Havo
Havo — gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodningtabiiy
aralashmasi. H. va suv taʼsirida Yer sirtida muhim geologik jarayonlar sodir boʻladi, ob-havo
va iqlim shakllanadi. H. deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun zarur kislorod
manbaidir (qarang
Aeroblar
,
Nafas
). Yoqilgʻining H.da yonishidan odamlar oʻz turmush va
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur issiqlik olishda qadimdan foydalanib kelishadi.
Utmishda olimlar H.ni mavjudlikning asosini tashkil etuvchi elementlardan biri deb
hisoblashgan. H.ni mustaqil modda degan tushuncha 18-asr oxirigacha davom etib keldi.
1775—77 yil fransuz kimyogari A.La-vuazye H. tarkibida azot va kislo-rod, 1894 yil ingliz olimi
U.Ramzay va J.Reley argon borligini isbotladi. Shundan keyin H. tarkibida boshqa inert gazlar
ham mavjudligi aniqdandi.
H. — muhim kimyoviy xom ashyo manbalaridan biridir. Sof quruq H.ning mol. m. 28.966, 0° da
dengiz sathidagi bosimi 1013,25 GPa; kritik temperaturasi — 140,7°, kritik bosimi 3,7 Mpa,
oʻzgarmas bosimdagi solishtirma issiqlik sigʻimi Sr 10,045-YU3j/(kg-K) (0-100° oralikda),
oʻzgarmas hajmda esaS-8,3710-103j/ (kgK) (0-1500° oraliqsa); yoruqchik nurini sindirish
koʻrsatkichi 1,00029, dielektrik singdiruvchanligi 1,000059 (0°da). Suvda eruvchanligi 0°da
0,036%, 25° da 0,22%. Atmosferaning Yerga yaqin qismi — troposferada massa jihatdan 80%
ga yaqin H. toʻplangan. Yer yuzidagi sof quruq havoning asosiy komponentlari jadvalda
koʻrsatilgan.
H.da juda oz miqdorda suv N20 (massa jihatdan 0,02—4%), sulfid angidrid §02, metan SN4,
ammiak MN,, uglerod (P)-oksid SO, uglevodorodlar, xlorid kislota NS1. ftorid kislota NGʻ,
simob bugʻlari, N§, yod I, radon Yap, ksenon Xe, shuningdek, azot (P)-oksid va koʻpgina
boshqa gazlar boʻladi. Tro-posferada doimo maʼlum miqdorda toʻzon va baʼzi tasodifiy
qoʻshimchalar uchraydi. H.dagi azot, kislorod va inert gazlar miqdori amalda oʻzgarmasdir.
Tirik organizmlar nafas olganda, yoqilgʻi yonganda, metallar eritilganda va boshqalarda
sarflanadigan kislorod miqdori yashil oʻsimliklar fotosintezi tufayli tiklanib turadi.
Vulkanlarning otilishi va radioaktiv elementlarning parchalanishi — inert gazlar (argon, geliy
va radon) manbaidir. Gazlarning eng yengili — geliy Ne koinotga uzluksiz ravishda tarqalib
turadi. Vodorod ham geliy kabi fazoga tarqaladi. Turli jarayonlar natijasida uning H.dagi
miqdori saqlanib turadi. H.dagi karbonat angidrid, suv bugʻi va toʻzon miqdori turli sharoitga
qarab oʻzgarishi mumkin. Katta miqdordagi SO, fotosin-tez jarayonlariga sarf boʻladi va oke-
an suvlariga yutiladi. Tabiatda kar-bonat angidrid yogʻoch va koʻmirning yonishi, tirik
organizmlarning nafas chiqarishi, chirish va h.k. natijasida hosil boʻladi. U karbonatli togʻ
jinslarining parchalanishi, vul-kan otilishidan ham yuzaga keladi.
Soʻnggi 100 yilda atmosfera H.si tarkibida SO, miqdori 10% ga ortdi. Uning asosiy qismi (360
mlrd. t) yoqilgʻi yoqish natijasida paydo boʻldi. Agar yoqilgʻi yoqish surʼatlari shu zaylda
davom etsa, yaqin 50— 60 yilda atmosferadagi S02miqdori 2 baravar ortadi va ob-havoning
keskin oʻzgarishiga sabab boʻlib, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yoqilgʻi yoqish — H.ni ifloslantiruvchi gazlar (SO, N0, §02) ning asosiy manbaidir. Sulfid angid-
rid H. kislorodi taʼsirida sulfat angidrid (§03) gacha oksidlanadi. §03 suv bugʻlari va ammiak
bilan reaksiyaga kirishib, sulfat kislota N,§04va ammoniy sulfat (1MN4)2§04hosil qiladi. Bu
birikmalar atmosfera yogʻinlari bilan birga Yer yuzasiga tushadi. Ichki yonuv dvigatelilan
foydalanish H.ni azot oksidlari, uglevo-dorodlar va qoʻrgʻoshin birikmalari bilan nihoyatda koʻp
ifloslantiradi. Sanoat korxonalari, issiqlik elektr st-yalari, avtotransport, oʻrmondagi yongʻinlar,
boʻron va toʻzonlar H.da qattiq zarralar (chang , tutun) miqdorini shu darajada koʻpaytiradiki,
natijada katta shaharlardagi Yer sir-tiga tushadigan quyosh radiatsiyasi ancha (20—40%)
kamayib ketadi. Qattiqzar-ralarning koʻp miqdorda atmosferaga koʻtarilishi planetada iqlim
oʻzgari-shiga olib keladi.
H.ning ifloslanishi odam, hayvon va oʻsimliklarning yashash sharoitini yomonlashtiradi,
alohida kasalliklarning koʻpayishi va baʼ-zan oʻlimga sabab boʻladigan darajaga yetishi
mumkin. H.ning radioak-tiv ifloslanishi ayniqsa xavfli (qarang
Radioaktiv chiqindilar
). H.ni
ifloslanishdan saqlash maqsadida sanoat gazlari atmosferagʻa chiqarishdan avval tozalanadi
(qarang
Gazlarni tozalash
).
Odamning normal hayot faoliyati uchun H.ning tarkibi, kislorod parsial bosimi katta
ahamiyatga ega. H.dagi kislorodning dengiz sathidan yuqori parsial bosimi 213,32 GPa ni
tashkil etadi; agar u 186.65 GPa gacha pasaysa, kishida kislorod yetishmasligi sezi-l&di,
nafas olishi chuqurlashadi, qon aylanishi tezlashadi. eritrotsit miq-dori koʻpayadi va h.k.
Parsial bosim 146,65 GPa gacha tushganda gipoksiya alomatlari yuz beradi. 66,66—89,93
GPa da hayot xavf ostida qoladi.
Suyuq havo zichligi 960 kg/m’ (— 192° temperatura va normal bosimda) boʻlgan zangori
rangli suyuqchik. Uning tarkibi turgʻun emas, chunki kislorodning bugʻlanish temperaturasi (—
183°) azotning bugʻlanish temperaturasi (—196°) dan yuqori boʻlganidan, suyuq H.da kis-lorod
atmosfera H.siga qaraganda birmuncha koʻp. Suyuq H. tarkibida taxminan 54% kislorod, 44%
azot va 2% inert gazlar boʻladi. Suyuq H. saqlanganda azot bugʻlanadi va natijada
kislorodning nisbiy miqdori yanada koʻpayib qoladi. Suyuq H.ning fraksiyali bugʻlanishidan sof
azot, kis-lorod, argon va boshqa inert gazlar olishda foydalaniladi. Suyuq H. poʻlat ballonlarda
150 atm bosimda saqlanadi, ballon qora rangga boʻyalib, ustiga "Siqilgan havo" deb yozib
qoʻyiladi.
Sunʼiy H. (aniqrogʻi nafas olishga yaroqli gazlar aralashmasi — sunʼiy atmosfera) dastlab
tibbiyotda kislorod tanqisligi kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarni davolashda ishlatilgan (40—
60% kislo-rodning oddiy H. bilan aralashmasi yoki 95% kislord bilan 5% SO, aralashmasi).
Bunday sunʼiy gaz aralashmasidan aviatsiyada, konchilikqutqaruv ishlarida va boshqalarda
foydalaniladi. Sunʼiy H. gʻavvoslik ishlarida ham muhim ahamiyatga ega. H. turli jarayonlarda,
chunonchi yoqilgʻini yondirishda, rudalardan metallarni eri-tib olishda (domna va marten
pechlarida), koʻpgina kimyoviy birikmalarni olishda kimyoviy agent sifatida ishlatiladi. H.
kislorod, azot, inert gazlar olishda muhim sanoat xom ashyosidir. H.ning fizik xos-salaridan
issiqdik va tovush oʻtkazmaydigan materiallar, elektr izolyatsiya qurilmalarida, elastiklik
xossasidan pnevmatik shinalarda foydalaniladi. Siqilgan H. mexanik ishlarni bajarishda
(pnevmatik mashinalar, purkash va toʻzitish qurilmalari, perforatorlar va h.k.) qoʻllanadi.
Iven M., Fillips L., Ximiya atmosferm, M., 1978; Uork K., Uorner S, Zagryazneniye vozduxa.
Istochniki i kontrol, per. s angl., M., 1980.
Rustam Maʼrupov.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Havo&a
ction=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Havo&oldid=2055886
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |