Issiqlik almashishi va uning boshqarilishi.
Hayvonlar tana haroratiga qarab sovuq qonlilar (poykilotermli) va issiq qonlilarga (gomoyotermli) bo‘linadi. Sovuq qonli hayvonlarga doimo tana harorati o‘zgarib turadigan, issiq qonlilarga esa doimiy haroratga ega bo‘lgan (+36° dan 42'S gacha), ya’ni uy hayvonlari va yovvoyi sut emizuvchilar, parrandalar kiradi. Issiq qonli hayvonlar tana harorati organizmda kechadigan biologik va fiziologik jarayonlarni me’yorda saqlab turishi uchun salgina o‘zgarib turadi. Harorat ko‘proq qon, miya, yurak va jigarda doimiy bo‘lib, terida esa havo muhiti va organizmning fiziologik funksiyalari ta’sirida o‘zgarib turadi. Issiqlik almashinuvi hayvon organizmi bilan uning atrofidagi muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning asosiy turlaridai biridir.
Energiyaning hamma turlari hayvon organizmida pirovard natijada issiqlik znergiyasiga aylanadi. Oqsillar, yog’lar va karbon suvlarning aerob va anaerob parchalanishi natijasida issiqlik hosil bo‘ladi. 1 g oqsil parchalanganda - 4,1 kkal, 1 g karbon suv parchalanganida - 4,1 kkal va 1 g yog’lar parchalanganida - 9,3 kkal issiqlik ajralib chiqadi.
Issiqlik hosil bo‘lishiga havoning past harorati, muskullarning ishlashi, mollarning bo‘g’ozligi, sog’ish davri va boshqalar ta’sir etadi. Atrof muhitning yuqori harorati, organizmning tinch holati, mollarni bichish, teri osti yog’ining qalinligi, junning qalinligi kabi hollarda issiqlik hosil bo‘lishi kamayadi.
Ko‘pchilik olimlar har xil turdagi hayvonlarni issiqlik hosil qilish darajasi ularning yoshi, vazni, oziqlantirish sharoiti, mahsuldorligi va bajargan ishiga bog’liq ekanligini isbotlaganlar. Har soatda bir kg tirik vaznga hosil qiladigan issiqlik kkal hisobida otlarda quyidagicha: tinch holatida - 1,13, o‘rtacha ish bajarsa 10,46 va og’ir ish bajarganda - 19,5; sigirlarning tinch holati va oziqlantirish darajasi, mahsuldorligiga qarab 1 - 3 kkal; qo‘ylarda 1 - 2; cho‘chqalarda 2 - 3; quyonlarda 5,6 va parrandalarda - 7,5 kilokaloriyagacha issiqlik hosil qiladi. Bu ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatadiki, hayvonlar turi qanchalik kichik bo‘lsa, ularning organizmida issiqlik hosil bo‘lishi shuncha ko‘p bo‘ladi. Issiqlikning ancha qismi tashqi muhitga uzatiladi. Masalan, 10 litr sut beradigan 400 kg tirik vazndagi sigir bir soatda 765 kkal issiqlik chiqarsa, 600 kg lik sigir esa - 965 kkal, yoki suti 30 litr bo‘lsa - 1342 kkal issiqlik chiqaradi.
Hayvonlar organizmida issiqlik muskullar qisqargan paytda hujayra va to‘qimalarda ro‘y beradigan oksidlanish reaksiyalari natijasida ham hosil bo‘ladi. Muskuldan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori shu muskul bajaradigan ishga mutanosib bo‘ladi.
Hayvonlar tashqi muhitga issiqlikni:
1. Terisi orqali:
a) atrofdagi muhitga bevosita issiqlik o‘tkazish yo‘li (konveksiya);
b) issiqlik sochish yo‘li bnlan (radiasiya);
v) teri yuzasidan ter bug’langanida issiqlik ajratiladi.
2. Nafas bilan (nafas chiqarish havosi tana haroratiga qadar isigan bo‘ladi) ajratadi.
3. Chiqarish a’zolari orqali chiqaradi. Bundan tashqari, hayvon iste’mol qiladigan oziqa va suvni isitish uchun ham issiqlik sarflaydi.
Organizmda hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori o‘sha vaqt oralig’ining o‘zida undan tashqi muhitga chiqarilgan issiqlik miqdoriga teng bo‘lsa, organizmning bunday holati issiqlik muvozanati (balansi) holati deb ataladi
Issiq qonli hayvonlar o‘z tanasi haroratini doim ma’lum doirada saqlab turish xususiyatiga egadir. Bunga issiqlik hosil qilish va issiqlik chiqarishni boshqarish yo‘li bilan erishiladi. Bu boshqarilishni kimyoviy termoregulyasiya deyiladi.
Organizmda issiqlik hosil bo‘lishining kuchayishi yoki susayishi kimyoviy termoregulyasiya, moddalar almashinuvi boshqarilishi oraliq miyada joylashgan issiqlik markazidan keluvchi impulslar ta’siri ostida o‘zgarishiga bog’liqdir.
Issiqlik hosil kilish markazi harorat o‘zgarishlarini sezadigan asab uchlari orqali reflektor yo‘l bilan, shuningdek, o‘sha markazni yuvib o‘tadigan qon haroratining o‘zgarishlari tufayli avtomatik ravishda qo‘zg’aladi. Issiqlik hosil qilish markazidan simpatik asab tolalari bo‘ylab keladigan impulslar ta’siri ostida muskullarning tarangligi o‘zgaradi; modomiki shunday ekan, o‘sha muskullarda hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori xam o‘zgarib qoladi.
Muhit harorati pasayganda markaziy asab tizimidan keladigan impulslar ta’siri ostida jigarda ham ortiqcha issiqlik bo‘lipsh mumkin.
Issiqlik hosil qilish markazi buyrak usti bezlari va qalqonsimon bezga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan ham issiqlik hosil bo‘lishini o‘zgartirishi mumkin. Ana shu endokrin bezlar to‘qimalarda oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradigan gormonlarni qonga ishlab chiqaradi,
Issiqlik ajratishning boshqarilishi ya’ni fizik termoregulyasiya organizm tomonidan chiqariladigan issiqlik miqdorini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Zoogigiyenik me’yor sharoitlarida ya’ni havo harorati +180 - 20°C, nisbiy namlik 40 - 60% bo‘lib, havo harakatlanmay turgan paytda hayvon 75% atrofidagi issiqlikni tashqi muhitga bevosita o‘tkazish va sochish yo‘li bilan teri orqali chiqaradi va 20% ga yaqin issiqlik teri yuzasidagi terning bug’lanishi hisobiga yo‘qoladi.
Hayvon terisi orqali tashqi muhitga bevosita o‘tkazish va sochish yo‘li bilan chiqariladigan issiqlik miqdori terining qon bilan ta’minlanishiga ko‘p darajada bog’liq. Teridagi kapillyarlar torayganida atrofdagi muhitga issiqlik sochilishi va o‘tkazilishi keskin kamaysa o‘sha kapillyarlar kengayganida ko‘payadi. Teridagi tomirlar uzunchoq va orqa miyada joylashgan asab markazlaridan keladigan impulslar ta’siri ostida kengayadi va torayadi. O‘sha markazlar sezuvchi asab oxirlariga yuqori va past harorat ta’sir etganida reflektor yo‘li bilan, shuningdek, ularni yuvib o‘tadigan qon harorati o‘zgarganida qo‘zg’aladi. Tomirlardagi qonning oqish tezligi ham ma’lum ahamiyatga ega chunki sovuqda qon oqimi susaysa, issiqda tezlashadi.
Atrofdagi muhit va buyumlar harorati ko‘tarilganida atrof muhitga bevosita issiqlik o‘tkazish va sochish yo‘li bilaya issiqlik ajratish tobora qiyinlashib boradi. Atrofdagi muhit harorati hayvon terisidagi haroratga tenglashadigan yoki undan ko‘tarilib ketadigan hollarda esa tamomila to‘xtalib qoladi.
Bunday sharitlarda teri yuzasidan terni bug’lantirish yo‘li bilan yana issiqlik ajratish mumkin bo‘ladi. Ter ajralishi ter ajratuvchi markazlardan ter bezlariga keladigan impulslar ta’siri bilan yuzaga chiqadi, bu markazlar termoreseptorlardan keluvchi signallar bilan xam, yuqori haroratli qon ta’siri bilan ham qo‘zg’aladi.
Issiqlikni boshqarishda nafas olish va chiqarish ham ishtirok etadi. Hayvonning nafasidan chiqadigan havo tanasining haroratigacha isigan va suv bug’lari bilan to‘yingan bo‘ladi, ana shu suv bug’lanishi uchun o‘pkada issiqlik sarf bo‘ladi. Hayvonning atrofidagi havo harorati ko‘tarilib borgan sayin o‘pka orqali bug’lanib chiqadigan suv miqdori ortib boradi. Atrofdagi havo harorati past bo‘lgan sharoitda va sovigan qon ta’siri ostida nafas markazi faoliyati susayib, nafas olish siyrak va yuzaki bo‘lib qoladi. Aksincha, atrofdagi havo harorati ko‘tarilganida esa nafas markazi qo‘zg’aladi.
Hayvon tanasi haroratining muayyan darajada saqlanib turishi murakkab funksiya bo‘lib, bir tomondan moddalar almashinuvini boshqaruvchi tizimlar va moddalar almashinuviga bog’liq bo‘lgan issiqlik hosil kilish, ya’ni kimyoviy termoregulyasiya bilan, ikkinchi tomondan terining qon bilan ta’minlanishi, ter ajralishini va nafas olishni idora etadigan, boshqacha aytganda issiqlik ajratishni boshqaradigan tizimlar, ya’ni fizik termoregulyasiyaning birga qo‘shilishib ta’sir qilishi tufayli ta’minlanadi.
Biroq termoregulyasiyaning imkoniyati cheksiz emasligini nazarda tutish lozim. Atrofdagi havoning yuqori yoki past harorati ta’siri bilan issiqlik muvozanati holati buziladigan bo‘lsa, organizmda patologik o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Hayvonlarni teri, jun qoplami va parrandalarning patlari bo‘lganligi sababli, ularning issiqlik uzatishi o‘ziga xos bo‘ladi ya’ni jun va patlar orasidagi havo mikroiqlimni paydo qiladi. Bu esa organizmni ma’lum miqdorda haroratni bir xil ushlashga yordam beradi. Jun qoplamini issiqlik uzatish rolini quyidagi misoldan ham bilish mumkin: juni bo‘lgan hayvonlar terisi ustidagi namlikni bug’lanishi ter ajralish orqali bo‘ladi ya’ni 1 g namlikni bug’lantirish uchun 0,6 kkal ga yaqin issiqlik sarf bo‘ladi. Teri orqali issiqlik ajratish qancha ko‘p bo‘lishi ter ajralishi, tashqi harorat va hayvonning harakatiga bog’liqdir. Havoning namligi va harorati yuqori bo‘lsa teridan bug’lanish shuncha qiyin bo‘ladi. Tashqi muhitning harorati teri harorati bilan teng yoki sal yuqori bo‘lsa, butun issiqliklikni 94% gacha yo‘qotish bug’lanish hisoblanadi. Ammo, hayvon uzoq vaqt yuqori haroratda tashqi muhitda saqlansa, namlik past bo‘lsa issiqlik yuqotish bug’lanish tufayli amalga oshiriladi.
Nafas olish yo‘llari namlikni bug’lantirish va olingan havoni isitish yo‘li bilan issiqlikni yo‘qotadi. Bunda issiqlik yuqotish miqdori tashqi muhitdan olinadigan havoning harorati va namligiga hamda o‘pkaning ventilyasiya hajmiga bog’liq bo‘ladi. Ba’zi bir hayvonlar tanasining ayrim cheklangan qismlarida ter ajralish bilan issiqlik yo‘qotish asosiy o‘rinda turadi. Masalan, it va parrandalarda ter bezlari bo‘lmaganligi tufayli namlikni bug’lanishi nafas olishni tezlashishi va tilini osiltirish bilan bajariladi. Parrandalarda issiqlik yo‘qotishda tojlari va sirg’alari ham faol ishtirok etadi.
Hayvonlarni saqlash sharoiti, joylashtirish, mikroiqlim ko‘rsatgichlariga qarab issiqlik yo‘qotishi o‘zgarib turadi va ular orasidagi o‘zaro nisbat ko‘pincha doimiy bo‘lmaydi.
Organizmdan issiqlik yo‘qotish yaxshi o‘rganilmagani tufayli issiqlik yo‘qotish miqdori to‘g’risida yagona fikr yo‘q. A.P.Onegovni aniqlashicha, uzatish yo‘li bilan issiqlikning 31%, nurlanish yoki sochish yo‘li bilan 44%, teri va nafas yo‘llari orqali bug’lanish bilan 21%, havoni va oziqani isitish uchun 4% i yo‘qoladi.
V. Ye. Parunin aniqlashicha, sog’in sigirlar ter bezlari bug’lanishi bilan 20%, radiasiya tufayli 9-13,5% va konveksiya tufayli 67,5% issiqlik yo‘qotadi. A. P. Kostin esa, konveksiya orqali 31, radiasiyada 43,7, terni bug’lanishidan 21.7, oziqani isitish uchun 1,5, nafas oladigan havoni isitishga 13, siydik va tezak orqali sarflanadigan issiqlikni 0,7% yo‘qolishini isbotlaydi. Bu ko‘rsatkichlarni aniqlashda mollarning nasldorligi, yoshi, mikroiqlim sharoiti, oziqlantirish, mahsuldorligi va organizmni fiziologik holati hisobga olinmagan.
Yu. I. Dudirov tajribasida aniqlashicha, Xolmogor zotli sigirlar yoshiga qarab, atrof muhit harorati, namligi, havoning harakatini o‘rtacha ko‘rsatkichida issiqlik chiqarishi quyidagicha (% hisobida), teri va nafas olish yo‘llari orqali 19,8-25,7, havoni isitish uchun 4,8-5,8, oziqa va suvni isitish uchun 6,2-13,4, radiasiya uchun 22,5-41,8, sut, siydik va tezak orqali 20-47 foiz issiqlik yo‘qotadi.
Yosh, yangi tug’ilgan mollarda issiqlik boshqarilishi o‘ziga xos bo‘ladi, ya’ni ular organizmida tashqi muhit bilan ichki mexanizmlar orasida bog’liqlik o‘z holicha bo‘lmaydi. Shuning uchun ularning tana harorati o‘zgaruvchan ya’ni doimiy bo‘lmaydi. Bu esa uning hayotida, ayniqsa havoning harorati va namligini oshishi qator kasalliklar kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi.
Fizilogik tajribalar shuni ko‘rsatdiki, qulunlar, buzoqlar, qo‘zi va cho‘chqa bolalari tug’ilganida organizmni sovishdan saqlaydigan tug’ma saqlash refleksi bilan tug’ilib, keyinchalik fizik va kimyoviy issiqlik boshqarilishi rivojlanadi. Binobarin, fizik issiqlikni boshqarilishi buzoqlarda 9 - 27 - kunlari, qo‘zilarda 6 - 15 - kunlari, cho‘chqa bolalarida 15 kunligida paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |