1-Amaliy mashg‘ulot.
Ozuqa turlari. O‘simliklardan tayyorlangan oziqalar va ularning turlarini o‘rganish
Ishning maqsadi: Ozuqa turlarini o‘rganish
Kerakli jihozlar va o‘quv qo‘llanmalari: Ozuqa turlari ularning nomlanishi, ozuqa sifatini aniqlash uchun jadvallar, uslubiy qo‘llanmalar.
Chorvachilikda qo‘llanadigan ozuqalar sifati, to‘yimliligi, hazm bo‘lishi bilan farqlanadi. Barcha ozuqalar 3 ta guruhga bo‘linadi: O‘simlikdan tayyorlangan ozuqalar, chorva mahsulotlaridan tayyorlangan ozuqalar va mineral moddalar. Shu ozuqalardan eng ko‘p qo‘llaniladigani - o‘simliklardan tayyorlanadigan ozuqalardir.
O‘simlik ozuqalari. O‘simliklardan tayyorlanadigan ozuqalar keng tarqalgan bo‘lib, ular ko‘kat, pichan, senaj, silos, dag‘al, shirali, konsentrat va boshqa ozuqalardan tashkil topgan.
Ko‘kat ozuqa bu - eng arzon, to‘yimli, oson hazm bo‘ladigan ozuqadir. Ko‘kat ozuqa yetarli darajada suvli, vitaminli, xushbo‘y, muhim organik va mineral moddalarga boy bo‘ladi. Ko‘kat ozuqa tabiiy o‘tzorlardan, maxsus ekilgan yem-xashak ekinlaridan olinadi. Ko‘kat vitaminlarga, karotin, oqsil va mineral moddalarga boy bo‘ladi.
Dag‘al ozuqalar. Bu guruhga pichan, somon, bo‘ta va daraxt novdalari kiradi. Umuman bu ozuqalar oson hazm bo‘lmaydi, tarkibida to‘qimalar ko‘p bo‘ladi.
Pichan - bu quritilgan o‘simllik ozuqasi. Pichan har xil tabiiy o‘tzorlardan, ekilgan bir va ko‘p yillik o‘tlardan va boshqa yem-xashak ekinlaridan tayyorlanadi. To‘yimliligi bo‘yicha ko‘katdan yuqori bo‘ladi.
Donli ozuqa (yem) bu-yuqori to‘yimli quruq ozuqadir. Yem sifatida donli va don-dukkakli ekinlaming doni ishlatiladi. Don to‘yimliligi bilan yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Asosiy xashaki don ekinlari bu - suli, arpa, xashaki bug‘doy, javdar, tritikale, jo‘xori, makkajo‘xori, no‘xat, soya, burshoq. Donning tarkibida oqsil, karbon suvlari, vitamlinlar mavjud.
Shirali ozuqalar bu - ildizmevalar, tuganakmevalar, xashaki poliz ekinlar mevasi. Bu ozuqalar sersuvli, karbon suvlariga boy, oson hazm bo‘ladi. Sut chiqishini ko‘paytiradi.
Konservalashtirilgan ozuqalar bu - silos, senaj. Bu ozuqalar germetik usulda tayyorlanadi. Senaj yem-xashak o‘tlardan tayyorlanadi, silos esa siloslanadigan ekinlardan tayyorlanadi.
Bu ozuqalar hayvonlami ko‘kat bilan ta’minlash qiyin bo‘lgan qish davrida ko‘proq qo‘llaniladi, chunki to‘yimliligi bo‘yicha tabiiy o‘tlarga yaqinroq bo‘ladi.
Bu ozuqalardan tashqari buta va daraxtlaming bir yillik novdalari, to‘kilgan barglar, asosiy hosil yig‘ilgandan keyin qolgan barg va poyalar ham ozuqa sifatida qo‘llanadi.
1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |