10-MA’RUZA
DIELEKTRIKLARNING SINGDIRUVCHANLIGI
Reja:
Suyuq dielektriklarning teshilishi.
2. Qattiq dielektriklarning teshilishi
1. Suyuq dielektriklarning teshilishi.
Suyuq dielektriklarining elektr mustahkamligi normal sharoitda gazlarnikiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Suyuqlikda qiymati gazlardagiga nisbatan ancha kichikdir. Shu sababli, toza suyuqlikda Et katta qiymatga (50-70MV/m) erishadi.
Odatda suyuqlik tarkibida doimiy qo’shimchalar sifatida gaz, suv va qattiq jism zarralari ishtirok etadi. Bunday qo’shimchalar suyuqlikning elektr mustahkamligiga (teshilish qonuniyatlariga ham) salbiy ta’sir etib, Et qiymatini keskin pasaytiradi. Elektr maydonida suyuqlikdagi begona zarralar maydon chiziqlari bo’ylab elektrodlar orasida zanjir ko’rinishidagi “bo’sh joylar” ni shakllantiradi1.
Agar suyuqlik tarkibida gaz pufakchalari bo’lsa, teshilish ana shu pufakchalardan boshlanib, suyuqlikda tugaydi. Suyuq dielektrik – neft mahsuloti bo’lgan transformator moyining tarkibidagi oz miqdordagi suv uning elektr mustahkamligini keskin pasaytiradi. Moydagi suv shar shakliga ega bo’ladi, kuchli maydon ta’sirida dipolli ushbu suv tomchilari qutblanish natijasida ellips shakliga o’tadi. Bunda elektrodlar orasida vujudga kelgan o’ta o’tkazuvchan kanal orqali teshilish ro’y beradi.
Toza moylarda Et qiymati 800C bo’lganda moyning yengil funksiyasi qaynab, unda ko’plab pufakchalar hosil bo’lishi natijasida suyuqlikning elektr mustahkamligi keskin pasayadi.
Neft mahsulotlaridan ishlab chiqarilgan izolyasiya mollari o‘zining afzalligi bilan birga ba’zi bir kamchiliklar: eskirish, chaqnash va alangalash xavfi, portlash ham holi emas. Ana shu sababli, yuqori qiymatli dielektrik singdiruvchanlikka erishish maqsadida suyuq sintetik dielektriklar ishlab chikarildi. Bunga misol qilib, keng miqiyosda qo‘llanilayotgan xlorlangan ugluvodorodlarni olish mumkin. Turli xil uglevodorodlar molekulalaridagi vodorod atomi o‘rniga xlor atomini kiritish orqali xlorlangan uglevodorodlar, ya’ni xlorlangan difenil olinadi. Xlorlangan difenil tarkibidagi xlor miqdori 43% dan 67% gacha oshirilsa, quyuq yoki mumsimon modda hosil bo‘ladi. Vodorod atomi o‘rnidagi xlor atomlarining miqdori oshirilishi natijasida modda quyuqlashib, zichligi ortadi va uning qotish harorati pasayadi ( 1-jadval):
O‘rta darajada xlorlangan pentaxlordifenil (sovtol) quyuq modda bo‘lgani sababli, suyultirish maqsadida unga xlorlangan suyuq uglevodorod qo‘shiladi. Kondensator moyini quyuq difenil bilan aralashtirib, hosil bo‘lgan suyuqlik qog‘ozli izolyasiyaga shimdirilsa, kondensatorning reaktiv quvvati ortadi hamda hajmi birmuncha kichrayadi.
1-jadval
Ba’zi sintetik dielektriklarning fizik va kimyoviy xossalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |