ЧИ2P - stansiyaning qarama-qarshi bo’g’izidagi yo’lga ro’para marshrut o’rnatilmaganligi;
МИ – markazlashtirilmagan ro’para marshrut o’rnatish imkonining oldi olingan (ya’ni yo’lga qo’shilgan qarama-qarshi bo’g’iz strelkalari mahalliy boshqarishga topshirilmagan).
СП-69 va УП-65 bloklarining KС relesi, qo’zg’algach, marshrut relelarini o’chiradilar, ular esa, o’z navbatida, tutashtiruvchilarni uzadilar (o’chiradilar) (З sxemani, 3.8-rasmga qar.). Yo’l bo’yicha so’nggi seksiyaning qulflovchi relesi (21СП) 1P yo’l blokining НКС relesi bilan birga Н1 relesining istisno etadigan relesini hai o’chiradi. Н1 relesining ajratilgan «frontal-umumiy» kontaktlari juftligi bilan qarama-qarshi bo’g’iz КС relesining ishlab ketmaslik imkoniyati ta’minlanib, bu bilan ro’para marshrut o’rnatilib bo’lmasligi imkoniyati kafolatlanadi. Qulflovchi relelar strelkalarining ishga tushirish zanjirlarida «frontal-umumiy» kontaktlarining ajratilgan juftligi bilan marshrutga kirgan yurish va muhofaza strelkalarini o’tkazib bo’lmaslik imkoniyati, boshlang’ich va so’nggi relelar zanjirlarida esa – qarama-qarshi (ro’para) marshrutlar o’rnatish iloji yo’qligi kafolatlanadi.
КС relesi qo’zg’atilib, Н svetofori ochilganidan so’ng ДСП signal knopkasiga ta’sir ko’rsatishni to’xtatadi va НК knopkali relesining «frontal-umumiy» kontaktlari juftligi ajraladi. Qo’zg’algan КС relesi o’chib qolmasligi uchun ana shu kontaktlar juftligi bilan КС relesi kontaktlari bilan shuntlanadi. Bu poyezdning svetofor ortiga o’tishiga qadar yoki marshrutni bekor qilish sikli tugagunicha harakatlanish xavfsizligi sharoitlarini nazorat qilib turish timkonini beradi. Н svetofori ochilishidan poyezdning to ana shu svetofor ortiga o’tib ketish vaqt intervalida ЭЦ qurilmalari ta’minot fiderlarining uzib-ulanishi ro’y berishi mumkin. Ana shu uzib-ulanish vaqtida КС zanjirida ВЗ, СП1, П1 rele kontaktlari juftliklari qisqa muddatga ajratilishi mumkin bo’lib, bu КС relesining o’chishiga va keyinroq svetoforning yopilishiga olib kelishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun НК kontaktlari juftligiga parallel ravishda НС signal relesi kontaktlari juftligi yoqilib, unga tushishga sekinlashish imkoni beriladi. Shu sekinlashish tufayli rezerv ta’minot fideri yoqilganidan so’ng КС relesining takror qo’zg’alishi ta’minlanib, svetofor yopilmaydi. Shunday qilib, fV(КС) uchun mo’ljallangan ifodada НК soМНojiteli o’rniga (НК V КС V НС) dan foydalanish tavsiya etilib, КС relesi zanjirida ishning uch takti ajratib ko’rsatiladi: qo’zg’atilish (НК), o’z-o’zini bloklash (КС), qo’shimcha ta’minot (НС).
Seksiyani nazorat qilish S relesixemasining bundan keyingi ishlashi ikki variantga ko’ra ro’y berishi mumkin. Birinchi variant poyezd marshrutga kirib keldi deb faraz qiladi. Buning natijasida УП-65 blokining П1 relesi «frontal-umumiy» kontaktlari juftligi bilan ajratilayotgan НП yo’l uchastkasida КС relesi zanjirining ajralishi yuz beradi. Marshrut bo’yicha harakatlanib, poyezd marshrutga kirgan seksiyalarni navbatma-navbat egallab, ham bo’shatib boradi (НП, 3СП, 5-9СП, 9/13P, 13-19СП, 21СП) va 2P yo’lga kiradi. Yo’l bo’yi birinchi bo’lib kelgan НП seksiyasi ajratilganidan so’ng, З relesi qo’zg’alib, uning kontaktlari bilan boshlang’ich Н relesining ta’minot zanjiri ajratiladi. Н relesi o’chishida o’z takrorlagichi ON ni ham o’chirib qo’yadi. НС signal relesi tushishga sekitnlashish bilan o’z yakorini qo’yib yuboradi. Marshrutga kirgan barcha seksiyalar ajratilganidan keyin, КС relesi sxemasi boshlang’ich (dastlabki) holatga keladi. КС relesi zanjirining ushbu ajratilishi marshrutni o’rnatish va ajratishdagi normal ish bo’lib, shtatli vaziyat deb hisoblanadi.
Ikkinchi variant marshrutning yuz bergan bekor qilinishini nazarda tutadi. Uning natijasida УП-65 va СП-69 bloklaridagi Р relesi kontaktlari bilan КС relesining toksizlanishi ro’y beradi.
БЭЦda manevr svetoforlari uchun ta’minot fiderlarini uzib-ulashda svetoforning berkitilishidan himoya qilish uchun signal relesining kontaktlar juftligi orqali КС relesini qo’shimcha ta’minlash ko’zda tutilmagan. Bitta elementar marshrutdan iborat bo’lgan manevr marshrutini o’rnatishda, boshqa harakatlanuvchi birlik mavjud bo’lgan yo’l uchastkasidan svetofor ortidan birinchi bo’lib kelgan seksiyani egallashda va bo’shatishda qo’shimcha ta’minot zanjiri tufayli svetofor yopilishi ro’y bermasligi kerak. Marshrut oldi seksiyasi bandligicha qolgani sababli, svetofor yopilishi esa poyezd “dumi” ning marshrutning bosh qismiga kirib kelishida ro’y beradi. Svetofor ochiqligicha qolib, bu mazkur seksiyalar bo’yicha poyezdlar harakatidagi to’xtalish natijasida boshqa marshrutlarni o’rnatish mumkin bo’lmay qolishiga olib keladi. Shuning uchun ta’minot fiderlari uzib-ulanishidan himoya manevr svetoforlari uchun sekin ishlaydigan КС relesini tanlash orqali amalga oshiriladi.
Manevr marshrutini o’rnatishda qo’shma svetofordan (chiqish, marshrut) КС relesi zanjiri ham kirish svetofori uchun bo’lgani kabi svetoforning berkitilishidan himoya qilish uchun signal relesining kontaktlari juftligi orqali qo’shimcha ta’minlanmaydi. Shuning uchun ta’minot fiderlari uzib-ulangan holatida КС relesi toksizlanadi va svetofor yopiladi. Bu tizimning kamchiligi bo’lib hisoblanadi.
MI, MII, MIII bloklarida o’rnatiladigan КС relesi, sekin ishlaydigan hisoblanib, 10 Om (НМШ1-10) qarshilikka ega. Manevr marshrutini o’rnatishda oldinma-ketin ulangan KС relelari soni katta bo’lmay, demak, tok КС relesini qo’zg’atish uchun yetarli bo’ladi.
Poyezd marshrutini o’rnatishda oldinma-ketin ulangan КС relelari ancha katta bo’lib, shu sababli СП-69, P-62, УП-65, ВД-62bloklarida o’rnatiladigan КС relelari quyi omli, normal ishlaydigan, qarshiligi 3,4 Om (НМШ4-3,4) ga teng, zanjirdagi tok ularni qo’zg’atish uchun yetarli darajada bo’ladi.
Oldinma-ketin ulangan КС relelari soni marshrutning izolyatsiyalangan uchastkalari soni summasiga va signal bloki va yonlashish (yaqinlashish) relesi yoki qabul qilish yo’li relesi soniga teng bo’ladi. Manevr va poyezd marshrutlari zanjiri tarkibiga kiritiladigan КС relelarining maksimal soni НМШ4-3,4 relesining to’liq ko’tarilish toki (0,135 A), sxemaning ishlash ishonchliligiga zaxira koeffitsiyenti bilan (1,3) birga aniqlanib, 24 ga teng, ya’ni 22 ta izolyatsiyalangan seksiya.
Manevr ishlarida vagonning stansiya yo’lining strelkasiz uchastkasida qoldirish holatlari ro’y berishi ehtimoli mavjud bo’lib, bu shtatli vaziyat deb hisoblanadi. Shu sababli, manevr marshrutini band etilgan yo’l uchastkasiga o’rnatilishini ta’minlash uchun, УП-65 bloki КС relesi «frontal-umumiy» kontaktlari juftligining zanjirida П1 relesi 2KM relesining «frontal-umumiy» kontaktlari juftligi bilan shuntlab qo’yilgan.
Bittayu-bitta yo’lga qarama-qarshi bo’g’izlardan keladigan manevr marshrutlari ro’para (“dushman”) bo’lmasa, shunda istisno etuvchi ЧИ (НИ) relesi «frontal-umumiy» kontaktlari juftligini shuntlash, hamda П-62 blokidagi so’shnggi manevr relelari ЧКМ va НКM relelarining oldinma-ketin ulangan kontaktlari ana shunday marshrutlarni bir vaqtda o’rnatish imkoniyati ta’minlanadi.
Bundan tashqari, КС relesi sxemasida qarama-qarshi (ro’para) va yo’l-yo’lakay “dushman” marshrutlarnining oldini olish ta’minot uzatish usulida amalga oshiriladi – ta’minlash qutbi П doim marshrut boshi tomonida bo’ladi. Shu sababli ikki qarama-qarshi marshrutlar boshlang’ich relelari qo’zg’atilgan holida zanjirning tegishli uchastkasiga batareyaning o’sha bitta qutbi П ulanadi va o’z-o’zidan ma’lumki, relelar qo’zg’atilmaydi.
КС relesi sxemasidagi ba’zi shikastlanishlar, masalan, 9/13П yo’l uchastkasi УП-65 blokidagi 2KM relesining tasodifiy qo’zg’alishida quyidagi vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Poyezd qabul qilish marshrutini 2 yoki 4-yo’lga o’rnatishda yo’l-yo’lakay manevr marshruti bo’ylab M15 svetoforigacha zanjir bo’ylab M15 svetoforidan keyin keladigan elementar marshrutlar uchun harakatlanish xavfsizlik sharoitlarini tekshirmagan holda КС relesi qo’zg’alib ketishi mumkin. Bu tizim kamchiligi bo’lib, u signal relelarining sxemasida bartaraf etiladi.
КС relesi sxemasining xususiyatlaridan biri – bir izli peregonga jo’natish marshrutini o’rnatishda qarama-qarshi tomondan poyezd bor-yo’qligini yoki qo’shni stansiyadan chiqish svetoforining ochiqligini tekshirish kerakligidir. Bu tekshirish yo’nalishni o’zgartirish S relesi kontaktlari bilan amalga oshiriladi (3.9-rasmda НАСНП).
П-62 blokida НКС relesini qo’zg’atishda istisno etadigan НИ relesi o’chirilib, bu bilan stansiyaning shu yo’liga toq tarafdagi o’rnatilgan qabul qilish marshruti ajratilmagunga va НИ relesi yana qo’zg’alguniga qadar qarama-qarshi juft marshrut o’rnatilishining oldi olinadi.
Erkin montaj stativlarida o’rnatilgan OКС (3.9-rasmdagi ЧОКС, АЧОКС) relelari jo’natilish marshrutlarida qo’zg’atiladilar. OКС relesi signal relesi zanjirlarida marshrutning bo’shligi va marshrut bekor qilinishini nazorat qilib, bir izlik yaqinlashishda esa qarama-qarshi tarafni bloklab turgan istisno etuvchi releni o’chiradi.
Marshrutdagi seksiyalar soni ko’p bo’lmagan holda bog’lanishda НМШM1-10 tipidagi, seksiyalar soni 16 tadan ko’p bo’lganida esa – НМШ4-3,4 tipidagi OКС relesini tanlab olish kerak. So’nggi vaziyatda OКС – OКС1 tipa НМШM2-1500 tipli OКС – OКС1 rele takrorlagich talab etiladi.
OКС relesining namunaviy bo’lishi uchun НМШM2-1500 tipli takrorlagichi bo’lgan НМШ-3,4 tipidagi relelar olingan.
Nazorat savollari:
Seksiyani nazorat qilish relesi vazifasi?
Poyezd marshrutini o’rnatganda seksiyani nazorat qilish relesi ishi?
Manevr marshrutini o’rnatganda seksiyani nazorat qilish relesi ishi?
Seksiyani nazorat qilish relesi sxemasini qurish tamoyillari?
Do'stlaringiz bilan baham: |