Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi fanidan mustaqil ta‘lim mavzulari


ITLARNI SAQLASH VA PARVARISHLASH GIGIYENASI



Download 0,8 Mb.
bet16/39
Sana12.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#338286
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
ZOOGIGIYENA VA VETERINARIYA SANITARIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA‘LIM

ITLARNI SAQLASH VA PARVARISHLASH GIGIYENASI.

Itlarni saqlash usullari - Itlarni saqlashning bir necha xil usullari mavjud; guruhda, dalada, hovlida, uychalarda va hokazolar. Guruh usulida saqlash maxsus urchitish, ko‘paytirish, o‘rgatuvchi va harbiy qismlarda qo‘llaniladi. Cho‘pon itlari doimo dalada saqlanadi. Hovli va dala hovlida saqlash usullari qishloq sharoitlarida amalga oshiriladi.

Guruhda saqlanganda itlar uchun maxsus uychalar jihozlanadi. Uychalar oldida har bir it uchun alohida yayratish maydonchalari tashkil qilinadi. Uychalarni (kabina) uzunligi 2 m, kengligi 1,5 m, oldingi devorni balandligi 2,5 m orqa tomoni 1,5-2 m, eshikning balandligi 1,7 m, kengligi 0,7 m, eshikning ustidan oynali deraza o‘rnatiladi. Eshikning tagidan 0,4 x 0,5 m tuynuk qoldiriladi. Sovuq paytlari issiq material bilan yopib qo‘yiladi. Yayratish maydonining uzunligi 3 m, kengligi 2 m, balandligi 2,2 m bo‘lib uning oldingi qismida 1,8 x 0,7 m eshik o‘rnatiladi.

Guruhda saqlanganda yayratish maydoni kengaytiriladi. Yayratish maydonida yog’ochli taxlanadigan uycha o‘rnatiladi. Janubiy rayonlarda esa uning o‘rniga itlarni yotishi uchun taxtali pol qilinib, gazlama materialdan balandligi 15 - 20 sm to‘shama qilinadi.

Uychalarni o‘lchamlarni hovlida saqlaganda 1,2 x 0,9 x 1 m, tomi bir tomonga yoki ikki tomonga qarab egilgan bo‘ladi. Uychalar salqin joylarda, daraxtlarning ostiga joylashtiriladi. Oldidan esa o‘lchami 1,2 x 1,5 m taxtali to‘siq o‘rnatiladi. Qishda uycha issiq saqlovchi materiallar bilan isitiladi. Uychalar doimo shamollatib dezinfeksiya qilinadi. Uychalarning asosi pol, devor, karkas va tomdan iborat. Itlarni erkin holda hovlida saqlaganda uning atrofi devor bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. Itlarni boshqa hayvonlar qoramollar, cho‘chqalar, qo‘ylar bilan birga yopiq binolarda saqlash mumkin emas.

Issiq uylarda ko‘pincha itlar kataklarda saqlanadi. Kataklarni o‘lchami vazni 22,5 kg dan yuqori bo‘lgan itlar uchun 1,2 x 1,8 m; 22,5 kg dan past bo‘lgan itlar uchun 1,2 x 1,5 m; kichik itlar uchun 0,9 x 1,2 m bo‘lib. poli taxtali bo‘lishi kerak.

Kataklarda oziqlantirish va sug’orish uchun yayratish maydoniga xususiy yoki guruhdagi 3-5 katakga 2 m2 joy ajratiladi. Seksiyalarda itlar soni 10-20 boshdan bo‘lib jinsiga, yoshiga qarab saqlanadi.

Itlarni uyda saqlaganda iloji boricha alohida xonada saqlash kerak. Agar itning vazni 25 kg bo‘lsa 6 m2 gacha joy ajratilib ostiga gilamcha to‘shalgan bo‘lishi kerak. Itlarni isitish batareyalariga, muzlatgichga yaqin joylarga joylashtirmaslik kerak. Tabiiy yorug’lik tushib turishi kerak. Itlarni bog’lab saqlash mumkin emas.

Itlar doimo parvarish qilinishi, terisi har kuni tozalanishi kerak. Itlarni asosan yayratishga olib chiqqan vaqtda tozalanadi. Itlarning terisi doimo har xil iflosliklar bilan ifloslanadi. Shuning uchun ularni 25-280C li issiq suv bilan yuvib turish kerak. Itlarni cho‘miltirib turish ularning organizmini chiniqtiradi. Shuning uchun itlarni issiq vaqtlari har kuni cho‘miltirish maqsadga muvofiq. Itlar asosan ovqatlantirishdan 10-15 daqiqa oldin cho‘miltiriladi.

Ayrim zotli itlarni juni olinadi – oldin kurak usti, yelkasi, bo‘yni, boshi, ko‘kragi va oxirida oyoqlarining juni olinadi. Junni olish asosan bahorda issiq paytlari amalga oshiriladi. Itlarning tirnoqlari o‘sib ketsa yurishga halaqit beradi. Shuning uchun tirnoqlarning uchlari kesiladi. Ayrim zotli itlarning quloqlari, dumlari kesiladi. Itlarni qanday usulda saqlash boqishdan qatiy nazar ular yayratilishi zarur. Ular kuniga kamida 2-3 marta 30-40 daqiqa davomida toza havoda yayratilishi lozim.

Itlar temir, avtomobil, havo va suv yo‘llari orqali tashiladi. Buning uchun itlar veterinariya davolash muassasalarida tekshiriladi. Itning egasida itning pasporti va veterinariya guvohnomasi bo‘lib, unda itning sog’lomligi, turli yuqumlli kasalliklarga qarshi emlanganligi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Kasal itlarni tashish mumkin emas. Shahar transportlarida itlarni olib yurish ta’qiqlanadi. Uzoq yo‘llarga tashilganda 12 soatdan keyin maxsus ajratilgan joylarda oziqlantirish amalga oshirilib, avtoulovlarda tashishdan 3 soat oldin itlar oziqlantirilib, jo‘natishdan 1-1,5 soat oldin yayratiladi. Uzoq masofaga tashilgandan keyin itlarga uzoq muddatli dam beriladi.




Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish