6-Mavzu: Eritmalar. Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari



Download 402,91 Kb.
bet1/12
Sana01.06.2022
Hajmi402,91 Kb.
#626701
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot № 6


6-Amaliy mashg’ulot
6-Mavzu: Eritmalar. Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari.

Eritmalar bir jinsli ya’ni gomogen aralashmalardir. Eritmalar qattiq, suyuq va gaz holatda bo’ladi. Lekin, bu termin asosan suyuq aralashmalarga nisbatan aytiladi.


Erituvchi modda(Dispers muhit)-eritma hosil bo’lishida agregat holatini saqlab qolgan yoki miqdori ko’p bo’lgan moddalarga aytiladi.
Erigan modda(Dispers faza)-eritma hosil bo’lishida agregat holatini o’zgartiradigan yoki miqdori kam bo’lgan moddalarga aytiladi. Ko’pchilik holatlarda kimyo laboratoriyalarida erituvchi suv bo’lib, ba’zi moddalar unda cheksiz eriydi. M-n: Etil spirit Erituvchi va erigan modda molekulalaridan iborat bo’lib, bir biri bilan fizik-kimyoviy aloqada bo’ladigan bir jinsli gomogen sistema eritma deyiladi. Sistemalar 2 xil bo’ladi: 1. Mayin dispers sistema; 2. Dag’al dispers sistema. Mayin dispers sistema zarrachalarning o’lchamiga qarab 2 xil bo’ladi.
Chin eritma–eritmada erigan madda zarrachalar o’lchami 1 nm dan kichik bo’lgan eritma kiradi. Bularga quyidagilarning eritmalari kiradi. NaCl, soda, shakar eritmalari kiradi.
Kalloid eritma–eritmada erigan modda zarrachalari o’lchami 1 nm-100 nm gacha kattalikda bo’lgan eritmalar kiradi. Bularga H2SiO3, Fe(OH)3, H2SO4, AgJ, oqsil eritmalari kiradi.
Dag’al dispers sistema–bunday eritmalarda zarrachalar o’lchami 100 nm dan katta bo’ladi. Dag’al dispers sistema ham 2 xil bo’ladi.
Suspenziya-suyuqlik muhitida qattiq modda zarrachlari tarqalgan eritmalar. Ularga loyqa suv (bu eritmada suv yani suyuqlik muhitida qattiq qum zarrachalari tarqalgan bo’ladi).
Emulsiya- suyuqlik muhitida suyuq moddalarning tarqalishidan hosil bo’lgan eritmalar. Ularga qatiq, suv bilan yog’ aralashmasi va boshqalar kiradi.
Erigan modda-dispers faza. Erituchi-dispers muhit deyiladi.
Chin eritmalar shaffof, rangsiz, tiniq, zarrachalar o’lchami kichik bo’lganligi uchun uzoq vaqt turib qolsa ham eskirmaydi.
Kalloid eritmalar esa o’ziga xos turli ranglarga ega bo’ladi, zarrachalar o’lchami chin eritmalarga nisbatan yirikroq bo’ladi.
Chin eritma bilan kalloid eritmalarni bir-birdan farqlashni fransuz olimi Tindal tomonidan aniqlangan. U ikkita probirkada birida chin eritma, ikkinchisida esa kolloid eritma solib ikkalasidan ham nur o’tqazilganda quyidagicha jarayon sodir bo’ladi: Chin eritma orqali nur o’tkazilganda nur oqimi o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi yani o’z yo’nalishida davom etadi. Kolloid eritmada esa aksincha, o’tayotgan nur o’z yo’nalishini o’zgartiradi. Lekin ko’pchilik moddalarning erish darajasi cheklangan bo’lib – eruvchanlik yoki eruvchanlik chegarasi deyiladi. S bilan belgilanadi. Erituvchining ma’lum miqdorida eriydigan moddaning qismini ko’rsatadi. Eruvchanlik-100 gr erituvchida eriydigan moddaning massasiga aytiladi. 100 gr suvda 200 gr shakar eriydi.100 gr suvda 0.2 gr gips eriydi.
Moddalarning eruvchanligi–erituvchi va erigan moddaning tabiatiga, temperaturaga, gaz moddalarda bosimga bog’liq. Eritmada ayni modda yana erishi mumkin bo’lsa, eritma to’yinmagan eritma deyiladi. Mn: 100 gr suvda 50 gr shaker erisa to’yinmagan eritma hosil bo’ladi. Eritmada ayni moddadan boshqa erimasa, to’yingan eritma deyiladi. M-n: 100 gr suvda 200 gr shaker erisa. Erituvchida ayni moddadan erishi mumkin bo’lgan eritma to’yinmagan eritma deyiladi.
100g H2O ga 210g shakar erisa, 300g to’yingan eritma hosil bo’ladi va 10g shalar erimay qoladi. 100g H2O da 150g shaker eritilsa, 250g to’yinmaagan eritma hosil bo’ladi. Ayni eritmada yana 50g shaker erishi mumkin. To’yingan eritmada erituvchi va erigan modda massalari o’rtasida quyidagicha bog’lanish bor.

mmod- erigan moddaning massasi.
S- eruvchanlik kofitsenti.
msuv- suvning massasi.
meritma- eritmaning massasi.
Ko'pchilik qattiq moddalarning eruvanligi harorat ortishi bilan ortadi. Gazlarning eruvchanligi harorat ortishi bilan kamayib boradi (suv qaynaganda undagi erigan gazlar chiqib ketadi). Lekin bosim ortishi ularning eruvchanligini ortishiga olib keladi (mineral suvli idish ochilsa, idish ichidagi bosim kamayadi va erigan karbonat angid-rid shiddat bilan ajralib chiqa boshlaydi).

Download 402,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish