Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


Kurkalarni saqlashda gigiyena talablari



Download 0,8 Mb.
bet26/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

Kurkalarni saqlashda gigiyena talablari - kurkachilikda asosiy olinadigan mahsulot go‘sht hisoblanadi. Kurka jo‘jalarini o‘stirish to‘g’ri tashkil etilsa bir kg o‘sishga 3,5 - 4,5 kg oziqa sarflab, 90 - 100 kunligida kurka og’irligini 3,5 - 4 kg ga yetkazish mumkin. 120 - 150 kunligida kurkalar 4,5 - 6 kg og’irlikka yetadi.

Kurkalarni o‘stirish va saqlashda to‘yimli oziqa va mikroiqlim sharoitini ta’minlash alohida e’tiborni talab etadi. Naslli ona kurkalar keng hajmli alohida bo‘limlarga bo‘lingan binolarda va almashtirilmaydigan to‘shamalarda saqlanadi. Har bir bo‘limga 2,0 - 2,5 m2 pol yuzasi hisobida 500 boshgacha kurka joylashtiriladi. Har 4 - 5 bosh kurka uchun oddiy yoki mexanizasiyalashtirilgan uya qilinadi. Kurkalar asosan quruq oziqalar bilan boqiladi. Har bir kurka uchun oziqlanish oralig’i 8 sm, sug’orish oralig’i 4 sm uzunlikda qilinadi. Ona kurkalar saqlanadigan binolarda yil davomida harorat +16°C, nisbiy namlik 60 – 70 % bo‘lishi kerak. Havoning almashishi xar 1 kg tirik vazn hisobiga qish paytlari 1,2 - 1,5 m3 va boshqa paytlarda 6 m3 gacha bo‘ladi.

Zamonaviy kurka boqiladigan parrandachilik fabrikasi yirik korxona bo‘lib, u yerda yil davomida uzluksiz kurka jo‘jasi go‘shti yetishtiriladi. Bunda katta yoshdagi kurkalar saqlaydigan, inkubasiya qiladigan, tuxum yetkazadigan va bosh sonni to‘ldiruvchi yosh kurkalarni bokadigan va boshqa bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Inkubatoriyada bir kunlik jo‘ja chiqqandan so‘ng, ular saralanadi va 8 - 10 ming boshdan qilib batareya sexlaridagi kataklarga o‘tkazilib 20 - 30 kunligigacha boqiladi. O‘stiriladigan sexdan kurka jo‘jalari moslashadigan sexga o‘tkazilib 60 kunligigacha saqlanadi. Keyin yo‘nalishiga qarab o‘stiriladigan jo‘jalar bo‘rdoqichilik yoki bosh sonini to‘ldiradigan binolarga o‘tkaziladi. Yoz paytlari o‘sishdagi jo‘jalar lagerlarga chiqariladi.

Bir kunlik jo‘jalar KBE-1 katakli batareyada boqiladi. Har bir katakka 12 boshdan joylashtiriladi yoki xar 1 m2 katak pol yuzasiga 30 boshdan kurka to‘g’ri keladi. Polda saqlanganda jo‘jalarning zichligi 31 - 60 kunligida 8 ta, 61 - 90 kunligida 5 ta, 91 - 180 kunligida 3 tadan har 1 m2 pol yuzasiga joylashtiriladi. Parrandaxonalar ichida ularni o‘tirishi uchun qo‘noqlar qilinadi. Qo‘noqlarning uzunligi har bir kurka uchun 35 - 40 sm bo‘lishi va qo‘noqlar yog’ochining oralig’i esa 50 sm bo‘lishi kerak. Qo‘noq yog’ochlarini kengligi 6 sm, poldan balandligi 50 sm bo‘ladi. Polda saqlanganda jo‘jalar uchun havoning harorati +220 - 20°C, bruderlarning soyaboni tagida birinchi kunlari +320 - 31°C va nisbiy namligi 60 – 70 % bo‘ladi.

Jo‘jalar kataklarda saqlanganda bino harorati 1-3 kunligida +310-30°C, nisbiy namligi 74 – 72 %, 4 - 5 kunligida esa +290 - 28°C va 72 – 70 %, 6 - 10 kunligida +270 - 240C va 70 – 64 %, 11 - 15 kunligida +240 - 23°C va 64 – 62 %, 16 - 20 kunligida esa +220 - 21°C va 62 – 60 % bo‘lishi kerak.

60 - kunlikgacha bo‘lgan jo‘jalar uchun havoning almashinishi har bir kg tirik vazniga sovuq vaqtlarda 1,1 - 1,4 m3, fasldan faslga o‘tish davrida 1,7 - 4,6 va havoning issiq paytlarida esa 5 - 7 m3 ga to‘g’ri kelishi kerak.

Kurkalarni boqishda oziqlantirish asosiy o‘rinni egallaydi. Ularni hamma vaqt to‘yimli oziqalar bilan ta’minlash zarur. Kurkalar, ayniqsa yoshlari doimo ko‘k oziqalarga ya’ni o‘stirilgan don, ko‘k piyoz va boshqalarga muhtoj bo‘ladi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish