Oziqa tarkibidagi mumkin bo‘lgan qoldiq pestisidlar miqdori, mg/kg
Pestisidlar nomi
|
Sog’iladigan sigirlar, tuxum tug’adigan tovuqlar, bo‘rdoqi hayvonlar va parandalar
|
Aldrin (dilozrin)
|
bo‘lishi mumkin emas
|
Tetraxlor
|
bo‘lishi mumkin emas
|
Dinitroortokrezol
|
bo‘lishi mumkin emas
|
Dalor
|
bo‘lishi mumkin emas
|
Metafos
|
bo‘lishi mumkin emas
|
Mishyak saqlovchi preparatlar
|
bo‘lishi mumkin emas
|
Neorganik bromidlar
|
35,0
|
Polixlorkamfen
|
bo‘lishi mumkin emas
|
Polixlorpipen
|
bo‘lishi mumkin emas
|
Simob saqlovchi preparatlar
|
bo‘lishi mumkin emas
|
Sevin
|
bo‘lishi mumkin emas
|
Reglan
|
0,2 – 1,0
|
Mog’orlagan don yoki undan tayyorlangan mahsulotlarni 2 % li soda eritmasi bilan qayta ishlanadi yoki bir soat davomida +100°C da qizdiriladi. Don va omuxta oziqalar zamburug’larning zaharlari bilan zararlangan bo‘lsa, don quritish agregati C3 PB - 210 da 10 minut davomida +1300 -1400C va +1600 - 180°C darajada qizdiriladi. Donlar zaharli zamburug’lar bilan juda ham zararlangan bo‘lsa, 10 miiut davomida +2500 - 300°C da detoksikasiya qilinadi.
Baliq va go‘sht suyak unlarini tekshirilganda salmonella, patogen ichak tayoqchalari topilsa, +100°C darajada bir soat davomida pishirilgandan so‘ng mollarga berish mumkin. Agar oziqalardan anaerob mikroblar va ularning zaharlari topilsa, 2 soat davomida +1200 - 130°C darajada termik yo‘l bilan qayta ishlanadi.
Kushxona va oshxona chiqindilari cho‘chqa va parrandalarga yaxshilab tekshirilgandan keyin beriladi. Sut va yog’ zavodlari chiqindilari qaynatilgandan yoki pasterlizasiya qilingandan so‘ng hayvonlarga beriladi.
Yuqori kislotali silos va mezgalarni kavshovchi hayvonlarga berishdan avval ammiak suvi yoki bo‘r yordamida kislotasizlantiriladi. Bakteriya va zamburug’lar bilan zararlangan kartoshkalar mollarga pishirilmasdan beriladi, kunlik berish me’yoriga nisbatan 50 % hisobida. Agar kartoshkaning 1/3 qismi chirigan bo‘lsa pishirilmasdan berilmaydi, 50 – 75 % i chirigan bo‘lsa umuman berilmaydi. Tomir chiqarib o‘sib ketgan kartoshkalarni avvalo o‘sgan o‘simtalari tozalanadi va keyin 1 soat davomida +100°C darajada pishirilib, suvi to‘kilib, keyin hayvonlarga beriladi.
Ba’zan oziqalarni laboratoriyada tekshirilganda zararli ta’sirlarning boshlanishini aniqlash qiyin bo‘ladi, bu vaqtlarda xo‘jalik uchui qimmatbaho bo‘lmagan mollar orasida biologik tajriba o‘tkaziladi.
Oziqalarni tayyorlash va saqlashdagi tadbirlar - dag’al oziqalarni buzilmasligi, nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik va to‘yimliligini yo‘qotmaslik uchun o‘t va don oziqalarni vaqtida o‘rish, yig’ishtirish, tashish, quruq va balandroq yerga uyush, g’aram qilish, yog’in-sochindan saqlash katta ahamiyatga ega.
Don oziqalar, unsimon, kunjara va shrot, omuxta yem va boshqa konsentratlar quruq idishlarga solingan, toza, quruq va yaxshi shamollatiladigan binolarda past haroratda saqlanadi. Omborlarga havo so‘ruvchi ventilyasiyalar o‘rnatiladi. Ayniqsa oziqalarni namligiga katta e’tibor berilishi kerak, agar nam bo‘lsa quritiladi va shamollatiladi.
Siloslarni mog’orlamasligi, chirimasligi va muzlamasligi uchun tuproq bilan ifloslanmagan ko‘k o‘tdan (namligi 75% dan oshmasin) yaxshilab bosiladi va usti suv o‘tkazmaydigan polimer plyonkalari bilan yopilib, ustidan 10 - 15 sm qalinlikda tuproq bilan ko‘miladi. Silos chuqurlari atrofidan suv oqib ketadigan ariqchalar qilinadi. Yuqori sifatli senaj ko‘k o‘tdan tayyorlanadi. Yaxshi senaj olish uchun 3-4 kunda to‘xtovsiz bosiladi va havo kirmaydigan qilib yopiladi.
Ildiz mevali oziqalarni buzilmasligi uchun, saqlanadigan omborlar quruq, baland joylarga qurilib, yomg’ir-qor suvlari oqib kirmaydigan bo‘lishi kerak. Saqlanadigan joylarning ustki tomoniga ventilyasiya trubalari o‘rnatiladi. Ular saqlanadigan joylardagi harorat 0°C dan +3°C gacha, iisbiy namlik 80 – 90 % bo‘lishi va yorug’lik tushmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |