§4.1. Dispers sistemalar
Eritmalar dispers sistemalarning bir ko‘rinishidir. Moddaning mayda zarra-chalari boshqa bir modda orasida taqsimlanishidan hosil bo‘lgan sistemaga dispers sistema deyiladi. Taqsimlangan modda dispers faza, ikkinchi modda esa dispers muhit deyiladi. Dispers sistemalar dispers muhit va fazaning agregat holatlariga ko‘ra klassifikatsiyasi quyida 11- jadvalda keltirilgan.
11-jadval
Dispers faza zarrachalarining diametrlari 100 nonometrdan (1nm = 10-6 mm) katta bo‘lgan sistemalar dag‘al dispers sistemalar deyiladi. Bularga keng tarqalgan suspenziya-qattiq moddalarning suyuqlikda tarqalishi; emulsiya-erituvchida erimaydigan suyuqlikning erituvchida tarqalishi; ko‘piklar- gazsimon moddaning suyuqlikda tarqalishi kiradi. (11-jadvalga qaralsin).
Dispers faza zarrachalarining o‘lchami 1-100 nm oraligida bo‘lgan sistemalar kolloid sistema (yoki kolloid eritma) deyiladi.
Dispers faza zarrachalari o‘lchami 1nm dan kichik bo‘lganda chin, molekular yoki ionli dispers sistema, ya’ni eritmalar hosil bo‘ladi.
- 83 -
§4.2. Eritmalar va ularning turlari
Ikki yoki bir necha moddalardan (komponentlardan) iborat bo‘lgan bir jinsli (gomogen) termodinamik jihatdan barqaror bo‘lgan, o‘zgaruvchan tarkibli sistemalarga eritmalar deb ataladi.
Eritmalarda bir yoki bir necha erigan moddalarning zarrachalari erituvchida bir tekis tarqalgan bo‘ladi. Masalan, fosfat kislota eritmasi, erigan modda kislota, erituvchi suv; hamda ularning o‘zaro ta’sir mahsulotlari gidratlangan ionlar H+, H2PO4−, HPO4−2; PO43− lardan iborat.
Eritmalarning turlari. Erituvchi va eruvchi moddaning agregat holatiga qarab eritmalar: suyuq, qattiq va gazsimon bo‘lishi mumkin. Suyuq eritmalarga har xil tuz, kislota va asoslarning suvdagi eritmalari, qattiq eritmalarga metallarning qotishmalari, gaz holdagi eritmalarga esa gazlar aralashmasi, ya’ni havo misol bo‘ladi:
Eritmalar to‘yingan, to‘yinmagan va o‘ta to‘yingan bo‘ladi. To‘yingan erit-malarda erishga qarshi jarayon- kristallanish ham sodir bo‘lib turadi. To‘yingan eritma hosil bo‘lishini quyidagicha izohlash mumkin. Dastlab erish jarayoni tez boradi. Eritmada erigan modda zarrachalarining soni ko‘paygandan keyin kristallanish jarayoni tezlashadi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin ikkala jarayon tezliklari tenglashadi, ya’ni ma’lum vaqtda kristalldan necha molekula eritmaga o‘tsa, shuncha molekula qaytadan kristallanadi. Moddaning erigan qismi bilan erimay qolgan qismi orasida muvozanat qaror topadi, ya’ni eritma to‘yinadi.
- 84 -
Shunday qilib, moddaning erigan qismi bilan erimagan qismi o‘rtasida muvozanat qaror topgan eritma to‘yingan eritma deyiladi.
Agar eritmada erish jarayoni tezligi kristallanish jarayonining tezligidan ortiq bo‘lsa, ya’ni bu ikkala jarayon orasida muvozanat bo‘lmasa, bunda to‘yinmagan eritma hosil bo‘ladi.
Erigan moddaning konsentratsiyasi shu temperaturadagi to‘yingan eritma-ning konsentratsiyasidan kam bo‘lgan eritma to‘yinmagan eritma deb ataladi.
Konsentratsiyasi ayni bir temperaturada to‘yingan eritma konsentratsiyasi-dan ortiq bo‘lgan eritma o‘ta to‘yingan eritma deyiladi.
O‘ta to‘yingan eritmalar beqaror sistemalar bo‘lib, ular o‘z-ozidan vaqt o‘ti-shi bilan yoki tashqi ta’sir natijasida ortiqcha erigan modda eritmadan ajraladi va eritma to‘yingan holatga o‘tadi.
Eruvchi modda va erituvchining nisbiy miqdorlariga asosan eritmalar suyultirilgan va konsentrlangan eritmalar bo‘ladi. Erigan moddaning miqdori kam bo‘lgan eritmalar suyultirilgan, ko‘p bo‘lgan eritmalar esa konsentrlangan eritmalar deyiladi. Eritma komponentlaridagi zarrachalar elektroneytral bo‘lsa molekular (elektrolitmas), zaryadli zarrachalar bo‘lsa ionli (elektrolit) eritmalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |