11-DARS
JADVALLAR USTIDA AMALLAR
Kalit so 'zlar. jadval, satr va ustun qo'shish, satr va ustunni olib tashlash, kataklarni birlashtirish, kataklarni bo'lish.
JADVALGA YANGI SATR YOKI USTUN QO'SHISH
Jadvalga yangi satr yoki ustun qo'shish uchun avval yurgich qo'shilishi lozim bo'lgan satr yoki ustunga qo'shni satr yoki ustunga joylashtiriladi. Maket menyusi tasmasining Satrlar va ustunlar (Строки и столбцы) guruhidan kerakli amal tanlanadi, masalan, agar satr yurgich joylashgan satrdan yuqoriga qo'shilishi kerak bo'lsa, u holda Yuqoriga joylash- tirilsin (Вставить сверху) tugmasi, agar ustun yurgich joylashgan ustundan chapga qo'shilishi kerak bo'lsa, u holda Chapga joylashtirilsin (Вставить слева) tugmasi tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |