Oziqa mikotoksikozlari - oziqa vositalari ma’lum sharoitlarda yomg’irli havoda saqlash qoidalari buzilganda va boshqalarda ko‘pincha zamburg’ va bakteriyalar bilan zararlanadi. Bunday oziqalar tufayli og’ir kasalliklar kelib chiqadi va ba’zida hayvonlarni o‘lishiga olib keladi.
Oziqalarda o‘sgan hamma zamburug’lar ham zararli ta’sir etmaydi, aksincha, ba’zi birlari oziqlarni saqlash va tayyorlash davrida, hayvonlarni ovkat hazm qilishida, ayniqsa kavshovchi xayvonlarda foydali hamdir.
Zaharli yoki zararli zamburug’lar hayvon va parrandalar orasida turli kasalliklarni chaqiradi. Ularni organizmga ta’sir qilish mexanizmiga qarab mikozlar va mikotoksikozlarga bo‘linadi.
Hayvonlar organizmiga tushgan zamburug’lar to‘qima va a’zolarda o‘sadi va ko‘payadi, natijada kasallik chaqiradi. Bu kasalliklarga mikozlar deb ataladi. Misol uchun aktinomikoz. Zaharli zamburug’larni oziqalar bilan yeyishi tufayli hayvonlar mikotoksikoz kasalligiga uchraydi. Bu zamburug’lar oziqalarga o‘zlarining zaharlarini chiqarib zaharlaydi, ammo hayvon to‘qima va a’zolarida parazitlik qilish xususiyatiga zga emas. Zamburug’ floralari tirik o‘simliklarni va oziqalarni ham zararlashi mumkin.
O‘simlikda parazitlik qiladigan zamburug’lar - zang zamburug’lari (Uredinaceae oilasi, Vazidomices sinfi) yosh o‘simliklar tomirida, keyin shoxlari, barglari, boshoqlarida har xil kattalikdagi sariq, jigarrang, qo‘ng’ir yoki qora rangdagi izlar va dog’lar holida rivojlanadi. Zang zamburug’larining ikki xili eng ko‘p tarqalgan Rissinia boshoqlilarni yo‘l-yo‘l zangi hamma turdagi madaniy va yovvoyi boshoqlilarda uchraydi. Uromyces dukkakli o‘simliklar zangi hisoblanadi. Zang zamburug’lari o‘simliklar paraziti hisoblanib, hayvonlarni ham zaharlashi mumkin. Tajribada zang zamburug’lari bilan otlar, koramollar, qo‘ylar va cho‘chqalar ko‘k o‘t, beda, yo‘ngichqa, pichan, poxol bilan boqilganda zaharlanganligi kuzatilgan.
Yaylovlarda kuchli ifloslangan oziqalar bilan oziqlangan hayvonlarda stomatit, rinit, konyunktivit, gastroenterit, teri va yelinning zararlanishi (eshak yemiga o‘xshash) kasalliklari bo‘ladi. Zaharlanishdan saqlash uchun zararlangan o‘simliklar ishqorlar yordamida zararsizlantirilib hayvonlarga beriladi.
Qorakuya zamburug’lari (Ustillaginaceae Basidiomycetes oilasi) ko‘k o‘simliklarda rivojlanib, ko‘pincha gulida bo‘lib, donning o‘rnini egallaydi va avvalo oqish, keyin qoraroq shishlarni hosil qiladi. Shishlar ichida zamburug’ sporalari, quyuq yoki kukunsimon qora massalar bo‘ladi.
Hayvonlar uchun ikki xil qorakuya zamburug’i ahamiyatga ega. Ustillago va Tilletia oilasiga suli, arpaning qorakuya changi va makkajo‘xorining pufaksimon qorakuyalari kiradi. Ustillago zamburug’larini zaharliligi to‘g’risida har xil fikrlar mavjud. Ammo amaliyotda buzoqlar va yosh cho‘chqalar zaharlanganligi tasdiqlangan. Tilletia guruhiga bug’doyning ho‘l va sassiq qorakuyasi yoki javdarning ho‘l va qattiq zamburug’lari kiradi. Ammo zaharliligi to‘liq o‘rganilmagan.
A. K. Reynfeldni aniqlashicha, bug’doy qorakuyasi tarkibida alkaloidga o‘xshash zaharli modda bo‘lib, hayvonlarni bachadoniga ta’sir etib, bola tashlashga sabab bo‘ladi. A. K. Golosniskiy va Sarkisovlar qorakuya zamburug’larining hayvonlar uchun zaharliligini rad etadi.
Qorakuya zamburug’larining bo‘lmasligi uchun omborlar, solinadigan idishlarni, yanchadigan va o‘radigan mashinalarni dezinfeksiya qilish va zamburug’larga chidamli urug’larni tanlash tavsiya etiladi.
Zang zamburuglari (S1aviceps rigrigaye) - yoz paytlari yomg’ir ko‘p bo‘lsa javdar va boshqa boshoqli don o‘simliklari, yaylov o‘simliklari bu zamburug’ bilan kasallanadi. Sporinyalar tarkibida ergotoksin, ergotamin, ergometrin va boshqa alkaloidlar bo‘ladi. Bundan tashqari qator aminlar ham bo‘ladi.
Zang zamburug’lari qishloq xo‘jalik hayvonlari, parrandalari va hatto odamlar orasida ham ergotizm nomli og’ir zaharlanishni chaqiradi. Zaxarlanish asosan ifloslangan don va uning chiqindilari, un va boshqa oziqalar bilan oziqlantirilganda bo‘ladi. Bu zamburug’larning alkoloidlari bachadon muskullarini, arteriyalarni qisqartiradi, gangrena kasalligini rivojlantiradi va markaziy asab tizimiga ta’sir etadi.
Bu zamburug’lardan zaharlanish o‘tkir va surunkali shaklda o‘tadi. Birinchi holda so‘lak oqish, oshqozon-ichak yo‘llarining yallig’lanishi, qayt qilish, sanchiq, ich ketish, muskullar qaltirashi, markaziy asab tizimi funksiyasining buzilish (qo‘zg’aluvchanlik, keyin susayishi, so‘nishi, sezuvchanlik xususiyatining yo‘qolishi va tirishish) hollari kuzatiladi. Bo‘g’oz mollarda qattiq to‘lg’oq tutishi, bola tashlash va bachadonning tushishi hollari bo‘ladi. Surunkali zaharlanishda bolasizlik, qisir qolish, tuyoq, quloq, dum, yelin surg’ichlarini jonsizlanishi (to‘qimalarning o‘lishi), cho‘chqalarda tumshug’i va tanasining boshqa a’zolari, parrandalarni tumshug’i, toji va sirg’alari irib tushishi hollari kuzatiladi.
Zang zamburug’lari bilan zaharlanishning oldini olish uchun hayvonlarga beriladigan un yoki kepaklar tarkibida ularning miqdori 0,2% dan oshmasligi kerak. Eqiladigan urug’lar yaxshilab tozalanishi zarur. Yovvoyi holida o‘sayotgan boshoqli don o‘simliklari zamburug’lar bilan kasallangan bo‘lsa, ular gullagancha o‘rilib, pichan qilinadi.
Fuzariotoksikoz - Fusarium oilasiga mansub zamburug’lar bilan ifloslangan oziqalar bilan zaharlanishdir (G’. sporotrichella, G’. graminearum, G’. nivalae, G’. culmorum. G’. avenacium).
Bu zamburug’lar javdar, bug’doy, suli, arpa va boshqa don o‘simliklarning o‘sish davrida ham va saqlash davrida ham zararlantiradi. Ayniqsa nam va yog’in-sochinli yillarda ko‘p uchraydi. Zararlangan don mayda, nozik, yaltiraydigan va ustki qatlamida binafsha yoki ko‘ng’ir zamburug’ miseliyalari bilan qoplanadi. Ba’zi olimlarning fikricha, zararlangan donlarda hosil bo‘lgan glyukozid va aminokislotalar boshqa olimlarning fikricha, xolinlar va alkoloidlar (invalenon, fuzarenon) hayvonlarni zaharlashga sabab bo‘ladi. Zaharlangan hayvonlarda oshqozon-ichak yo‘llarining faoliyati va asab tizimining buzilishi kuzatiladi. Hayvonlar juda bezovtalanadi, yurish harakati buziladi. Keyinchalik bo‘shashib, kuchsizlanib, qaltiraydi. Qoramollarda bu kasallik belgilaridan tashqari oshqozon damlashi, ichaklar harakatining pasayishi, otlarda suvsash, kayt qilish va ich ketish belgilari kuzatiladi.
Qishda, kor tagida qolgan oziqalar G’. sporotrichella va boshqalar bilan zararlangan bo‘lsa, zaharlangan hayvonlar qonida leykopeniya, neytrofil leykosit va gemoglobinning kamayishi, qon quyilishi, dermatit, yallig’li nekrotik stomatit, asab tizimining buzilishi, avanglab yurish va tortishib qaltirash kabi hollar kuzatiladi.
Fuzariotoksikoz kasalliklarining oldini olish borasida quyidagi tadbir - choralar bajariladi: don ekinlari tezda haydab tashlanadi, namligi yuqori pichanlar natriy xlorid tuzi bilan konservasiya (1 tonna pichanga 10 kg hisobida) qilinadi. Yomg’ir yoqqan paytlarda boshoqli o‘simliklar o‘rilmay, qurishi kutiladi, omuxta yem uchun ajratilgan donlar veterinariya laboratoriyalarida tekshiriladi. Bu zamburug’lar bilan ifloslangai oziqalar bilan cho‘chqa, ot va parrandalar oziqlantirilmaydi.
Yig’ilgan oziqalarda parazitlik qiladigan zamburug’lar - mog’or zamburug’larining sporalari tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, tuproq, suv, havo, oziqa va boshqalarda rivojlanishi uchun ma’qul sharoit (harorat +50 -15°C va namlik 18 - 30%) bo‘lsa, oziqalarda o‘sib, ipsimon, paxtasimon va har xil rangdagi shilliq qoplamalarni hosil qiladi. Zararlangan oziqalar rangi xiralashib, yoqimsiz hid va yopishqoq bo‘lib qoladi. Ko‘pincha oziqalar Aspergillus, Renicillium, Misog, G’usarium, S1adosporium, Alterpagia, Tgihoderma va boshqa oilaga mansub zamburug’lar bilan zararlanadi. Oziqalarda zamburug’lar bilan birga odatda har xil kislotaga chidamli bakteriyalar va kokklar rivojlanib, oziqalarning chirishiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilingan zamburuglar orasida zaharlilari ham uchrab turadi. Bularga Aspergillus, Renicillium, G’usarium, Alterpagia, va boshqalar misol bo‘ladi. Don oziqalarni zararlantirishda Aspergillus, Renicillium va G’usarium oilasiga mansub zamburug’lar alohida axamiyatga egadir. Hamma xildagi omuxta yemlarda Aspergillus, Renicillium, Mucoraceae va boshqa oilaga mansub zamburug’lar uchraydi. Ko‘pgina zamburug’lar ajratadigan zaharlar yetarlicha o‘rganilmagan. Zamburug’lar o‘sishi va rivojlanishi tufayli oziqalarning kimyoviy tarkibi, to‘yimliligi va sifati pasayadi.
Hayvonlar orasida kasalliklar tarqatadigan zamburug’larning 300 ga yaqin turlari aniqlangan, shundan 60% yuqorida qayd qilingan zamburug’larga mansubdir.
Zamburug’lar va bakteriyalar ta’sirida oziqalarning fizik holatigina o‘zgarib qolmasdan, hatto unda chuqur kimyoviy o‘zgarishlar kechadi, ya’ni oqsil, yog’, karbonsuvlar, kletchatkalar parchalanadi va yarim zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Ko‘pgina zamburug’lar qonga o‘zlarining zaharlarini ajratadi. Zamburug’lar spora hosil qilish davrida o‘ta zaharli bo‘lib, bu vaqtda zamburug’lar misellalarida fermentativ parchalanish bo‘lib, zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Mana shu davrda zamburug’lar eng xavfli hisoblanadi.
Hayvonlarning mikotoksik kasalliklari har xil klinik belgilari, patologoanatomik o‘zgarishlari bilan xarakterlidir. Bunga asosan zamburug’lar turi, zararlanish darajasi, oziqalarning kimyoviy tarkibi o‘zgarish darajasi sabab bo‘ladi. Hayvonlar hamma xil zamburug’lar bilan zaharlanishi mumkin, ayniqsa ot, cho‘chqa va parrandalar o‘ta sezgir bo‘ladi.
Zaharlangan hayvonlarda ovqat xazm bo‘lishi buzilishi, ishtaha yo‘qolishi, so‘lak oqish, yutish qiyinlashishi, sanchiq, damlash, ich qotish yoki ketish, tezakning shilimshiq modda yoki qon bilan qoplanishi, shuningdek jigar va buyrakning zararlanishi kuzatiladi. Shular bilan bir qatorda, ko‘pincha yuqori nafas olish yo‘llari va markaziy asab tizimining zararlanishi (qaltirash, darmonsizlanish, dalvanglab yurish, til va tomoq paralichi, ko‘rmaslik, umumiy paralich) ham kuzatiladi. Kasal hayvonlar kuchli terlaydi va bo‘g’ozlari bola tashlaydi. Kasallik o‘tkir va surunkali kechishi mumkin.
Hayvonlar orasida mikotoksikozyaar uch xil, ya’ni ichak, o‘pka va miya kasalliklari shaklida bo‘ladi. Ko‘pincha kasallik oshqozon-ichak yo‘llarining yallig’lanishi va og’ir holda esa asab tizimii buzilishi, bronxopnevmoniya bilan birga kechadi,
Mikotik kasalliklarning oldini olish uchun yig’ilgan oziqalarni zamburug’lar bilan zararlanishdan saqlash ksrak. Buning uchun tayyorlanayotgan oziqalar yetarli darajada quruq bo‘lishi, poxol va pichanlarni yaxshilab g’aram qilish, omuxta yem, don va boshqa oziqalarni quruq va yaxshi shamollaydigan omborlarda saqlash katta ahamiyatga ega. Mog’orlagai oziqalar bilan hayvonlarni oziqlantirmaslik zarur. Agar sal mog’orlagan bo‘lsa quritib, shamollatib, quyosh nuri ta’sir ettirilib, yelpib va sovurib berish kerak. Ancha mog’orlagan bo‘lsa pichan va poxollar 3% li yangi so‘ndirilgan ohak bilan zararsizlantiriladi, yem oziqalar esa maxsus don quritgich agregatlar yordamida yuqori haroratda quritiladi.
Oziqalarda parazitlik qiladigan zaharli zamburug’lardan eng xavflisi Stachylotris alternans - stokibotriotoksikoz, Dendrodochium tixicum - dendrodoxitoksikoz, G’isarium srogorotrichiella - alimentar zaharli aleykiya kasalligini chaqiradi.
Oziqalarda rivojlanadigan mikroorganizmlardan eng ko‘pi Bas. botulinus hisoblanadi. Botulizmga oziqa toksikoinfeksiyasi ya’ni mikrob zaharlari sabab bo‘ladi. Bu kasallik qo‘zg’atuvchisi tabiatda juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, spora hosil qiluvchi tuproq aerobi asosan iflos yerlarda, parrandalar chiqindilarida yoki buzilgan oziqalarda rivojlanib, kuchli va qat’iy neytrotrop zaharlarni ajratadi. Bu mikrobning rivojlanishiga nam donlar, yomon g’aramlangan pichan va poxollar, tuproq yoki kemiruvchilar o‘ligi bilan ifloslangan silos va senajlar yaxshi muhit hisoblanadi.
Botulizm kasalligi eng ko‘p ot va muynali hayvonlardan qunduzda uchraydi. Qoramol, cho‘chqa va parrandalarda kam uchraydi. Qo‘zg’atuvchining zahari birinchi o‘rinda markazii asab tizimini zararlaydi. Kasallikning asosiy belgisi yutish refleksining yo‘qolishi hisoblanadi. Zaharlangan otlarning ko‘z qorachig’i kattalashadn, tili, pastki jag’i, tomog’i va ichaklari paralichlanib, tovushi yo‘qoladn. Bundan tashqari ich qotishi, sanchiq, siydik ajralishi kamayishi, harorati ba’zan pasayishi, tomir urishi kuchsiz yoki tez, nafas olishi qiyinlashadi, dalvanglab yurish va boshqa belgilar kuzatiladi. Kasallpk o‘tkir va surunkali kechishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |