Reja: Qorin tifi



Download 50,5 Kb.
bet1/2
Sana01.04.2022
Hajmi50,5 Kb.
#522819
  1   2
Bog'liq
Ichak infeksiyalari


Ichak infeksiyalari
Reja:


1.Qorin tifi.
2.Ichburug`.
3.Salmonellyoz.
4.Ovqatdan zaharlanish.
5.Botulizm.
6.Yuqumli gepatit.

Qorin tifi. Ingichka ichak shilliq pardasining yallig`lanishi va yaralar hosil bo`lishi, umumiy intoksikatsiya bilan kechadigan yuqumli kasallik.


Sababi. Qorin tifi mikrobi qo'zg'atadi. Infeksiya sog' odamga bemordan va mikrob tashib yuruvchi sog` odamlardan yuqadi. Mikroblar idish-tovoqlar, zararlangan taomlar, chiqindilar bilan zararlangan ariq, quduq, hovuz suvlari, qora pashshalar orqali tarqaladi.
Belgilari. Kasallikning yashirin davri o'rtacha 2 hafta. Kasallik asta-sekin tana haroratining ko'tarilishi (37,5-40°), bosh og`rig`i, darmonsizlik bilan boshlanadi. Bemorning tili qalin karash bilan qoplanadi, tilning uchida karash bo'lmaydi va bu joy qizarib turadi. Birinchi haftaning oxirlarida ko'krak, qorin terisida mosh hajmidagi pushti rang toshmalar paydo bo`ladi, ular barmoq bilan bosganda yo'qoladi. Teri issiq va quruq bo`ladi, qabziyat kuzatiladi.
Qorinni qo`l barmoqlari va kafti bilan bosib-paypaslab (palpatsiya qilib) tekshirganda qorinning o'ng tomonida va kindik atrofida g`ijirlash seziladi (ingichka ichakda gaz to'planishi belgisidir). Bemorga tashhis qo'yishda uning qonini, najasini bakteriologik tekshirish muhim ahamiyatga ega, ya`ni unda qorin tifining mikroblari borligi aniqlanadi.
Kasallikning og'ir kechishida ingichka ichakda hosil bo`lgan yaralardan qon oqishi va najasda qon paydo bo`lishi kuzatiladi. Kasallikning juda og'ir kechishida, ichakda hosil bo`lgan yaralar teshilishi tufayli, peritonit holati yuzaga keladi. Bunda qorin sohasida kuchli og'riq paydo bo`ladi, qorin muskullari taranglashadi, bemorning ahvoli xavf ostida qoladi.
Tibbiy yordam. l.Bemor yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishi kerak.
2.Shifoxonada quyidagi tibbiy yordam tadbirlari o'tkazilishi mumkin:
- parhez taom buyuriladi;
- mikrobga qarshi levometsitin, levometsin suksinat, ampitsillin, refompitsin (1-2 tasi).
- kasallikning og`ir kechishida intoksikatsiyaga qarshi glyukoza-5 %-200-300 ml, gemodez 50-100 ml, reopoliglyukin 100-200 ml, natriy xlorid-0,9%-100-200 ml tomchi usulida vena tomiriga yuboriladi;

  • askorbin kislota, nikotin kislota,B” guruhi vitaminlari.

3. Ichak yarasidan qon ketishi yuzaga kelsa (najasda qon paydo bo`lsa):

  • bemor qimirlamay osmonga qarab yotishi kerak;

  • ovqat va ichimlik berilmaydi;

  • qoringa sovuq-muzli xalta qo'yiladi;

  • qon quyiladi- 100-150 ml, trombositar massa-50-100 ml, qon zardobi 50-100 ml tomchi usulida, vena tomiriga tomchilab yuboriladi;

- vikasol 0,5-1 ml muskul orasiga;

  • kalsiy glyukonat -10 ml vena tomiriga, yoki novokain -0,5 % - 3 ml qo'shib muskul orasiga, yoki kalsiy xlor 10 %-5-10 ml vena tomiriga sekinlik bilan yuboriladi;

  • ichakdan qon ko'p ketsa - atropin 0,1%- 1ml teri ostiga.Bu ichak harakatini kamaytirib, qon ketishini to'xtatishga yordam beradi.

4.Ichak yarasi teshilsa - qorinda kuchli og'riq paydo bo`ladi (Peritonit). Bemor zudlik bilan operatsiya qilinishi kerak bo`ladi.
Ichburug`. Yo'g'on ichakning pastki qismi shilliq qavatining yallig'lanishi, yaralar hosil bo`lishi bilan kechadigan yuqumli kasallik.
Sababi.Kasallikni bir guruh dizenteriya mikroblari (Fleksner, Kruzi-Zonne va boshqa) qo`zg`atadi. Infeksiya manbai bemor odam va mikrob tashib yuruvchi sog' odam hisoblanadi. Mikroblar sog'lom odamga oziq-ovqat, suv, iflos qo'l orqali yuqadi. Infeksiyaning tarqalishida qora pashshalar katta rol o'ynaydi.
Belgilari. Kasallik to'satdan boshlanadi.Qorinning pastki chap sohasi burab og'riydi, ichi ketadi. Najasda yiring aralash qon bo'ladi.Tez-tez hojat qistaydi. Hojatga borish sutkada 8-10 martadan 30-40 martagacha bo`lib, kuchanish va og`riq bilan kechadi.
Tibbiy yordam. Mikroblarga qarshi levometsitin, gentamitsin, furazolidon (1-2 tasi), qorindagi og'riqni kamaytirish uchun no-shpa tabletka yoki muskul orasiga.
Oldini olish. Shaxsiy gigiyenaga amal qilish, qora pashshalarni yuqotish choralarini ko'rish kerak.
Salmonellyoz. Qusish, ich ketish bilan kechadigan yuqumli ichak kasalligidir.
Sababi. Kasallik tayyor ovqat mahsulotlari, ayniqsa go'sht, baliq va sut mahsulotlarining salmonella deb ataluvchi mikroblar bilan zararlanishi natijasida yuzaga keladi.
Belgilari. Zararlangan taom iste'mol qilingandan so'ng, bir necha soat o'tgach, bemorda ko'ngil aynishi, qusish, qorinda g`ijimlovchi og'riq paydo bo'ladi, ichi suyuq ketadi. Najas suyuq, shilimshiqli va ko'pikli bo'ladi, bemor darmonsizlanadi.
Tibbiy yordam. 1.Zararlangan (eskirgan, aynigan) ovqat iste'mol qilingan bo`lsa, zudlik bilan me`dani yuvish zarur.
2.Ichburug'da qo'llanadigan dorilar beriladi.
Ovqatdan zaharlanish. Bu guruhga qusish va ich ketish bilan kechadigan kasalliklar kiradi.
Sababi. Stafilakokk, enterakokk, protey mikroblari bilan zararlangan va kimyoviy moddalar bilan zaharlangan taomlarni iste'mol qilish.
Belgilari. Zararlangan taom, meva, sabzavotlarni iste'mol qilgandan so'ng, bir necha soat o'tgach ko'ngil aynish, qusish, qorinning yuqori sohasida og'riq, tana haroratining ko'tarilishi yuzaga keladi.
Tibbiy yordam. 1.Tez yordam chaqirib, bemor shifoxonaga yuborilishi kerak.
2.Tez yordam kelgunicha uzoq vaqt o'tadigan bo'lsa, quyidagi birinchi tibbiy yordam ko'rsatiladi:

  • me'da qaynatib, sovitilgan iliq suv (yoki gazi chiqarilgan mineral suv) bilan ketma-ket 2-3 marta yuviladi;

  • me'da yuvilgach, bemor issiq to'shakka yotqiziladi, oyoqlariga issiq grelka qo'yiladi, issiq shirin choy, iliq mineral suv ichiriladi;

  • mikroblarga qarshi levometsitin, furazolidon ichishga beriladi;

  • zaruriyatga ko'ra intoksikatsiyaga qarshi tadbirlar o'tkaziladi;

- kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) - 1 ml teri ostiga yuboriiadi.
Oldini olish. 1.Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
2.Bir necha soat turib qolgan ovqatlarni iste'mol qilmaslik;
3.Zaharli zamburug'lar, achchiq bodom va boshqa zaharli o'simliklar mevalarini iste`mol qilmaslik, bu haqda bolalarga tushuntirish;
4.Zaharli kimyoviy moddalar bilan zararlangan suv, meva-sabzavotlarni iste'mol qilmaslik.Ariq, hovuz, quduq suvlarini hatto idish-tovoq, meva-sabzavotlarni yuvish uchun ham qaynatib ishlatish.
Botulizm. Organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan og'ir yuqumli kasallik.
Sababi. Botulins mikrobi bilan zararlangan konserva, kalbasa, pishloq mahsulotlarini iste`mol qilish. Zararlangan konserva qutisining qopqog`i ichida gaz (havo) paydo bo'lgani uchun shishadi. Zararlangan kalbasa va pishloqni barmoq bilan bosganda g`ijirlaydi, ya'ni ichida gaz (havo) borligi aniqlanadi. Kalbasa va pishloqning po'sti yopishib turmaydi, ya'ni ko'chib qoladi, yumshoq bo`ladi.
Belgilari. Kasallik ko'ngil aynish, qusish bilan boshlanadi. Bemorning tomog'iga bir narsa tiqilgandek bo'ladi, yutish qiyinlashadi, ichilgan suv burun orqali qaytib chiqadi, bemorning ovozi xirillab qoladi, ba'zida yo'qoladi. Bemorning ko`zi xiralashadi. Ko'pincha ko'z g'ilaylashadi, shu sababdan bitta narsa ikkita bo'lib ko'rinadi. Ko'z qorachig'i har xil kattalikda bo`ladi, qovoqlari osilib qoladi. Kasallik og'ir kechadi.

Tibbiy yordam. 1.Tez yordam chaqirib, bemor yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilishi kerak.


2.Tez yordam kelguncha, quyidagi birinchi tibbiy yordam ko'rsatiladi:

  • me`dani yuvish:

  • tozalovchi klizma qo'yish;

  • so`ngra, bemorni issiq to'shakka yotqizish, oyoqlariga issiq grelka qo'yish;

  • issiq, shirin choy, iliq mineral suv, issiq shirin sut ichirish;

  • kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) - 1 ml teri ostiga;

  • intoksikatsiyaga qarshi tadbirlar;

  • shifoxona sharoitida botulins mikrobiga qarshi zardob yuboriladi;

  • levometsitin, furazolidon, gentamitsin qo'llanadi.

Oldini olish. Qopqog'i shishgan konserva, po'sti ko'chib, yumshab qolgan kalbasa va pishloq mahsulotlarini iste`mol qilmaslik.
Yuqumli gepatit. Jigar to`qimasining yallig`lanishi, jigarda ishlab chiqariladigan o`t suyuqligi tarkibadagi bilirubin moddasining qonga o'tishi tufayli terining sarg'ayishi va organizmining intoksikatsiyasi bilan kechadigan yuqumli kasallik.
Sababi. Kasallikni gepatit virusi qo'zg'atadi. Virusning A, B, C turlari mavjud. Gepatit A virusi zararlangan suv, oziq-ovqat, idish-tovoq orqali yuqadi. Gepatit B, C viruslari sterillanmagan shprits, igna, jarrohlik, ginekologik, stomatologik asboblar, virus tashib yuruvchi odamlardan olingan qon va uning zardobini boshqa odamga davolash maqsadida quyish orqali yuqadi.
Belgilari. Bemorning ishtahasi pasayadi, ko'ngli ayniydi, tekshirganda ko'zning oq pardasi, tanglayi, qulog'ining orqasi sarg'aygani aniqlanadi.O'z vaqtida davolanmasa bemor tanasining terisi yoppasiga sarg'ayadi va qichiydi, intoksikatsiya kuchayib bemor qusadi, qorni damlaydi, ba'zida ichi suyuq ketadi, najasning rangi oqaradi.Siydik quyuqlashib to`q jigar rangda bo'ladi.Jigar kattalashadi va o'ng qovurg'a ostida og'riq seziladi.Bemor qoni biokimyoviy tekshirilganda, uning tarkibida bilirubin moddasi, ALT, AST fermentlari ko'paygani aniqlanadi.
Tibbiy yordam.1.Bemor yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuboriladi yoki uyida alohida xonada ko'rpa - to'shakka yotqizib davolanadi.
2.Uning idishlari, buyumlari alohida saqlanadi va qaynatib zararsizlantiriladi.
3.Parhez taomlar. Yog`li taomlar berilmaydi.
4.Intoksikatsiyaga qarshi suyuqliklar tomchi usulida vena tomiriga.
Oldini olish.1.Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish.
2.Turli xil kasalliklar bilan xastalangan bemorlarni davolash jarayonida bir martalik shpritslardan foydalanish, jarrohlik, ginekologik, stomatologik asboblarni sanitariya talabi asosida sterillashga rioya qilish.
3.Turli xil kasalliklar bilan xastalangan bemorga qon quyishda donor qonini qoida bo'yicha gepatitning B, C turlariga maxsus bakteriologik tekshiruvdan o'tkazish.

Asosiy adabiyotlar:




  1. Download 50,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish