Quturish virusi .1892-yili V.Babesh va 1903-yili A .Negrilar quturishdan o 'lgan hayvonlarning bosh miya neyronlarida maxsus kiritmalar topishgan, shu sababli ulami Babesh-Negri tanachalari deb ataganlar. Quturish kasalligini virus qo'zg'atishini 1903-yili R.Remlenje isbotladi. Kasallikning maxsus profilaktikasini L.Paster ishlab chiqdi. Quturish virusi lyssavirus (yunoncha lyssa — suvdan qo'rqish) turkumiga mansub bo'lib, uni 1880-yili L. Paster kashf etgan, kasallikning maxsus profilaktikasini ham u ishlab chiqqan. Virus, asosan, nerv sistemasini shikastlaydi, bunda ko'proq so'lak ajraladi.
Quturish virusi past harorat hamda glitseringa chidamli. o‘lgan hayvonning nerv to‘qim alarida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bu virus yuqori haroratga chidamsiz. Uni 56"C qizdirilganda 60 daqiqada, qaynatilganda 2 daqiqada o ‘z faolligini yo'qotadi. UB nurlar va dezinfeksiya qiluvchi moddalardan fenol, lizol, xloramin kabilar ta’sirida nobud bo'ladi. Efir va tripsinga chidamsiz.
Gerpes viruslari (Herpesviridaye) G erpes virusi (yunoncha herpes — sudraluvchi, yoyilib ketuvchi) ju d a keng tarqalgan virus b o 'lib , odam , maymun, uy hayvonlari, kemiruvchilar, qushlar, baliqlar va boshqa hayvonlar organizmida kasallik keltirib chiqarish xususiyatiga ega. Molluska va zamburug'larda ham virus topilgan, morfologiyasi bir-biriga o'xshash. Barcha gerpes viruslari uchta katta oilaga kiradi, ular yana 3 ta kenja oilaga bo'linadi: I. Alfa-gerpes viruslar oilasi Alphaherpesvirinae, uning kenja oilasiga 3 ta turkum kiradi: 1. Simplexvirus turkum iga-oddiy gerpes virusi kiradi. 2. Poikilovirus turkumiga - soxta quturish virusi kiradi. 3. V ariedlavim s turkumiga - varitsella-zoster vimsi kiradi. 549 II. Beta-gerpes viruslar oilasi Bethaherpesvirinae, uning kenja oilasiga 2 ta turkum kiradi: 1. Cytomegalovirus turkumi - odam sitomegalovirusi kiradi. 2. M uromegalovirus turkumi - sichqon sitomegalovirusi kiradi. III. Gamma-gerpes viruslar oilasi Gammaherpesvirinae, uning kenja oilasiga 3 ta turkum kiradi: 1. Lymphocryptovirus turkum Epshteyn-Barr virusi. 2. T hetacry ptolymphovirus turkumi - Mareka kasalligini qo‘zg ‘atuvchi virus. 3. Rhadonovirus turkumi - Saymiri gerpes virusi. Herpesviridae oilasiga 50 dan ortiq virus kiradi. Ulardan ayrimlari xavfli o‘smani qo‘zg‘atishi mumkin.
Chidamliligi. Virusning rezistentligi yuqori emas. Virus past haroratda, 50% li glitserin eritmasida, ayniqsa, quritilgan holda yaxshi saqlanadi. 50°C haroratgacha qizdirilganda 30 daqiqada faolligini yo‘qotadi. Virus efir, 1 % li fenol, 0,5% li formalin eritmalari va boshqa dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga chidamsiz.
Gepatit A virusi (HAV-Hepatitis, F, vim s) 1883-yili Picornoviridae oilasiga va enteroviruslar turkum iga kiritilgan 72-tip virusi hisoblanadi. Yuqumli gepatit qadimiy kasallik bo'lib, Gippokratning asarlarida ham sariq kasalligi deb bayon etilgan. Keyinchalik epidemik gepatit, kataral sariq kasalligi. parenxim atoz gepatit deb nom lanib kelindi. 1891-yili S.P.Botkin bu kasallikni chuqur tekshirib, yuqumli ekanligini isbotlaganligi tufayli u Botkin kasalligi deb ham yuritiladi. Gepatit A ning qo'zg'atuvchisi uzoq vaqtgacha nom a’lum bo'lib keldi, keyingi yillarda uning etiologiyasi to'g'risida aniq ma’lumotlarga ega bo'lindi.
Chidamliligi. Virus boshqa enteroviruslarga nisbatan tashqi muhit ta'siriga chidam li; 60 С qizdirilganda 1-2 soat, 100 С qaynatilganda va UB nurlar ta’sirida tez, dezinfeksiya qiluvchi moddalar ta’sirida esa bir necha daqiqada o 'z faolligini yo'qotadi. Virusning yuqish xususiyati - 20°C da bir necha yil davom etadi. Bemor va virus tashib yuruvchilarning najasi va siydigida uzoq saqlanadi.
Gepatit В virusi (H BV )
Gepatit В virusi gepadnaviruslar (Hepadnaviridae) oilasiga kiradi, bu
oilaga hayvonlar, kemiruvchilara va qushlarda kasallik qo'zg'atuvchi yana
3 ta virus ham kiradi. Gepatit virusining zarrachasini 1970-yili D.Deyn
bemor najasidan elektron mikroskop yordamida topgan, shu sababli Deyn
zarrachasi deb nomlangan.
Chidamliligi. Gepatit В virusi tashqi muhit omillarigachidam li, 60°C qizdirilganda bir necha soatda, qaynatilganda 15-20 daqiqadan so'ng o 'z faolligini yo'qotadi. Qon plazmasiga UB nur ta’sir ettirilganda va - 20 С da saqlanganda virus yuqish va antigenlik xossalarini saqlab qoladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar (formalin, xloramin, fenol, efir va boshqalar) ta’siriga chidamli.
Do'stlaringiz bilan baham: |