Reja: Angidrid nima?



Download 427,32 Kb.
bet1/2
Sana01.07.2021
Hajmi427,32 Kb.
#106077
  1   2
Bog'liq
angidrid




Mavzu: Angidrid va gips

Reja:

  1. Angidrid nima?

  2. Gips nima?

  3. Atmosferadagi karbonot angidrid gazi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

1. ANGIDRID (yun. an — inkor qoʻshimchasi va hydor — suv) — biror elementning kislorod bilan birikmasi. Metallmaslarning va baʼzi metallarning yuqori oksidlari Angidrid dir. Angidrid ikki usulda:

1) oddiy moddaning kislorod bilan birikishidan;



2) kislotani qizdirib, suvsizlantirishdan hosil boʻladi. Anorganik kislotalarning Angidrid lari kabi organik kislotalarning Angidridlari ham maʼlum. Mas, sirka A. (SN3SO)2O, benzoy Angidrid (S6N5SO)2O va b. kimyo sanoatida atsillovchi vosita sifatida karbon kislota qoldigʻi RCO ni birikmalarga kiritish uchun qoʻllaniladi.


2. Gips (yun. gypsos — boʻr, ohak) — 1)tabiiy G. — mineral; suvli kalsiy sulfat tuzi CaSO42H2O; tarkibida sof holda SaO (32,56%). SO3 (46,51%), N2O (20,93%) boʻladi. Monoklin sistemada kristallanadi. Kristallari plastinkasimon, ustunsimon, ninasimon va tolasimon koʻrinishda boʻladi. Koʻpincha, tutash donador, tolasimon massalar, turli kristallik guruxlar tarzida uchraydi. Toza G. rangsiz va shaffof; tarkibida qoʻshilmalar boʻlgani kulrang , sargʻish, qoʻngʻir va b. rangli boʻladi. Mineralogik shkala boʻyicha qattikligi 1,5—2; zichligi 2300 km/m3. 20° da suvda eruvchanligi 2,05 g—l. 170° atrofida qizdirilganda yarimgidrat CaSO4 0,5 N2O (alebastr) ga, undan yuqori t-rada esa angidrid CaSO4 ga aylanadi. G. suvi kuriy boshlagan koʻl va dengiz havzalarida sulfat tuzlarining choʻkishidan paydo boʻladi. G. zaxiralari esa asosan gidrotermal jarayonlar hamda angidridning gidratlashishi natijasida hosil boʻladi. Gips qatlamlari Oʻzbekistonning Fargʻona (Quvasoy), Buxoro (Kogon) va Surxondaryo viloyatlarida topilgan; 2) qurilish G.— CaSO40,5H2O — havoda tez birikadigan va tez qotadigan bogʻlovchi modda; tabiiy G.ni 140—190° t-rada pishirib olinadi. Qovushoq materiallar tayyorlashda, gips-beton, gips-beton buyumlar, koshinkor toshlar, boʻyoqlar i.ch.da, tibbiyotda (gips bogʻlovchilar tayyorlashda), haykaltaroshlikda, suvoqchilik ishlarida ishlatiladi.



3. Yer yuzidagi tirik organizmlarning yashashi uchun eng zarur shartlardan biri – Yerni o`rab olgan havo qobig`i - atmosferaning mavjudligiir. Atmosfera bo`lmaganida Yer yuzi quyosh radiatsiyasining ta`sirida kunduzi  +100°C gacha isigan kechasi esa    -100°C gacha sovigan bo`lar edi. Havo tarkibini asosan azot, kislorod, argon va karbonat angidrid gazi tashkil etadi.  Atmosferaning Yer yuzidan 50-100 m balandlikkacha bo`lgan qatlami Yerga tushish  qatlami deb yuritilib, o`simliklar shu qatlamdagi havoning turli fizik xossalari ta`sirida o`sadi.  Havo tarkibidagi har bir gazning o`simliklar hayotida o`z o`rni mavjud. Ushbu maqolada biz karbonat angidrid gazining yerdagi o`simliklar hayoida t tutgan o`rni haqida so`z yuritamiz.
Havo tarkibidagi CO2 gazi hozirda  hajm bo`yicha 0,033 % ni tashkil etib,  vaqtga nisbatan  va geografik kenglikka qarab  uning miqdori  o`zgarib turadi. Biroq CO2 gazining o`simliklarda kechadigan fiziologik jarayonlarda o`rni beqiyos.  Bu gaz tirik  inson va hayvonlarning hafas chiqarishida, mineral yoqilg`ilarning yonishida, organik moddalarning chirishi va parchalanishida ajralib chiqadi va turli yo`llar bilan atmosferaga ko`tariladi. Shuningdek bu gaz sezilarli miqdorda tuproqdan ham ajralib chiqadi. Tuproq havosidagi asosiy gaz sifatida kisloroddan keyingi o`rinda karbonat angidrid hisoblanadi. Tuproq havosi o`simlik organizmlari uchun zarur omillardan biri bo`lib, u o`simlik ilodizlarining nafas olishi uchun zarur va tuproqda havo yetarli bo`lgandagina o`simliklar yaxshi o`sadi va   rivojlanadi.
 Tuproq havosi tarkibidagi CO2 gazi miqdori atmosfera havosidagi miqdoridan o`nlab, hattoki yuzlab marta katta bo`ladi.  Ma`lumotlarga qaraganda fizik xossalari qulay,  havo yaxshi kirib turadigan sharoitda tuproq havosidagi  CO2 miqdori  o`simliklar vegetatsiyasi davrida 1-2% dan oshmaydi. Biroq tuproq tarkibida karbonat angidrid miqdori ko`payib ketsa, tuproq havosidan kislorodni siqib chiqarib, o`simlik ildizining nafas olishini qiyinlashtiradi. Shu sababli tuproqda karbonat angidrid gazi miqdorining oshishiga y`ol qo`ymaslik va tuproq aeratsiyasi- atmosfera bilan tuproq orasidagi havo almashinish jarayononini yaxshilash va ekinlarda qator oralig`ini o`z vaqtida ishlash kerak. Nafaqat atmosferadagi balki tuproq havosi tarkibidagi  karbonat angidridning miqdori va u bilan yuz beradigan jarayonlar ekinlardan yuqori hosil olishda ham o`z o`rniga ega.
 Atmosfera havosiga nisbatan tuproq havosida kislorodning kamligi tufayli u tuproq ichiga karbonat angidrid esa havo tarkibida kam bo`lganligi uchun uzluksiz ravishda  tuproqdan havoga chiqib turadi, ya`ni diffuziya hodisasi yuz beradi. Ma`lumotlarga qaraganda 1 gektar yerdan sutkasiga 400-600 kg karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi.   
Natijada vaqt o`tgan sari atmosferadagi bu gazning miqori ortib borishi kerak edi. Biroq o`simliklar fotosintez jarayonida karbonat angidridni yutib, kislorod chiqaradi va COning atmosfera tarkibida ko`payib ketishiga yo`l qo`ymaydi. Oxirgi paytlarda  atmosferadagi CO ning miqdori odatdagidan 10-12% ga ko`paygan. Agar uning miqdori 0,1 % ga yetsa inson hayoti uchun xavf tug`ilib, uning nafas olishi qiyinlashadi.
Atmosferadagi bu gaz quyosh nuriy energiyasini bir qismini yutadi, yer yuzasidan issiqlik nurlanishi tufayli tarqalayotgan uzun to`lqinlarni 4,31  1,44, 1,60, 2,02, 2,70  mkmli infraqizil nurlarni yutib, atmosferdan tashqariga chiqarmaydi va yerni nurlanish ta`sirida ortiqcha sovib ketisiga yo`l qo`ymaydi. Demak bu gaz qaysidir ma`noda  issiqxona oynasi vazifasini bajaradi. Bu “issiqxona effekti” deb yuritiladi.  Karbonat angidrid gazi  quyosh radiatsiyasini yaxshi o`tkazadi. Biroq uzun to`lqinli infraqizil nurlarni esa yomon o`tkazadi. Natijada   yer yuzasidan tarqalayotgan issiqlik nurini 18%  aynan shu gaz tomonidan tutib qolinadi.
Ma`lum bo`lishicha 2050 yillarga qadar yer sirtidagi o`rtacha harorat 3-4° ga ortishi kutilmoqda.  Karbonat angidridning issiqxona effektida ishtirok etishini iqlimda ro`y beradigan geologik o`zgarishlar bilan tushuntiriladi. Ma`lumki,  CO gazi vulqonlar otilishida ham vujudga keladi.  Yerning vulqonlar bilan bog`liq faoliyati  har xil davrlarda har xil bo`lgan.  Toshko`mir davrida atmosfera tarkibida CO2 gazi miqdori ko`p bo`lib,  bu esa yer shari haroratining yuqori bo`lishiga va o`simliklarning  nihoyatta tez o`sishi va rivojlanishiga sabab bo`lgan. Bu esa,  hozirda insoniyat foydalanayotgan toshko`mir zahiralarinining to`planishiga, ya`ni quyosh energiyasining uzoq vaqt davomida konsentratlanishiga sabab bo`lgan.
 Amosferadagi bu gaz miqdorini me`yorlashtirishda o`simliklarning ahamiyati katta. CO gazi o`simliklarning o`sishi, rivojlanishi, assimilyatsiya va oziqlanishi uchun zarur.  O`simliklar fotosintez jarayonida yiliga 174 milliard tonna COni o`zlashtirib, 500 milliard tonnaga yaqin kislorod ajratib chiqaradi.  Karbonat angidrid .gazi yashil o`simliklarda fotosintez jarayonlari uchun  zarur. Bu jarayonda o`simlik havodagi karbonat angidrid gazini yutib, havoga erkin kislorodni ajratib chiqaradi. 
 O`simliklarda  fotosintez va nafas olish jarayonlari ayni bir vaqtda o`tadi, ammo fotosintez jarayoni faqat yorug`lik ta`sirida o`tsa, nafas olish jarayoni esa kechasi ham o`taveradi.  O`simliklar ham uzluksiz nafas oladi. Bu jarayon to`xtasa o`simlik nobud bo`ladi. O`simliklarni nafas olish jarayoni fotosintez jarayoniga teskari bo`lib, bu jarayonda organik moddalar  anaerob sharoitda oksidlanib, karbonat angidrid gazini va suvni hosil qiladi va issiqlik energiyasi ajralib chiqadi. Ajralgan bu energiya o`simlikning o`sish va rivojlanish, harakatlanish jarayoni kabilarga sarflanadi.
O`simliklarda organik moddalarning jadal to`planishi va ekin yaxshi o`sishi uchun kunduzgi harorat tungi haroratdan yuqori bo`lishi kerak. Kechasi fotosintez jarayoni to`xtaydi, ammo kunduz kuni to`plagan organik moddalarning nafas olishga sarflanishi davom etaveradi. Kunduz kuni o`simlikda organik moddalar to`planadi va nafas olish uchun qisman sarflanib turadi. Tungi past haroratlarda  organik moddalar kamroq sarf bo`ladi, ular o`simlikda to`planadi hamda  ekinlar yaxshi o`sa boshlaydi. Shuning uchun issiqxonalarda havo haroratini kechasi sun`iy ravishda kunduzgi haroratdan 5-7°C pastroq bo`lishi  ta`minlanadi. Havo harorati ortishi bilan  o`simliklarning nafas olish tezligi ham ortadi. Uning maksimal qiymati 35-40°C da yuz beradi. Haroratning 50°C ga qadar ortishi bilan kamayadi .   Harorat 50°C ga yetganda butunlay to`xtaydi.
O`simliklarning dastlabki  rivojlanish davrida CO gazi muhim rol o`ynaydi. Atmosfera tarkibidagi  CO gazi miqdori  o`simliklar uchun yetarli emas. Tajribalarning ko`rsatishicha  COning ko`payishi fotosintez intensivligini orttiradi, o`simliklarning o`sishi va rivojlanishi yaxshilanadi, hosildorlik ortadi. Turli xil o`simliklar uchun bu gaz miqorining optimal qiymatlari ham har xil.
Osimliklar o`sadigan territoriyalarda bu gaz miqdorini oshirish uchun maydonlarning chetini  baland bo`yli o`simliklar bilan o`rab olish kerak bo`ladi. Chunki shamol ta`sirida  CO atmosferaga tarqab ketadi. Bunda chegaralab turgan baland bo`yli o`simliklar shamol yo`nalishiga nisbatan tik  va parallel holda joylashgan bo`lib, kataklarni hosil qilsa, effekt  yanada samaraliroq bo`ladi.
                    Kechasi atmosferadagi CO2                 miqdori kunduzgiga qaraganda ko`proq bo`ladi. Bu
o`simliklarning quyosh nuri bo`lmaganda fotosintez jarayonida ishtirok etmasligi bilan bir qatorda,  kunduzgi havo oqimining vertikal va gorizontal yo`nalishdagi harakati bilan bog`liq bo`ladi. Ochiq quyoshli kunlarda o`simliklarda oziqlanish – assimilyatsiya kuchayadi, shuningdek havo oqimlarining kunduzgi aralashishi ham tezroq yuz beradi va havodagi karbonat angidrid gazi miqdori kamayadi.
Havodagi karbonat angidrid gazini kamayishiga uni okean va dengiz suvlari tufayli yutilishi va yog`inlar tufayli yuvilib ketishi  sabab bo`ladi.
 Atmosfera tarkibida karbonat angidrid gazining ko`payishiga insonlarning sanoat va transport sohasidagi faoliyati ham ta`sir ko`rsatadi. Masalan 1000 t po`lat eritish chog`ida atmosferaga 50 t karbonat angidrid ajralib chiqadi. AQSh da bir yilda sanoat korxonalari tomonidan 142,2 mln. tonna karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi.
Avtomobil transporti  atmosferani eng ifloslantiruvchi manbaidir. Avtomobil ko`p bo`lgan Markaziy Osiyo mintaqasida 1990 yilda rеspublika xisasiga gaz chiqindilarining 60% yoki 2,9 mln tonnasini transport xissasiga to`g`ri kеlgan.
Avtomobil yo`llar tig`izliligi ikki marta oshishi natijasida transport tufayli havo N2, birikmalari Pb,   S gazlari C gazlari, uglеvodorodning  yonmagan qoldiqlari, zaxarli bеnzopеrin va boshqa moddalar miqdorining oshishiga olib kеldi.Avtomobil chiqindilarining xavfliigi shundaki, ular biosfеraning faol zonasiga tushadi. Ularning tarkibida tirik jonzot uchun xavfli bo`lgan qo`rg`oshin birikmalari bor. Avtomobil gaz chiqindilarining xavflilik jixati shundaki, ular atmosfеraning  yеrga yaqin qatlamida inson nafas oladigan  o`simliklar o`sadigan satxga tushadi. Toshkеnt shahrida 80% chiqindi gaz transport tufaylidir.  Har yili chiqindilar 300 ming tonnani tashkil etadi.  Yo`llar qoniqarsiz bo`lsa, ifloslanish 5-10 marta ortadi. Avtotransport vositalarini suyultirilgan gaz va gaz kondеnsati bilan ishlashga  o`tkazish chiqindilarni kamaytriadi.
 Atmosfera havosini tabiiy yo`l bilan tozalashda yashil o`simliklarning xizmati juda ham katta.  Ular boshqa zaharli gazlar qatorida karbonat angidridni ham yutib havoning tabiiy tozalanishiga xizmat qiladi.
Yuqorida  keltirilgan ma`limotlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, atmosfera tarkibida katbonat angidrid gazining miqdori kam bo`lishiga qaramasdan, u o`simliklar hayotida muhim rol o`ynaydi. Ya`ni o`simliklarda ro`y beradigan fotosintez jarayonida karbonat angidrid ishtirok etib, o`simliklarda organik moddalarni to`planishi uchun zarurdir.  
O`simliklarning dastlabki  rivojlanish davrida CO gazi muhim rol o`ynaydi. Atmosfera tarkibidagi  CO gazi miqdori  o`simliklar uchun yetarli emas. COning ko`payishi fotosintez intensivligini orttiradi, o`simliklarning o`sishi va rivojlanishi yaxshilanadi, hosildorlik ortadi. 
Kunduz kuni o`simlikda organik moddalar to`planadi va nafas olish uchun qisman sarflanib turadi. Tungi,  kunduzgidan nisbatan past haroratlarda  organik moddalar kamroq sarf bo`ladi, ular o`simlikda to`planadi hamda  ekinlar yaxshi o`sa boshlaydi.

Xulosa

Angidrid er atmosferasida gaz sifatida topiladigan kimyoviy birikma. U oddiy molekulalardan iborat bo'lib, ularning har biri bitta uglerod va ikkita kislorod atomiga ega. Shunday qilib, uning kimyoviy formulasi 


Download 427,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish