5-mavzu: Saqlash omborlarini loyihalash va loyihani tanlash. Reja



Download 32 Kb.
bet1/3
Sana30.03.2022
Hajmi32 Kb.
#517776
  1   2   3

5-mavzu: Saqlash omborlarini loyihalash va loyihani tanlash.
Reja:
1. Texnologik sxemani tanlash.
1.1. Texnologik sxemalarni tanlashda asosiy shartlar.
1.2. Texnologik sxemalar.
2 .Xom ashyo xisobi.
2.1 .Xom ashyoni zavodga olib kelish grafigi.
2.2 .Liniyaning ishlash grafigi.
2.3 .Xom ashyo va materiallarni sarflash normasi.
2.4 .Xom ashyo va matriallarga bo‘lgan talab.
Adabiyotlar : 2,10,12.
Tayanch so‘z va iboralar: texnologik sxema, qo‘shimcha materiallar, sarflash normasi.
1.Texnologik sxemasini tanlash
Loyihaning texnologik qismi texnik-iqtisodiy asoslash qismi, tayyorlanadigan mahsulotning assortimenti aniqlangandan keyin ishlab chiqariladi. Birinchi navbatda bitta mahsulotni tayyorlash uchun texnologik sxemalar va ishlab chiqarish liniyalari tanlanadi.
1.1. Texnologik sxemalarni tanlashda asosiy shartlar
Texnologik sxemalar tasdiqlangan ishlab chiqarish instruksiyalar, tegishli adabiyotlar va ilg‘or korxonalarning yutuqlari asosida tanlab olinadi. Loyihalanadigan texnologiya eng avval mahsulotni yuqori sifatini ta’minlash lozim. Masalan, mevali sharbatni (mag‘izsiz) presslash yoki diffo‘zion usul bilan tayyorlash mumkin. Diffo‘zion usulda sharbat ko‘p miqdorda olinadi, lekin uning sifati presslangan sharbatning sifatidan ancha past bo‘ladi. Shu sababli ichimlik sharbatlar faqat presslash usuli, yarimfabrikat sharbatlar esa diffuzion usul bilan olinadi.
Muxim ko‘rsatkichlardan biri mahsulotning chikishi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishi bilan chiqindilar va yo‘qotishlar kam bo‘lganligi, texnologik sxemasi yaxshi tanlanganligini ko‘rsatadi. Masalan, tomat pastani ishlab chiqarishda xom ashyo qirg‘ichga tushishdan oldin qizdirilmaganda chiqindilar 4-4,5%, qizdirilganda 12-13% tashqil etadi.
Uzluksiz ishlash sxema davriy sxemadan qulayrok. Uzluksiz sxemada texnologik uskunalarning ishlab chiqarish quvvati oshadi, yo‘qotishlar kamayadi.
Tanlangan texnologik sxema to‘liq yoki qisman mexanizatsiyalashagan va avtomatlashtirilgan bo‘lishi shart. Tomat pasta, mag‘izli sharbatlar, pyure, povidlo, sabzavotli ikra, ko‘k no‘xat konservalarni ishlab chiqarish liniyalarni yuqori darajada avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash mumkin. Kompot, marinad, murabbo, gushtli konservalar ishlab chiqarishda bunga erishish ancha qiyin.
Keyingi shart-texnologik sxemalar ratsional, bo‘lishi kerak ya’ni elektroenergiya, bug‘, suv, sovuqlik, ishchi kuchni minimal miqdorda, talab qilishi kerak. Masalan, tomat-pasta ishlab chiqarishda ko‘p korpusli bug‘latgichlar, mahsulotdan ajralgan bug‘lardan foydalanish-ratsional texnologik sxema bo‘lib bug‘ sarfini kamaytirishga yo‘l beradi.
Texnologik sxemalarda barcha jarayonlar ketma-ket ko‘rsatiladi, sxemada qo‘shimcha komponentlar, konserva idishlarni kelishi, chiqindilarni olib ketilishi ham ko‘rsatiladi.

Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish