. Sovuq suvni yoqtiradigan baliqlar uchun suvning harorati +80 - 16°C da yaxshi oziqlanadi, o‘sadi va rivojlanadi. +10°C dan past bo‘lsa ham urug’ qo‘yadi. Tovlanuvchi forel baliqlari uchun suvning harorati +160 – 180C va sevan foreli uchun +80 – 120C yaxshi hisoblanadi.

Suvning issiqlik harorati yomon ta’sir etuvchi baliqlar kichik, kam suvli havzalarda boqilsa ularga kuchli ta’sir etadi. Shuning uchun bu havzalarga doimo suv kirib, chiqib tursa haroratni yaxshilashga erishiladi. Yosh suv o‘simliklari yordamida ham boshqarish mumkin. Chunki o‘simliklar o‘sgan suvnig harorati o‘tsiz suvlarga qaraganda past bo‘ladi.

Baliqlarni qishda saqlaganda ariq, kanallarni issiq isitish va qishlovchi havzalar suvini almashtirishni boshqarish kerak. Suv haroratini har kuni nazorat qilib boriladi.

Havza suvlarida erigan gazlar - havza suvlari atmosfera havosi bilan to‘qnashib, havodagi azot, kislorod va karbonat angidrid gazlarini yutadi. Bu gazlar suvdagi hamma o‘simliklar va hayvonlar uchun katta ahamiyatga ega. Ular suvda gigiyenik muhitni paydo qilib, baliqlarga to‘g’ridan-to‘g’ri ta’sir etishi mumkin. Suvda erigan kislorod, karbonat angidrid, vodorod sulfid va metan gazlari ko‘proq ahamiyatga ega.

Kislorod - erigan kislorod baliqlar hayotida juda zarur. Havoning harorati, atmosfera bosimi, shamol ta’sirida suvning to‘lqinlanishi - aralashishi va suvdagn o‘sayotgan o‘simliklarga qarab kislorodning miqdori o‘zgaradi. Suvda organik moddalar ko‘p bo‘lsa ularning oksidlanishiga ko‘p miqdorda kislorod sarf bo‘lib, erigan holdagn kislorodning miqdori kamayadi. Suv havzalarida erigan kislorod miqdori 0 dan 14,5 mg/l gacha bo‘ladi.

Karp baliqlari suvning tarkibida erigan kislorod miqdori 6 - 7 mg/l, karas balig’i esa 0,5 - 0,7 mg/l bo‘lganda yashay oladi. Forel balig’i 7 - 8 dan 10 mg/l gacha talab etadi.

Baliqlar kislorodi kam suvlarda saqlansa ularning harakatchanligi susayadi, oziqlanishi birdan pasayadi, oriqlaydi va har xil kasalliklarga nisbatan chidamliligi pasayadi.

Suvniing tarkibida erigan kislorod kam bo‘lsa qishlaydigan havza baliqlariga katta ta’sir etadi. Uning miqdori 2,5 - 3 mg/l gacha kamaysa baliqlar bezovtalanadi va ular suvning betiga chiqib qoladi.

Yoz paytlari suvda kislorod yetishmasa uning miqdorini quyidagi yo‘llar bilan ko‘tarish mumkin: 1. Kam suvli havzalarga suv kirish oqimini ko‘paytirish; 2. Havzalar ustida sun’iy yomg’ir yog’adigan qurilmalarni o‘rnatish; 3. Suv oqib kiradigan yullarga aeratorlar o‘rnatish; 4. Motorli qayiqlar yordamida suvni aralashtirish.

Qishlaydigan havzalardagi suv tarkibidagi erigan kislorodni suvni tez-tez almashtirish va aeratorlar o‘rnatish yo‘li bilan hamda kompressorlar bilan so‘rilgan havoni sachratish yo‘li bilan boyitish mumkin.




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish