Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari



Download 0,8 Mb.
bet25/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Karbonat angidrid - qariyib hamma vaqt suvda bo‘ladi. U erkin holida gaz va birikmalar ya’ni tuzlar holida uchraydi. Karbonat angidridining asosiy paydo bo‘lish manbai bo‘lib biologik jarayonlar, ya’ni havzalarda kechadigan organik moddalarni chirishi, o‘simliklarni va suv hayvonlarini chirishi hamda atmosfera havosidan ajradigan gaz hisobida bo‘ladi. Havzalar suvida erkin holidagi karbonat angidrid gazining miqdori 20 - 30 mg/l dan oshmasligi kerak. Havzalarda ko‘k o‘simliklarni bor-yo‘qligiga qarab har kuni erkin holdagi karbonat angidrid gazini miqdori o‘zgarib turishi kuzatiladi. Kunduz kunlari fotosintez tufayli karbonat angidrid yo‘qoladi, kechasi esa yig’iladi.

Suvning tarkibida kislorod yetarli bo‘lsada, karbonat angidrid miqdori ko‘paysa baliqlarga salbiy ta’sir etadi. Bundan vaqtda baliqlarni oziqlanishi tezda pasayadi, o‘sishi sekinlashadi va kasalliklar paydo bo‘ladi. Yoz vaqtlari suvning tarkibida erkin holidagi karbonat angidridining miqdori 200 mg/l ga yetsa karp baliqlari nobud bo‘dadi. Forel baliqlariga esa 60 mg/l ham qattiq ta’sir etadi. Shu tufayli havza suvlaridagi erkin karbonat angidrid gazini nazorat qilib turish kerak, kislorod yetishmasa baliqlar yig’ilib to‘da bo‘lib turadilar.

Havza suvlarida erkin karbonat aigidridning miqdori yozda 20 mg/l va qishda 40 mg/l dan oshmasligi kerak.

Suvdagi vodorod sulfid va metan - havza suvlarida anaerob sharoitda organik moddalarning chirishi tufayli ba’zan vodorod sulfid va metan gazlari hosil bo‘ladi. Vodorod sulfidning miqdori 1 mg/l ga yetsa baliqlarni nafas olishi pasayadi va ular kislorodni hazm qilish qobiliyatini yo‘qotadi, nafas olish harakati susayib halok bo‘ladi.

Metan ham xuddi vodorod sulfiddek havzalar tubida kislorodni kamaytirishi tufayli baliqlar suv betiga chiqib qoladi. Suvni yuqori qismida baliqlar doimo harakatda bo‘lishi tufayli oriqlaydi va har xil kasalliklarga tez chalinadi. Suvning tarkibida metan 1-3 mg/l bo‘lsa ko‘pgina baliqlarni zaharlaydi.

Urug’ qo‘yilgan havza suvlarining tarkibidagi gazlar urug’ qo‘yish davrida har kuni tekshiriladi. Qishlaydigan havzalarda esa har 10 kunda bir marta, boshqa havzalarda ham 10 - 15 kunda tekshirilib turiladi. Yoz vaqtlarida iloji boricha kuniga ikki marta - ertalab va kechqurun tekshiriladi.

Suvda erigan mineral moddalar - suvning tarkibidagi mineral moddalarni tarkibi va miqdori (kalsiy, fosfor, kadmiy, magniy, natriy, oltingugurt, temir va boshqalar) havzalardagi oziqa bazalariga bog’liq. Bular baliqlarning rivojlanishi va vazniga ta’sir etadi. Havza suvlarida mineral tuzlar yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.

Suvning qattiqligi - suvning qattikligi kalsiy va magniy oksidi tuzlariga bog’liq bo‘ladi. Havza suvlarida bulardan tashqari sulfat oksid tuzlari ham bo‘lishi mumkin. Karp baliqlari uchun suvning qattiqligi 1,8 - 1,9 mg/ekv/l bo‘lsa qulay hisoblanadi, Forel baliqlari uchun esa 2,9 - 4,28 mg/ ekv/l dan kam bo‘lmasligi kerak.

Havza baliqchiligada suvning qattiqligi gigiyena tamondan ahamiyatli bo‘lib, u ishqoriy muhitni paydo qilib, suvni achishiga yo‘l qo‘ymaydi.



Suvning oksidlanishi - bu 1 l suvdagi organik moddalarni oksidlanishi uchun sarf bo‘lgan erigan kislorod miqdori bilan belgilanadi. Tabiiy havza suvlarida suvning oksidlanishi 10 - 12 mg/l dan oshmaydi. Suv havzalarini suv bossa, suvlarga o‘g’it solinganda va oqava suvlar qo‘shilsa oksidlanish miqdori ortib ketadi. Suvning oksidlanishini oshib borishi natijasida kislorod kamayadi va baliqlar karaxt bo‘lib, nobud bo‘ladi. Suv havzalarida karp baliqlari uchun oksidlanish 15 - 20 mg/l dan oshmasligi kerak.

Suvning aktiv reaksiyasi (pH) - suvning pH ham havza baliqlarini hayot faoliyatiga ta’sir etadi. Karp baliqlarida pH ni pasayishidan oyqulog’i barglari kasallanadi va yaralangan joylarda esa mikroorganizmlar rivojlanib baliqlarni nobud bo‘lishga olib keladi. Vodorod ionlarining 6,4 dan pasayishi yosh karp baliqlarida gelmintlarni ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Baliqchilik havza suvlarida pH 7 - 8 atrofida ya’ni neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda bo‘lishi eng qulay hisoblanadi.

Azot va fosfor - baliqlarni hayot faoliyati va mahsuldorligida azot va fosfor zaruriy elementlardan hisoblanadi. Oksid moddalarni chirishidan azotning murakkab birikmalari, undan ammiak va azot kislotalari tuzlari ya’ni nitritlar va nitratlar hosil bo‘ladi. Suvda fosfor kislotalar shaklida uchraydi. Uning miqdori ortib ketsa suvda kislorodning kamayishi tufayli baliqlar o‘ladi. Suv tarkibida azotning miqdori karp baliqlari yashaydigan havzalarda yoz vaqtlarida albunoidli azot 1,0 mg/l, ammiak 1 mg/l, azot nitrati 0,1 mg/l, qish vaqtlarida esa albunoidli azot 0,5 mg/l, ammiak 1,0 mg/l, azat nitrati 1 - 2 mg/l, azot nitriti izlari bo‘lishi kerak. Fosforning miqdori qishlovchi havza suvlarida 0,5 mg/l dan oshmasligi kerak. Suvning tarkibida erkin ammiakni miqdori 0,2 - 1,0 mg/l bo‘lsa baliqlar zaharlanadi.

Sulfatlar - havza suvlarida kelib chiqishi jihatidan sulfatlar mineral va organik natriy bisulfat yoki magniy bisulfat shakllarida uchraydi. Organik shaklda kelib chiqqan sulfatlar gigiyenik tomondan ahamiyatga ega, ya’ni shunga qarab suvning ifloslik darajasini bilish mumkin. Baliqchilik havza suvlarida uning miqdori 20 - 30 mg/l dan oshmasligi kerak.

Temir - suv hayvonlari va o‘simliklar o‘z hayot faoliyati uchun temir moddalari juda zarurdir. Ammo uning miqdori ko‘payib ketsa ya’ni 1,5 mg/l va undan oshib ketsa suv havzasini mahsuldorligi pasayadi, ular baliqlarning oyquloq barglariga o‘tirib nafas olishini qiyinlashtiradi, bo‘g’iladi va halok bo‘ladi. Temirning miqdori havza suvlarida 1,0 mg/l dan oshmasliga kerak.

Havza baliqchiligida chorvachilik fermalari oqava suvlari va suvda suzuvchi parrandalarning ajratgan tezaklari juda xavfli hisoblanadi. Ularning tarkibida organik moddalar juda ko‘p bo‘ladi. Ko‘p miqdorda havzalarga tushishi tufayli ular chiriydi va ammiak, vodorod sulfid va boshqa zararli moddalarni ajratadi. Bular esa baliqlarga zararli ta’sir etadi. Ayniqsa baliqchilik havzalariga sanoat korxonalari, kommunal va boshqa ishlab chiqarishlarning oqava chiqindi suvlari tushishi mutlaqo mumkin emas.




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish