Aim.uz
Eruvchanlik. Erish mexanizmi
Ayni haroratda ma’lum erituvchida erishi mumkin bo’lgan modda miqdori eruvchanlik deyiladi. Biror bir erituvchida moddaning erishi o’z-o’zicha borib, bunda G O , shuning uchun jarayon o’z-o’zicha boradi.
20 oS da 100 g erituvchida 10 g ortiq modda erisa bu modda yaxshi eriydigan hisoblanadi. Xuddi shu sharoitda 0,01 – 1,0 g atrofida erisa qiyin eriydigan deyish mumkin.
Agar shu sharoitda 0,01 g dan kam erisa amaliy jihatdan erimaydigan hisoblanadi. Umuman erimaydigan modda bo’lmaydi.
Ko’p qattiq moddalarning eruvchanligi harorat ortishi(3-rasm) bilan ortadi.
Shuning uchun haroratning pasayishi eruvchanlikni kamayishiga va harorat
E, g/ 100
Harorat,oS
3-rasm. Eruvchanlik egri chiziqlari.
kamaygan sari kristallanishga olib keladi. Glauber tuzining eruvchanligi harorat ortishi bilan avval ortib, Na2SO4*10H2O hosil bo’lishi hisobiga keyin bo’lsa kamayadi.
Erish jarayoni murakkab fizik-kimyoviy jarayondir. Erigan modda molekulalari bilan erituvchi molekulalarining o’za’ro ta’sirini solvatlanish deyiladi. Bu ta’sirlanish mahsulotlari esa solvatlar deyiladi. Agar erituvchi suv bo’lsa, bu jarayon gidratlanish, mahsulot esa gidratlar deyiladi.
Erituvchi va erigan modda tabiatiga bog’liq holda solvatlarning hosil bo’lishi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan: eriydigan modda ion tuzilishli (NaCl), erituvchi esa qutbli tuzilishli (H2O) bo’lsa, erish jarayonini quyidagicha tasvirlash mumkin:
NaCl+ nH2O ionlarning gitratlanishi
H2O H2O
H2O Na+ H2O + H2O Cl- H2O
H2O H2O H2O H2O
Erituvchi molekulalari bilan ionlar o’rtasida donor-akseptor ta’sirlashuv bo’lishi mumkin. Masalan:
NH3 + H2O = NH4OH
Spirtning suvda erishida esa dipol-dipol ta’sirlashuv kuzatiladi.
Qattiq moddaning erish jarayonini ikkita jarayonlarning yig’indisi deb qarash kerak. Birinchisi qattiq moddaning molekulalarga yoki ionlarga parchalanishidir. Bu jarayon endotermik bo’lib, issiqlik yutilishi bilan boradi.
Ikkinchisi - molekula yoki ionlarning suv bilan ta’sirlashib gidratlar hosil qilishidir. Bu jarayon ekzotermik bo’lib issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi. Qaysi jarayonning ulushi kattaligiga qarab, qattiq modda eriganda issiqlik yutilishi yoki chiqishi mumkin. Ba’zi qattiq moddalar (KOH, NaOH) eriganda issiqlik chiqadi. Ba’zilari (NH4NO3 , NH4Cl) eriganda esa issiqlik yutiladi.
Gidratlar beqaror moddalar bo’lib, oson parchalanadi. Eritmalar bug’latilganda, ular parchalanib, erigan modda ajralib chiqadi. Ba’zan gidratlar birmuncha barqaror bo’lib, suv qattiq modda tarkibiga kiradi. Bunday moddalarni kristallogidratlar deb, kristallogidrat tarkibidagi suvni esa kristallizatsiya suvi deb ataladi.
Masalan: CuSO4 *5H2O - mis kuporosi
Na2CO3 * 10H2O - kristall soda
MgSO4* 7H2O - taxir tuz
Moddalarning u yoki bu erituvchida erish xossasiga eruvchanlik deyiladi. Eruvchanlik avvalambor erituvchi va eriydigan moddalar tabiatiga bog’liq. Masalan, natriy xlorid suvda yaxshi eriydi, lekin benzolda erimaydi. Yog’ esa suvda erimaydi, lekin benzolda yaxshi eriydi. Eruvchanlik haroratga va bosimga bog’liq.
Agar modda shu eritmada ortiqcha erimasa, bunday eritma to’yingan eritma deyiladi. Agar modda eritmada yana erisa, bu eritma to’yinmagan eritma deyiladi. To’yingan eritmada cho’kma bilan eritma o’rtasida muvozanat qaror topadi. To’yingan eritmani cho’kmasidan ajratib olib, ozgina bug’latib yoki biroz sovutib yana to’yingan eritma olish mumkin. Agar to’yingan eritma qizdirish ta’sirida eritilib yuborilsa o’ta to’yingan eritma hosil bo’ladi. O’ta to’yingan eritmada erigan modda miqdori to’yingan eritmadagidan ko’proq bo’ladi. O’ta to’yingan eritma beqaror bo’lib, chayqatilgandayoq ortiqcha erigan modda darrov cho’kmaga tushadi.
Eruvchanlik 100 g erituvchida erib, to’yingan eritma hosil qiladigan moddaning grammlar soni bilan o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |