Chirchiq davlat pedagogika instituti fizika kimyo fakulteti



Download 56,92 Kb.
bet1/13
Sana09.07.2022
Hajmi56,92 Kb.
#763083
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Azot. Azotning vodorodli birikmalari.azotning kislorodli birikmalari.Nitratat kislota mavzusini KEYS-STADI va STEM tibbiyot ta\'lim texnalogiyalari asosida o\'qitish metodikasi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA KIMYO FAKULTETI
KIMYO O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI
19/1 –guruh(kechki) talabasi TURSUNOV ZOHIDNING
KIMYO O’QITISH METODIKASI FANIDAN

KURS ISHI


Mavzu: Azot. Azotning vodorodli birikmalari.azotning kislorodli birikmalari.Nitratat kislota mavzusini KEYS-STADI va STEM+tibbiyot ta'lim texnalogiyalari asosida o'qitish metodikasi

Topshirdi: Tursunov Z.


Qabul qildi: Mamasoliyev. U


CHIRCHIQ-2021


AZOT. AZOTNI VODORODLI BIRIKMASI AMMIAK AMMIAKTNI OLINISH XOSSALARI VA OSHLATILISHI
ASOSIY QISM
Kimyo fani ham boshqa fanlar qatori, odamlarning amaliy faoliyati natijasida vujudga kelgan. Kimyoga doir dastlabki bilimlarni o‘rganish dastlab qachondan boshlanganligi noma'lum, lekin Misrda, Xitoyda, Hindistonda, Yunonistonda bunday fikrlar jamlangan. Misrliklar rudalardan temirni suyuqlantirib olish, rangdor shisha hosil qilish, teri oshlash, o‘simliklardan dori darmonlar, buyoqlar va xushbo‘y moddalar ajratib olishni, sopol buyumlar yasashni bilishgan. Xitoy va Hindistonda kimyo korxonalari bundan ilgariroq vujudga kelgan. Alkimyo VII-XII asrlarda arab mamlakatlarida, XIII asrdan boshlab esa Yevropada rivojlana boshladi.Shu tarizda kimyoga olimlarda qiziqish ortdi. Kimyoviy elementlardan eng keng o'rganilganlaridan biri bu azotdir.
Azot
Azot guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi Azotning ochilish tarixi Azotning tabiatda uchrashi Azotning davriy sistemadagi o’rni Azot elementining olinishi Azotning element sifatida ishlatilishi Azotning xossalari Azotning vodorodli birikmalari. Ammiak Azotning kislorodli birikmalari Azоt kislоtalari va ularning tuzlari Azotli o`g`itlar
Azot – gaz bo‘lib, uning molekulasi ikki atomli bo‘ladi. Yer sayyorasi atmosferasining asosiy qismi azotdan iborat: uning butun atmosferadagi ulushi 4/5 qismni tashkil etadi. Sof holatda azot juda oz moddalar bilan birikadi va aksariyat tirik organizmlar uchun u kerak emas. Masalan biz o‘zimiz ham, har bir nafas olishimizda, katta miqdordagi azotni o‘pkalarimiga olib kiramiz va keyin uni qayta nafas chiqarish bilan chiqarib yuboramiz. Uning ma’lum bir qismi, qonda erib ketadi. Biroq u joyda ham azot bilan hech qanday narsa sodir bo‘lmaydi. Lekin azotni boshqa atomlar bilan birktirilsa, unda, barcha tirik mavjudot uchun juda zaruriy va muhim bo‘lgan birikmalar hosil bo‘ladi. O‘simlik va hayvonlar, aoztni boshqa moddalar bilan birikishga majbur qila olishmaydi; bunday xususiyatga faqatgina ayrim mikroorganizmlar – tuproqda yashovchi bakteriyalarning ma’lum turlarigina ega bo‘lishadi. Bunday bakteriaylarni azotni fiksatsiyalovchilardeyiladi, va hayotning boshqa barcha turlarining mavjud bo‘lishi, amalda ko‘p jihatdan aynan shunday bakteriyalarning tuproqda mavjud ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib azotni tuproqdan ajratib olish usullarini o'ylab topishni mavzuni dolzarbligi deb oldim.
Azot guruhchasi elementlarining umumiy tavsifi Kimyoviy elementlar davriy jadvalining V guruhi asosiy guruhchasi elementlari azot N, fosfor P, mishyak As, surma Sb va vismut Bi lar hisoblanadi. Bu elementlarning tashqi energetik qavatida elektronlar soni 5 ta bo’lib, energetik qavatchalarda quyidagicha joylashgan ns2np3nd0. Bu elementlarning barchasi tashqi energetik qavatini tugallash uchun 3 ta elektron yetishmaydi. Shuning uchun 3 ta electron biriktirib olib manfiy 3-oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Tashqi energetik qavatda joylashgan elektronlar qo’zg’algan holatida (azotdan tashqari) s1p3d1 ko’rinishda bo’ladi. Elektronlari qo’zg’algan holatda o’ziga nisbatan elektromanfiy elementlarga ana shu juftlashmagan 5 ta elektronni berib, musbat +5 oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Azot atomining tashqi elektron qavatida d-orbital yo’q, shuning uchun tashqi qavatdagi elektronlar 2s22p3 holida bo’ladi.
Azotning ochilish tarixi . Fransuz kimyogari A.Lavuaze XVIII asrning oxirida taklif etgan “azot” so’zi grekchadan kelib chiqqan bo’lib, “ hayotiyemas” (“a” – old qo’shimcha inkor, “zoe”– hayot ) degan ma’noni bildiradi. Lotincha nomi “NITROGENIUM “ – “selitra hosil qiluvchi “ deganidir . 1772-yilshotlandkimyogarivavrachiD.Rezerford “mefitik” , ya’ni to’liq bo’lmagan, yonish va nafas olishga yordam bermaydigan havo haqidagi disertatsiyasini bosib chiqardi. Bu maqolada element haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Undan 2 yil so’ng , ya’ni 1774-yilda Lavuaze unga “azot” deb nom berdi. Lekin bu nom gaz uchun to’g’ri kelarmikin? Bu haqidagi fikrlarimni o’z xulosamda bayon etaman…

Download 56,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish