Chorvachilik va oziq-ovqat mahsulotlariga sovuqlik bilan ishlov berish texnologiyasining nazariy asoslari (4 soat) Ma’ruza rejasi 1 .Sovutish (sovuqlik olish)usullariva ularning turlanishi . 2.Batareyali sovutishda jihozlarning turlari va ularni joylashtirish. 3 .Havo sovutgichli sovutishda jihozlarni joylashtirish. 4 .Sovuqlik tashuvchilar , ularning xususiyatlari va qo‘llanish sohasi . 5. Sovutish qurilmalarining ish jismi : ammiak , freon , karbonat angidrid, sulfat angidrid va boshqalar. 6. Sovuqlik tashuvchilarga qo‘yiladigan talablar . 7. Sovutish uskuna, jihozlari va texnologiyasida keng ko‘lamda ishlatiladigan terminlar.
Issiqlik va sovuqlikning fizikaviy tabiati bir xil bo‘lib, farqi molekula va atomlarning harakat tezligidadir. Issiqroq jism zarrachalarining harakat tezligi sovuqroqnikiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Jismga issiqlik uzatilishi natijasida zarrachalarning harakat jadalligi ortib boradi va aksincha, issiqlik jismdan olib ketilsa harakat jadalligi pasayadi. Shunday qilib, issiqlik energiyasi bu molekula va atomlar harakatining ichki energiyasi hisoblanadi.
Jismni sovutish – bu undan issiqlikni olish va shu bilan uning haroratini pasayti -rishdan iborat. Sovutishning eng oddiy usuli – sovutilayotgan jism bilan atrof-muhit – tashqi havo, daryo yoki dengiz suvlari orasida issiqlik almashinishidir. Lekin bu usulda, issiqlik almashinish yuqori darajada bo‘lsa ham, sovutilayotgan jismning haroratini atrof-muhit haroratidan pasaytirish mumkin emas. Bunday sovutish tabiiy sovutish deb ataladi. Jismni atrof-muhit haroratidan past harorat -gacha sovutish sun'iy sovutish deb ataladi. Buning uchun, amaliyotda asosan issiqlik tashuvchining agregat holati o‘zgarishi bilan kechadigan yashirin issiqlik ishlatiladi.
Sun'iy sovuqlik olishning bir necha usullari mavjud. Bularning ichida eng oddiysi muz yoki qor bilan sovutish. Muz yoki qorning erishi natijasida ko‘p miqdorda issiqlik olib ketiladi. Agar tashqaridan kiruvchi issiqlik oqimlari kam bo‘lib, qor yoki muz bilan issiqlik almashinish yuzasi katta bo‘lsa, sovutilayotgan muhit haroratini 0 оС gacha pasaytirish mumkin. Lekin amaliyotda qor yoki muz bilan sovutilayot -gan xonalardagi havo haroratini 5-8 оС darajada ushlab turish mumkin. Muz bilan sovutishda suv muzi yoki qattiq karbonat kislotasi (quruq muz) ishlatilishi mumkin.
Shuningdek sun'iy sovuqlik olish uchun, bug‘-kompressorli sovutish mashinalarida drossellash, gaz sovutish mashinalarida esa izoentropik kengayish orqali tashqi ish olish, hamda girdob (uyurma) effekti (Rank-Xilsh effekti) kabi usullar ishlatiladi. Drossellanish (suyuqlik oqimining ezilish) jarayoni deyilganida, tashqi foydali ishni amalga oshirmasdan va atrof-muhit bilan issiqlik almashinmasdan gaz yoki suyuq -likning yuqoriroq bosimdan pastroq bosimga o‘tishi tushuniladi. Drossellanish quyidagicha amalga oshadi: gaz yoki suyuqlik oqimi yo‘liga diafragma, ventil yoki biror qarshilik qo‘yiladi. Bu qarshiliklarni yengish uchun oqim birdaniga torayib, so‘ng yana kengayadi va harakatini davom ettiradi. Moddaning bosimi drossella -nish vaqtida pasayadi, hajmi esa ortadi. Drossellanish effekti Joul-Tomson effekti deb ham ataladi.
Gazli sovutish mashinalarida foydali ish oluvchi izoentropik kengayish amalga oshiriladi. Bunda ishchi modda oqimi yuqori bosim sohasidan past bosim sohasiga o‘tganda, foydali tashqi ish bajarishi mumkin. Drossellanishda bu ishni amalga oshiruvchi omil yo‘q. Bunday foydali ishni turbodetander (tashqi foydali ishni olishda ishchi moddani kengaytiruvchi mashina) yordamida amalga oshirish mumkin. Turbodetanderda oqimning kinetik energiyasi drossellanish jarayonidagi singari issiqlikka aylanmay, foydali ish sifatida tashqariga olinishi mumkin. Shun -day qilib izoentropik kengayishda, nafaqat, foydali ish olish imkoni, balki yuqori -roq sovutish samaradorligiga erishish mumkin. Bu jarayonni faqat turbodetander -larda emas, balki detanderlarning boshqa turlarida ham amalga oshirish mumkin.