Chivinlar, ektoparazitlar, gelmintlarga qarshi kurash vositalari bilan ishlash qoidalari.
Chivinlar kuydirgi, brusellyoz, oqsil, tuberkulyoz, tripanosomoz, salmonellyoz, kolibakterioz, quyonlar va parrandalar koksbdiozlari hayvonlar o’rtasida tarqatishi mumkinligi tajribada isbotlangan. Ko’pchilik patogen mikroorganizmlar chivinlar organizmida uzoq yashay olishi tarqalish xavfini yanada chuqurlashtiradi. Ko’k go’sht chivin lishinkasida kuydirgi qo’zg’atuvchisi 9-15 kun saqlansa, solmonellalar chivin organizmida uning umrining oxirigacha tirik saqlanish mumkin.
Qoramollarning telyazioz va ctefanofilyarioz, kovshovchilarning parabenamatoz, otlarning parafiliyarioz kabi gelmintoz kasalliklari faqat chivinlar orqali tarqaladi.
Chivinlarga qarshi kurash profilaktik (asosiy) va qiruvchi (yordamchi) usullaridan iborat bo’ladi.
Profilaktika tadbirlari chivinlarini ko’payishini oldini olish chivinlar tomonidan tuxum qo’yish joylarini yo’qotish ularni binoga uchib kirishini oldini olishga qaratilgan. Etuk chivinlar ularning tuxum, lichinka va nimfalarini ham yo’qotish uchun tizimli ravishda sanitariya tadbirlarini va profilaktik dezinfeksiyani o’tkazib turishi lozim.
Ferma atrofi va chorvachilik binolarini doimiy toza holda saqlash, to’shamani yangilab turish, go’ng va jijani kunlik tozalash o’z vaqtida devor va polni ta’mirlab turish, ozuqa va sutni qabul qilish xonalarini namunali holda toza saqlash, tayyor ozuqa va sutni yopuq idishlarda saqlash lozim bo’ladi. To’plangan chiqindi, go’ng, ozuq qoldiqlari har 5-7 kunda kamida 1 marta ularni zararsizlantirish uchun ajratilgan maxsus joylarga olib chiqilishi lozim.
Go’sht kombinatlari, sut zavodlari, fermadagi sutni saqlash xonasi, ozuqa pishirish, sun’iy urug’lantirish punktlarida chivinlar kirishini oldini olish maqsadida fizikaviy vositalar: simto’r, doka, yopishqoq va boshqa har xil chivin tutqichlardan foydalaniladi.
Yaylovlarda telyazioz va boshqa kasalliklarini profilaktika qilish maqsadida hayvonlarning kimyoviy vositalarining suvli eritmalari bilan cho’miltirib turishi lozim. Buning uchun yaylovga chiqgan kunda va keyinchalik har 5-7 kunda cho’miltirib turish qaytarilishi lozim.
Qo’ton kanalari otlar ensefalimiyeliti, brusellyoz, tulyarimiya va boshqa yuqumli kasalliklarning, teyleriyoz, qo’ylarda anaplazmoz, shuningdek, tuyalarda tripanasomoz invazion kasalliklarini tashuvchilari bo’lishi aniqlangan. Qo’ylarda kanalar ko’p miqdorda qon so’rishi natijasida oriqlash, junining to’kilishi, ko’plab kanalar yopishishi va qon so’rishi natijasida falajlanishlar uchrashi mumkin.
Qo’tonlar bahorda qo’ylar yaylovlarga olib chiqilgach yaxshilab mexanik tozalaniladi. Yoriq va kovaklarga 12% li geksaxloran yoki dezinsetalin bilan ishlov beriladi so’ngra ishlatilgan motor yog’I, avtol, mazut bilan yoki bug’ va qaynoq suv bilan to’ldirilishi mumkin.
Parrandalar kanalari o’lat, chechak pasterellyoz, ku-lixoradka, kanalar ensefaliti, odamlar sariq isitmasi, San-Lui ensefaliti kasalliklarini tashishlari mumkinligi tajriba yo’li bilan isbotlangan.
Par va patxurlar parrandalar parazitlari bo’lib ularning butun yashash sikllari parranda tanasida o’tadi, ular nar, pat va teri epidermisi qazg’oqlari bilan oziqlanadi.
To’shak qandalasi – qon suruvchi hashoratlar bo’lib odam hayvon va parrandalarda parazitlik qiladi. Ular tovuqxonada yoriq kovakda go’ng, ozuqa, inventar, shamollatish trubalarida yashashi mumkin. Ular spiroxetoz, chechak, pastrliyoz, osiyo o’lati, paratif, leyshmioz, kalamushlar tifi va qaytalovchi tif va boshqa kasalliklar tashuvchilari bo’lishi mumkinligi haqida ma’lumot bor. Parrandalarni umumiy himoya qilish chora tadbirlari profilaktika va yo’qotish (qirish) ga bo’linadi.
Profilaktika tadbirlari 2 bosqichli ishlarni o’z ichiga oladi: davriy ravishda bino va parrandalarning ektoparazitlar bor yo’qligiga tekshirib turish; Xo’jalikning texnologik rejasini o’ziga xosligini inobatga olib profilaktik dezinfeksiyani o’tkazish. Parrandachilik xo’jaliklarida ektoparazitlar borligi aniqlanganda darhol qirish tadbirlarini o’tkazishga kirishiladi.
Invaziyalar profilaktikasi. Chorvachilikka invazion kasalliklar katta zarar keltiradi. Ulardan koksidioz va gelmintozlar alohida o’rin tutadi.
Koksidioz yer sharida keng tarqalgan bo’lib, kasallik manbai kasal va kasallanib sog’aygan koksidiya tashuvchi hayvonlar hisoblanadi. Kasal jo’janing bir marta ajratgan tezagida 9-70 million koksidiya oosistalari bo’lishi mumkin. Koksidioz bilan zararlanish alimentar yo’l bilan pichan, o’t va suv orqali yuqishi mumkin. Oosistalarini yo’qotish maqsadida ammiak eritmasi, ortoxlorfenol emulsiyasi yoki bir xlorli yodning issiq eritmasini 3 soatlik ekspozisiyasi yetarli bo’ladi
Gelmintozlar bilan hayvonlar molxona cho’chqaxona tovuqxona va yaylovlarda zararlanadi.
Invazion kasalliklarining oldini olish va tugatishning umumiy chora tadbirlari kompleksida turli obyektlar: molxona, qafas, go’ng, inventar, yayratish maydonchasi va atrofidagi hududlar, yaylovlarning dezinvaziyasi muhim o’rin tutadi. Profilaktik joriy va yakunlovchi dezinvaziyalar o’tkaziladi. Fizik va kimyoviy dezinvaziya vositalari qo’llaniladi.
Fizik dezinvaziya vositalari sifatida quyosh nuri, quritish va qaynoq suv qo’llanishi mumkin. Chiqindilar yoqilishi mumkin. Qaynoq suv gelmintlar tuxumlarini besh daqiqada zararsizlantiradi.
Kimyoviy vositalardan 70-800 C da qizdirilgan bir xlorli yod, o’yuvchi natriy, o’yuvchi kaliy, sulfat-karbol aralashmasi, karbol kislota, texnik ortoxlorfenol, ksilofenol, ksilonaft va kreolinning turli konsentratsiyadagi suvdagi eritmalari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |