KUYDIRGI — SABABLARI, ALOMATLARI, KLINIK TASVIRI, TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH Kuydirgi (yomon sifatli karbunkul, antraks, rus. сибирская язва) — barcha turdagi qishloq xo’jaligi va yovvoyi hayvonlar, shuningdek odamlar uchun ham o’ta xavfli infektsion kasallikdir. Kasallik yashin tezligida, o’ta o’tkir, o’tkir va o’tkir osti (qo’y va yirik shoxli qoramollarda), o’tkir, o’tkir osti va anginoz (cho’chqalarda) kechadi, odamlarda esa asosan karbunkulyoz shaklda bo’ladi. Orofaringeal va gastrointestinal shakllari ham mavjud. Kasallik intoksikatsiya, teri, limfa tugunlari va ichki a’zolarda seroz-gemorragik yallig’lanish rivojlanishi bilan tavsiflanadi; teri yoki septik shaklda kechadi (hayvonlarda shuningdek ichak va o’pka shakllari ham mavjud).
ETIMOLOGIYA
Qadimgi davrlardan beri «muqaddas olov», «forslar olovi» va boshqa nomlar bilan tanish bo’lgan kuydirgi kasalligi antik va sharq yozuvchilari va olimlarining asarlarida bir necha bor keltirib o’tilgan. Ushbu kasallik klinikasining batafsil tavsifi 1766-yilda fransiyalik shifokor Moran tomonidan tuzilgan. Rossiyadagi revolyutsiyadan oldingi davrda kasallik asosan sibirda tarqalganligi sababli «Sibirskaya yazva» nomini olgan.
KUYDIRGI ETIOLOGIYASI
Kasallikning qo’zg’atuvchisi 1849-1850 yillarda uchta tadqiqotchi tomonidan deyrali bir vaqtning o’zida ta’riflangan: A. Pollender, F. Brauell va K. Daven. 1876 yilda Robert Kox uning sof madaniyatini ajratib olgan. Odamlar uchun patogen bo’lgan barcha bakteriyalardan birinchi bo’lib kuydirgi qo’zg’atuvchisi aniqlangan. Bugungi kunda kuydirgi kasalligining umumiy qabul qilingan nomi — antraks, qadimgi yunon tilidan ἄνθραξ — «ko’mir, karbunkul»: bu nom kasallikning teri shaklida qora qo’tirning xarakterli ko’mir-qora tusdaligi tufayli berilgan.
Kuydirgi kasalligining qo’zg’atuvchisi — Bacillus anthracis batsillasi. U o’zi bilan spora hosil qiluvchi, kattaligi 5-10 × 1-1,5 mkm bo’lgan grammusbat tayoqchani taqdim etadi. Kuydirgi batsillasi go’sht-peptonli muhitda yaxshi o’sadi, kapsulali va somatik antigenlar saqlaydi va ekzotoksin ajratishga qodir, ekzotoksin oqsilli kompleks bo’lib, shish chaqiradigan (sAMF konsentratsiyasining ortishi), protektiv (hujayra membranasi bilan o’zaro ta’sirlanib, boshqa komponentlarning faoliyatiga yordam beradi) va letal (sitotoksik effekt, o’pka shishishi) komponentlardan tashkil topgan. Kapsula — antifagotsitar faollik.
Kuydirgi bakteriyalari organizmdan tashqarida kislorodga yo’l bo’lganida spora hosil qiladi, buning natijasida yuoqri harorat, quruqlik va dezinfektsiyalovchi vositalarga qarshi yuqori chidamlilikka ega bo’ladi. Kuydirgi bakteriyalarining sporalari ko’p yillar davomida saqlanib turishi mumkin; kasallangan hayvonlarning axlati va siydigi bilan zararlangan yaylovlar uzoq yillar davomida kuydirgi sporalarini saqlashi mumkin. Kuydirgi tayoqchasining vegetativ shakllari qaynatilganda va oddiy dezifenktsiyalovchi moddalar ta’siri ostida tezda nobud bo’ladi.
Avtoklavlash vaqtida 110 °C da sporalar qirq daqiqadan so’ng nobud bo’ladi, quruq issiqlik bilan 140 °C da esa 2,5-3 soatda. Kuydirgi sporalari to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlariga 10-15 sutka bardosh bera oladi. Sporotsid ta’sirga shuningdek xloraminning faollashtirilgan eritmalari, issiq formaldegid, vodorod peroksidi ham ega.