8-Maruza: Seksiyani nazorat qilish relesi sxemasi.
Reja:
Seksiyani nazorat qilish relesi vazifasi
Seksiyani nazorat qilish relesi sxemani qurish tamoyillari
Seksiyani nazorat qilish relesi sxemasi
1. Seksiyani nazorat qilish relesi vazifasi
Seksiyani nazorat qilish relesi (КС) svetoforlarni boshqarish avtomatining birinchi kaskadi bo’lib, uch xil funksiyani bajarish uchun mo’ljallangan:
1. O’rnatilayotgan marshrutdagi barcha elementar marshrutlar bo’ylab aksariyat (lekin barchasini emas) harakat xavfsizligi shartlari mavjudligini tekshirish. КС relesining dastlabki holati sifatida qo’zg’atilmagan holati qabul qilingan. Agar barcha elementar marshrutlar bo’yicha harakatlanish xavfsizligi shartlari mavjud bo’lsa, u holda «svetofor ochilsin» komandasi kelib tushganida, КС relesi buni o’z holatini o’zgartirish bilan qayd etishi lozim. Agar hech bo’lmasa bitta elementar marshrutda, hamda harakatlanish xavfsizligining shartlaridan bittasi bo’lsa ham bajarilmas ekan, bu holda КС relesi «svetofor ochilsin» komandasi kelib tushganida o’z holatini o’zgartiririshi kerak emas. Ushbu funksiyalarni bajarish uchun КС relesining sxemasi stansiya rejasi bo’yicha quriladi. Sxemaning har bir elementar marshrutga muvofiq keladigan qismlarida turli relelarning kontaktlari ulanadi (yoqiladi). Ushbu relelar kontaktlari juftligining tutashgan holati elementar marshrut bo’yicha harakatlanish xavfsizligining bir yoki bir nechta shartlari bajarilishini kafolatlaydi;
2. Faqat o’rnatilayotgan marshrut tarkibiga kirgan elementar marshrutlarning elektr tutashuvini ta’minlash. Tutashuv elementar marshrutlarning qulflovchi relelarining o’chishi oqibatida ro’y berib, bu bilan ham strelkalarning o’tkazilishi, shu bilan birga ba’zi qarama-qarshi marshrutlarning o’rnatilishi imkoni bo’lmasligi ta’minlanadi. Qulflovchi relelarni o’chirish uchun har bir elementar marshrut uchun КС relesini o’rnatish ko’zda tutilishi shart. БЭЦda ular УП-65, СП-69 tipli bloklarda o’rnatiladilar va harakat xavfsizligi shartlarini nazorat qiladigan kontaktlar bilan birga, oldinma-ketin yoqiladi. Bu kabi yoqilish (ulanish) har bir elementar marshrut faqat marshrutga kirgan barcha elementar marshrutlar bo’yicha harakat xavfsizligi shartlari bajarilgan taqdirdagina КС relesining qo’zg’atilishini ta’minlaydi;
3. Ro’para marshrutlarni stansiyaning qabul qilish-jo’natish yo’llariga va peregonga qabul qilinishini istisno etadigan relelar ishini ta’minlash. Ushbu funksiyani bajarish uchun stansiyaga har bir yondashish uchun hamda qabul qilish-jo’natish yo’lining har bir tugash qismi uchun KC relesi o’rnatilishini ko’zda tutish zarur. БЭЦda qabul qilish-jo’natish yo’lining har bir tugash qismi uchun КС relesi П-62 blokida o’rnatiladi (НКС va ЧКС – mos ravishda toq va juft bo’g’izga yondashgan tugash qismi uchun). Stansiyaga har bir yondashish (yaqinlashish) uchun КС relesi erkin montaj stativida o’rnatiladi. Aytish lozimki, uchinchi funksiyani bajarish uchun o’rnatiladigan КС relesi kontaktlari, svetoforlarni ikkinchi boshqarish kaskadi zanjirlarida ikki qutbli ajratish va poyezd marshrutlarini bekor qilish zanjirlarida qo’llanib, bu ana shu zanjirlardagi xavfli ishdan chiqishlar ehtimolini keskin pasaytiradi. SHu sababli, hatto ro’para marshrutlar o’rnatilish imkonini istisno etish talab qilinmaganida ham (ixtisoslashtirilgan yondashuv) КС relesi erkin montaj stativida o’rnatiladi.
БЭЦda KС relesi MI, MII, MIII, ВД-62, ВхД bloklarida yana har bir svetofor uchun ham o’rnatiladi. Bu bloklararo ulanishlar sonini kamaytirib, svetoforlarni boshqarish zanjirining ikkinchi kaskadida va bekor qilish zanjirida ana shu rele kontaktlari yoqilishi bilan (xavfsizlik shartlarini takroran tekshirish maqsadida) tizimning xavfli ishdan chiqishlardan himoyalanganligini oshirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |